ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2016-yil, 2-son
– maishiy xizmat sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish;
– sohada yangi tashkiliy tuzilmalarni shakllanishiga olib keladi.
Maishiy xizmat sohasida xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning mzmunini
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bilan bog‘liq uning tarkibiy elementlari va yo‘nalishlari bilan
belgilanadi. Korxona faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash ikki yo‘nalishda: mehnatning buyumli
elementlarini tashkil etish hamda mehnatning shaxsga oid elementlarini tashkil etish asosida amalga
oshiriladi.
Maishiy xizmat ko‘rsatishda mehnat faoliyatni tashkiliy jihatdan ta’minlash xizmat ko‘rsatish
jarayo nini tashkil etish, ya’ni aniq ish turini bajarishda qo‘llaniladigan usullarni belgilab olishin
nazarda tutadi. Xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘rganib chiqish va uni amalga oshirishga qancha ish
vaqti sarflashi zarurligini aniqlash eng yaxshi ish usullarini tanlash, ish joylarini oqilona taqsimlash
imkonini beradi va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish me’yorini belgilaydi [2].
Tashkiliy vazifalarni hal qilishda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis-xodimlarni tayyorlash
va ularning faollik darajasini oshirish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlarini rivojlantirish
maishiy xizmatlarga xizmatlar bozorida talabni oshirishi va yangi xizmat turlarini paydo bo‘lishi
bilan xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirishga yoshdashishini tubdan o‘zgartiradi. YAngi
shartnomalarda xodimlar bilan ishlash sohasida vaziyatga moslashuvchanlik zarur, ya’ni kasbiy
tuzilma xizmat ko‘rsatishning texnikaviy negizi o‘zgarib borishiga muvofiq ravishda o‘zgaruvchan
bo‘lishi lozim.
Respublikamizda hozirgi paytda xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanib borishi va buning
natijasi ularoq mazkur sohada mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi kadrlarning kasbiy
tayyorgarligini oshirish, ularni sifat jihatdan takomillashtirishini zarurat etmoqda. Bozor iqtisodiyoti
rivojlanishi sharoitida esa malakali ishchi-kadrlar tayyorlash, mehnat salohiyatini, sifat
ko‘rsatkichlarini jahon talablariga ko‘tarish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki maishiy
xizmat ko‘rsatish korxonalarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishining asosiy omili bo‘lib,
xodimlarning malaka darajasi va kasbiy mahorati hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, maishiy xizmat korxonasining xodimlar bilan ta’minlanganligi uning
sifat tarkibini o‘zgarish asosida amalga oshiriladi.
Sifat jihatdan talab, ya’ni kategoriyalar kasb, mutaxassislik, xodimlar malakasi darajasi
bo‘yicha talab quyidagilarga asoslangan holda tahlil qilinadi:
–
ish jarayoniga xizmat ko‘rsatish texnologik hujjatlarda qayd qilingan ishlarni kasb-
malakaga bo‘lish;
–
lavozimlar tarkibi, belgilangan korxona yoki uning bo‘limlari, shtatlar ro‘yxati;
–
ijrochilar tarkibining kasb-malaka bo‘yicha talablar ajratib ko‘rsatilgan turli tashkiliy,
boshqaruv jarayonlarini aniq belgilaydigan hujjatlar.
Mutaxassis va xodimlarni sifat talablari tahlili har bitta sifat talabi mezonlari bo‘yicha
xodimlar sonini hisoblash bilan birgalikda olib boriladi.
Maishiy xizmat xodimlariga umumiy ehtiyoj ba’zi sifat mezonlari bo‘yicha xodimlarni son
jihatdan talab yig‘indisini aniqlash orqali topiladi.
Xodimlarning sifat tarkibini tahlil qilish kadrlarga bo‘lgan son va sifat ehtiyojlarini oldindan
bilish va mavjud tarkibiy talablarga to‘g‘ri kelishi uchun tadbirlar belgilash (tanlash, ishga qabul
qilish, tayyorlash, moslashish, malakasini oshirish, gorizantal va vertikal joylashtirish, ishdan
bo‘shatish va hokazo), xodimni o‘qitish va malakasini oshirish dasturini ishlab chiqarish uchun
kerak.
Yuqori texnik doiradagi raqobatbardosh xizmat ko‘rsatish uchun xodimlar soni ularning
malakasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish talablariga mos kelishi zarur.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hamda uni zamonaviy
darajaga olib chiqadigan kadrlar mamlakatimizda etishmaydi. Boz ustiga ularni tayyorlash masalasi
ham dolzarb bo‘lib, bu masala bo‘yicha o‘ta jiddiy tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qiladi.
Hozirgi paytda ko‘plab maishiy xizmat turlari ko‘paydi. Mamlakatimizning zamonaviy oilalarida
murakkab maishiy texnik, kompyuterlar va turli rusumdagi shaxsiy avtotransport bilan
ta’minlashning keskin oshishi ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning keskin ko‘payishiga imkon
yaratdi. Ammo bu sohada kadrlarni yetarli deb bo‘lmaydi.
Shuning uchun maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasida mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan
ta’minlash xodim samarali faoliyatining tashkiliy jihatdan ta’minlash xodim samarali faoliyatining
qator umumy tamoyillariga asoslanadi va ko‘p jihatdan texnika-texnologiya va mehnat
179
Do'stlaringiz bilan baham: |