Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA
 
IQTISODIYOT
2016-yil, 2-son 
Globallashuv sharoitida axborot, tovarlar, xizmat va kapital erkin tarqalishi uchun zamonaviy 
institutlar o‘rtasida rivojlanish hamda o‘zaro mutanosiblik mexanizmlari yuzaga keldi. Natijada, 
iqtisodiyotning muhim tizimiga aylangan mehnat bozori ham sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. 
Mehnat sohalari va kasblar inson hayotining asosiy o‘zagi bo‘lib, ularning jamiyatdagi o‘rnini, 
turmush tarzini, daromadini belgilaydi va h.k. Mehnat insonga o‘z-o‘zini identifikatsiyalash uchun 
asosiy omilga aylandi. Zamonaviy mehnatning asosiy qismi korxonalardagi ish joylari bilan 
bog‘langan. Ammo keyingi yillardagi global texnologik va iqtisodiy an’analar ish bilan bandlikning 
an’anaviy modelini, ya’ni aniq ish beruvchi tomonidan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi, ish 
kuni davomidagi to‘liq ish bilan bandlik, aniq ko‘rsatib berilgan kasbiy mavqei va kelajakda 
kutiladigan kar’eraning rivojlanishi amalga oshmasligiga olib keldi. Industrallashgan jamiyatda ish 
bilan bandlik bilan bog‘liq bo‘lgan tayanch tushunchalar (mehnat tarjimai holi, mehnat shartnomasi, 
ish joyi, ish vaqti) o‘rniga sekinlik bilan yangi kategoriyalar (harakatchan ish o‘rinlari, egiluvchan 
tartib, muddatli mehnat shartnomasi, egiluvchan ish haqi) paydo bo‘ldi. Mehnat bozori 
subektlarining munosabatlarining yangi shakllari – ish bilan bandlikning egiluvchan shakli yuzaga 
chiqdi. 
Dunyo iqtisodiyotida yuzaga kelayotgan keskin o‘zgarishlar va uni harakatga keltiruvchi 
kuchlar mehnat sohasida sifat o‘zgarishlarga olib keldi va u o‘z navbatida mavjud bo‘lgan nazariy 
tushunchalarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Mehnat sohasidagi eng muhim 
keskin o‘zgarishlar, birinchidan, ish o‘rinlari sifatining o‘zgarishi mos ravishda ularni 
identifikatsiyalash mezonlari ham o‘zgarishiga olib keldi. Chunki ish joyini jismoniy tushunish 
o‘rniga yangi hodisa «flexplace» (egiluvchan ish joyi, ya’ni ishchining doimiy ish o‘rinlariga, ish 
vaqtiga to‘liq bog‘liq bo‘lmasligi) yuzaga keldi. Ikkinchidan, ishchi kuchi sifat tarkibi va tuzilishida 
o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda, ish bilan bandlik sohasiga iqtisodiy faol bo‘lmagan ijtimoiy-
demografik guruhlar (xotin-qizlar, pensionerlar, yoshlar) keng jalb qilinmoqda. Uchinchidan
ishchilarning kasbiy va geografik harakatchanligi oshmoqda, shaxsiy tarkibning malakasiga talablar 
o‘zgarmoqda, bu esa ishchilarni tanlashda va jamoani shakllantirishda shaxsiy ishchanlik 
fazilatlariga ahamiyat beriladi. Buning natijasida mehnat bozorining ikki obekti – ish o‘rinlari va 
ishchi kuchi yangi sifat o‘zgarishlar jarayoniga yuz tutmoqda. Bu shuni ko‘rsatmoqdaki, ular mehnat 
bozorining neoklassik tahlili asosida qurilgan dastlabki farazlarga to‘g‘ri kelmay qoldi. Mehnat 
bozori obektlarining o‘ziga xosligi shunchalik o‘zgarib bormoqdaki, u mehnat bozori 
metodologiyasini makrodarajada va shaxsiy tarkibni boshqarish konsepsiyasini mikrodarajada qayta 
ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Jumladan, tarmoqli va innovatsion iqtisodiyot sharoitida mehnat 
bozorida talab va taklifning shakllanish qonuniyatlarini ilmiy fikrlash, mehnat bozorini segmentlash 
muammolari, kadrlar masalasini hal qilish jarayonida shaxsiy tarkibga zamonaviy talablarni hisobga 
olish, yangi turdagi tashkilotlarga kadrlar texnologiyasini tatbiq qilishning o‘ziga xosligini 
ta’minlashni talab qiladi. 
Iqtisodiyotning taraqqiy etishi bilan birinchi o‘ringa ijtimoiy texnologiya va ekologiya 
muammolarini hal qilish chiqmoqda. Iqtisodiyotdagi barcha yangilanishlarni dunyo mamlakatlarida 
rivoj topayotgan “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish va undan foydalanib, qator yangi “yashil” ish 
o‘rinlarini ochish hisobiga ham amalga oshirish mumkin. 
Shunday qilib, yangi iqtisodiyot rivojlanishining asosiy strategiyasi aholining uzoq muddatni 
ko‘zlagan manfaatlari bo‘lsa, undagi vosita ularning aqliy intellektini jamiyatni yangilash jarayoniga 
maksimal jalb qilishdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun eng asosiy vazifa ijtimoiy yo‘naltirilgan 
masalalarni hal qilishga qaratilmoqda. 
O‘zbekiston iqtisodiyotining kelajakdagi istiqboli pirovardida taraqqiy etgan demokratik 
bozorga asoslangan innovatsion yangi iqtisodiyotni shakllantirishdan iboratdir. Iqtisodiyotni 
innovatsion rivojlantirish sharoitida bandlikning egiluvchan shakllarini rivojlantirish mehnat 
bozorini rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bandlikning egiluvchan shakllari 
sog‘liq tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra to‘liq ish kunida mehnat faoliyatini olib borish yoki 
bevosita ish o‘rnida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyati bo‘lmagan aholining ijtimoiy-
demografik guruhlarining mehnatlaridan samarali foydalanish imkonini beradi. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish