ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2016-yil, 2-son
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ishlab chiqarishda inson
bilimi va salohiyatining asosiy resursga aylanmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlari va yuqori texnologiyalar
bilan aloqador ishlab chiqarishning barcha sohalarida ham bilim daromad manbaiga aylandi.
Hozirgi kunda zamonaviy jamiyat rivojlanishining bir qancha nazariyalari mavjud:
− postindustrial jamiyat konsepsiyasi;
− axborotli iqtisodiyot nazariyasi;
− bilimga asoslangan iqtisodiyot konsepsiyasi;
− global tarmoqlangan jamiyat nazariyasi.
Zamonaviy iqtisodiyot rivoji tahlilidan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, sohaviy
faoliyat, sektorlar turi, resurslar va ishlab chiqarish kabi omillarni ajratib alohida o‘rganmasdan
yuzaga chiqayotgan transformatsiyaning ko‘p tomonlarini yagona integratsiyalangan holda tadqiq
etish zarur. Boshqacha so‘z bilan aytganda, zamonaviy iqtisodiyot qanday tamoyillarga asoslangan
va uning mazmuni nimalardan iborat ekanligini aniqlash kerak. Bizningcha, ushbu tamoyillarga
quyidagilarni kiritish mumkin:
−
xo‘jalik sub’ektlarini tanlash bilimga tayanadi. Uning natijasi onlayn rejimi orqali
olingan u yoki bu axborotga asoslanadi;
−
bilimning ahamiyati (qadri doimo oshib boradigan, iste’mol qilinganda
yo‘qolmaydigan, undan keladigan daromad doimo oshib boradigan, noyob, almashtirib
bo‘lmaydigan o‘ziga xos resurs);
−
iqtisodiyotning tezkor rivojlanadigan ya’ni milliy iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
qiladigan yangi sektorlarini – bilim sektorini, axborot sektorini shakllantirish;
−
to‘plangan va o‘zlashtirilgan bilimlarni jamiyatda insonparvarlikni shakllantirishga
yo‘naltirish;
−
subyektlarning xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda tarmoqli usullarni rivojlantirish.
XXI asr ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda inson potensialining shakllanishi va
rivojlanishi asosiy o‘ringa chiqdi. Jahon banki 192 mamlakatni o‘rganib, ulardagi umumiy
boylikning 64 %i inson kapitaliga, 16 %i ishlab chiqarish kapitaliga, 20 %i tabiiy kapitalga to‘g‘ri
kelishini aniqladi. Rossiyada bu nisbat mos ravishda 14%, 14% va 72%ni tashkil qiladi. Germaniya,
Shvetsiya, Yaponiyada inson kapitali milliy boylikning 80% miqdorini tashkil qiladi.
Bilim innovatsiya manbai hisoblanadi va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydi. Innovatsiyalar
sub’ektlar faoliyatining turli sohalariga qarashli bo‘lib, ular yangi texnologiya, texnika, yangi turdagi
tovarlar va xizmat turlari hisoblanadi. Boshqarish mexanizmlari innovatsiyasi, ta’limdagi innovatsiya
bilan bog‘liqdir.
Innovatsion iqtisodiyot yangi turdagi tarkibiy tuzilmalarni shakllantirmoqda (intellektual,
virtual, tarmoq va boshqalar) va iqtisodiy taraqqiyotning yangi turlarida mehnatga talabni
oshirmoqda. Iqtisodiyotdagi doimiy tarkibiy o‘zgarishlar, yangi sektorlar va iqtisodiy faoliyatning
(xizmat ko‘rsatish sohasi, ekologiyani asrashga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish, masofaviy ish bilan
bandlik) rivojlanishi an’anaviy iqtisodiy sektorlar va tarmoqlarda ishchi o‘rinlari kamayishi va
yangilari paydo bo‘lishiga olib keladi.Ushbu jarayonda ishchi kuchi harakatchanligi oshishi
(funksional, kasbiy, geografik) yangi bilimlar va malakani talab qiladi. Bunda yuqori malakani talab
qiluvchi ish o‘rinlari soni oshadi, malakasiz ishchi kuchini talab qiluvchi ish o‘rinlari esa kamayadi.
Evropa Ittifoqi tashabbusi “Yangi ish o‘rinlari uchun yangi bilimlar”da ish o‘rinlariga
ishchilarning bilim va malakalari mos kelishini ta’minlash kerakligini tan olgan holda
istiqbollashtirish, axborot ta’minoti va ta’limda boshqalardan o‘zib ketish yo‘nalishlarini ko‘rsatib
o‘tdi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida so‘nggi yillarda mehnat bozori va ta’lim xizmatlari bozori
mutanosibligini ta’minlashga katta ahamiyat berilmoqda. Shunday qilib, zamonaviy mehnat
bozoridagi o‘zgarishlar dunyo miqyosdagi ish bilan bandlik paradigmasining o‘zgarishi, mehnat
bozori va ta’lim xizmatlari bozorlarini muvofiqlashtirishga asoslanadi.
Zamonaviy sharoitda mehnat bozorini rivojlantirish yo‘nalishlardan biri bo‘lib,
egiluvchanlikni ta’minlash hisoblanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda XX asrning 70-yillaridan boshlab,
turli darajalarda to‘liqsiz ish kunida mehnat qilish yo‘lga qo‘yilgan. Natijada yil mobaynida ish
soatlari miqdori 1 kishilik miqdorda qisqaradi. O‘tkazilgan sotsiologik so‘rovlar natijasiga ko‘ra 48
% korxonalarda ish vaqtining egiluvchan shakllaridan foydalaniladi. Egiluvchan ish vaqti asosan
xizmat ko‘rsatish sohasida – 50%, sanoatda - 43% ni tashkil etmoqda. Buning asosiy sabablari,
oilaviy sharoit tufayli 68% ishlab chiqarish ehtiyojlarini mehnat miqdoriga moslashtirish amal
qilmoqda.
175
Do'stlaringiz bilan baham: |