Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
PEDAGOGIKA 2016-yil, 2-son 
Islom arkonlari bo‘yicha bugungi kunda biznes va xizmat ko‘rsatish sohasidagi zamonaviy halol 
va harom amallar Dou-Jonsning Islom indeksida maxsus ishlab chiqilgan va amaliyotga qabul qilingan. 
Ular bo‘yicha quyidagi biznes olib borish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari harom sanaladi, demakki 
ular ta’qiqlangan amallar sifatida baholanadi: 
- islom arkonlarida taqiqilangan har qanday mol-mulk va xizmat ko‘rsatish sohalari asosida ish 
yuritish; 
- turli taqiqlangan amallar bilan faoliyat olib boradigan turli kompaniya va firmalarga mablag‘ 
ajratish va mablag‘ kiritish; 
- alkogol va cho‘chqa go‘shtini ishlab chiqarish, uni transportirovka qilish, sotish, yetkazib 
berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari; 
- sotuvga chiqarilgan tovardan urib qolish, uni noto‘g‘ri tortish, tovarning yomonligini, masalan 
aynib qolganligini yashirish, tovarning yetishmovchiliklari bo‘yicha axborotni sotib oluvchidan 
yashirish; 
- savdo-sotiqda torozuni to‘g‘ri jihozlash, chunki savdo-sotiqda adolatsizlikka yo‘l qo‘yish 
qattiq gunoh sanalgan; 
- savdo-sotiq va xizmat ko‘rsatishda o‘zgalarga ziyon yetkazishdan o‘zini muhofaza qilish, 
o‘zgalarga sababsiz ziyon yetkazish qattiq gunoh sanalgan; 
- savdo-sotiq Alloh ruxsat etgan amal sanaladi, biroq sovdo-sotiqda faqat o‘z manfaatini o‘ylab, 
uni noto‘g‘ri tashkil qilish Allohning boshqa bandalariga ziyon yetkazadi, Allohning bandalari ziyon 
olar ekan, bu Yaratganga qilingan ziyon bilan tenglashadi; 
- har qanday amalda, ayniqsa u inson ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lsa, isrofga yo‘l qo‘yish. 
Islomda isrof biror bir mol-mulkka ruju qo‘yishda, ya’ni haddan tashqari katta mulkni yig‘ishga 
intilishda; ehtiyojlaridan ortiq darajada tanavvul qilish va iste’mol qilishda; haddan ortiq talabdan 
tashqari tovarlarni ishlab chiqarishda namoyon bo‘lishi ta’kidlangan. 
Inson tanasi islom diniga Allohning omonati sanalgan. Alloh insonga uning tanasini in’om 
etganligi tan olingan. Agar inson tanasi Yaratgan omonati bo‘ladigan bo‘lsa, banda Allohning mana shu 
omonatiga xiyonat qilmasligi, uni ozodalik va sog‘lomlikda saqlashi lozimligi tayinlangan. Shunga 
ko‘ra, inson tanasi uning egasi ustidan huquqiy talabgor, ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan. Binobarin, 
inson tanasi manashu tana egasi uchun Yaratgan omonati sanalar ekan, vaqti soati kelganda, inson mana 
shu Yaratgandan olgan omonatini yana Alloh qo‘liga topshirishi lozimligi ta’kidlangan.
Boshqa tarafdan, inson tanasi nafaqat mana shu tana egasi uchun muqaddas sanalgan, balki 
atrofdagilar ham o‘zgalarga nisbatan e’zozli munosabat bildirishi lozimligi uqtirilgan. Shunga ko‘ra, 
birovning salomatligiga zarar keltiruvchi amallarni bajarish, bila turib, o‘zgalar salomatligini muhofaza 
qilmaslik juda katta gunoh sanalgan. Shu bois, islom arkonlarida ozodalik – yarim imonga 
tenglashtirilgan. Islom ahkomlarida inson salomatligiga zarar yetkazuvchi barcha narsa va amallar 
harom sanalgan.
Islom aqidalarida salomatlik insonning mulki, uning boyligi hisoblanadi. Shunday ekan, inson 
salomatligiga tahdid uyg‘otishi mumkin bo‘lgan barcha xatti-harakatlar va amallar qoralangan va harom 
sanalgan. Har qanday mulk kabi o‘z salomatligini ham inson aql bilan avaylab parvarish qilishi, uni kun 
sayin o‘stirib borishi, inson tanasi va uning jismini pok va sog‘lom saqlashi lozimligi buyurilgan. Shu 
bois, inson tanasiga turli tatairovkalar rasmini tushirish qoralangan. Bu narsa, Alloh in’om etgan tanani 
buzish, Alloh bergan tanani ifloshlash sifatida baholangan. Inson tanasiga, uning jismiga ham moddiy 
narsa, ham ma’naviyat o‘chog‘i sifatida qaralgan. Inson tanasi ma’naviyat o‘chog‘i sifatida rivojlanishi 
darkor bo‘lgan. Mazkur ma’naviyat o‘chog‘ini faqat pokiza, chiroyli, foydali, go‘zal narsalar bilan 
boyitib, to‘ldirib borish zarurligi uqtirilgan.
Shunday qilib, islom dini arkonlarida moddiy boylikka nisbatan ma’naviy boylikning ustunligi 
keng targ‘ib qilinadi. Qur’on va hadislarda tadbirkorlik, savdo-sotiq, xizmat ko‘rsatish, zamonaviy til 
bilan aytganda, biznesni tashkil qilishda quyidagi tamoyillarning ustunligi qayd etiladi: 
- shartnomalar imzolanishi va tadbirkorlikni tashkil qilishda shaxs erkinligi va tadbirkorlik 
erkinligi; 
- tadbirkorlikni olib borishda adolatparvarlik mezonlarining ustunligi, ya’ni amal, niyat va qalb 
pokizaligi; 
- tadbirkorlikni olib borishda hammaning belgilangan qonunlarga so‘zsiz itoat etishi, ya’ni 
qonun ustuvorligi; 
- tadbirkorlikni tashkil qilishda boshqaruvchi va ichshi hodimlarning o‘zaro axloq va odob 
qonuniyatlariga rioya etishi, etika normalarining so‘zsiz amal qilishi; 
136 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish