Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
PEDAGOGIKA 2016-yil, 2-son 
narsalarning harom deb e’tirof etilishida namoyon bo‘ladi. Islom dini o‘z mo‘minlari orasida nafaqat 
sog‘lom turmush aqida va normalarini targ‘ib va tashviq etgan, balki ulardan mazkur normalarga har 
doim so‘zsiz itoat etishni talab etib kelgan. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mo‘minlarga qarigungacha yoshlik qadrini, kasal bo‘lgungacha 
salomatlik qadrini, o‘lim kelguniga qadar hayot qadrini e’zozlash lozimligi haqida gapirganlar. Islom 
dini arkonlarida salomatlik, yoshlik, hayotning o‘zi ham Allohning ne’matlari sifatida ulug‘langan, 
demakki mazkur ne’matlarga ega bo‘lgan inson ularni insonga Yaratgan in’om qilganligini unutmasligi 
lozimligi, ularni asrab-avaylashi darkorligi uqtirilgan. Allohning ne’mati, Yaratgan hadiyasi bo‘lganligi 
uchun salomatlikni mensimaslik, salomatlikka putur yetkazish, salomatlikni yemiruvchi barcha amallar 
va xatti-harakatlar qoralangan va gunoh sanalgan. Salomatlik shunday ne’mat sanalganki, salomatlik 
bo‘yicha banda Allohning oldida javob ushlashi, agar salomatlikka behurmatlilik asosida munosabat 
bildirilsa, ular bo‘yicha oxiratda javob berilishi islom normalari qatoriga qo‘shilgan. Salomatlik 
Allohning ne’mati bo‘lganligi bois uni qanday qabul qilinsa, ana shunday saqlash, uni muhofaza qilish, 
uni asrash darkorligi ta’kidlangan va tarbiya qilingan. Chunki Yaratgan kimlarga salomatlik ne’matini 
in’om etadi?! Yaratgan salomatlik ne’matini o‘zining suygan bandalariga in’om etadi. Shunday ekan, 
salomatlikni bebaho boylik sifatida asrash, unga zarar yetkazmaslik har bir mo‘min-musulmonning 
kundalikvazifasi deb e’tirof etilgan. 
Salomatlik ne’mati tan salomatligi va qalb salomatligi sifatida talqin qilingan. Salomatlikni 
asrashga yo‘naltirilgan normalar ichida ko‘pchilik bilgan aqidalar namoz, namozdan avvalgi tahorat, 
ro‘za, shaxsiy hayot salomatlik normalari, uy joy va atrof-muhitni ozoda saqlash normalari, kundalik 
gigiyena, ozodalik normalari, salomatlikka yo‘naltirilgan ma’naviy qadriyatlar tizimidan iborat bo‘lgan. 
Ularni mo‘minning bajarishi shart sanalgan [2]. Agar mo‘min-musulmon ularga nisbatan bee’tibor 
bo‘lsa, u gunoh sifatida baholangan. Ularni bajarish Alloh oldidagi majburiyat hisoblangan. Ya’ni, 
Yaratgan inson salomatligi borasida bizlarning tanamiz va qalbimiz salomatligi uchun zarur barcha 
talablarni tayinlashi Allohning insonga bo‘lgan mehri va muruvvati sifatida talqin qilingan. Allohning 
o‘z bandalariga nisbatan faqat foydali narsalarni buyurishi, foydasiz narsalardan esa uning qaytarishi 
ta’kidlangan. Inson salomat yashashi uchun harakat, oziq-ovqat, ularning barchasida me’yor bo‘lishi 
darkorligi, toza havo, toza atrof-muhit, ularni amalga oshirish va bajarishda esa muntazamlilik, qat’iylik, 
doimiylik talab etilgan.
Payg‘ambarimiz fikrlariga ko‘ra, ko‘pchilik insonlar ikki narsaning qadriga yetmaydilar. Bu – 
salomatlik va bo‘sh vaqt. Hadislarda ta’kidlanishiga ko‘ra, odamlar Yaratgandan ikki narsaning orzu 
havasini so‘rashlari darkor. Bular – birinchidan, o‘ziga ishonch, o‘ziga aminlik va dalililik bo‘lsa, 
ikkinchidan, salomatlikdir. O‘ziga aminlikdan so‘ng salomatlik bo‘lishi bu insonning baxti va saodati 
sanalgan. Agar odam tanasi va qalbi bilan salomat bo‘lsa, xavfsizlikda o‘z vatanida istiqomat qilayotgan 
bo‘lsa, uning oldiga tanavvul qilishi uchun ne’matlar bo‘lsa, bu inson qo‘lida butun dunyo borligi bilan 
tenglashtirilgan.
Keltirilgan axborotlarning barchasi Yaratgan yo‘lida inson qanday yashash kerakligi, nimalarni 
aziz sanashi lozimligi, o‘ziga va atrofidagilarga qanday munosabat ko‘rsatishi darkorligi, Alloh 
ne’matlaridan qanday bahramand bo‘lishi zarurligi bo‘yicha qonuniyatlar tizimini tashkil qilgan.
Shu bilan birga inson salomatligini nafaqat insonning o‘zi balki barcha atrofidagi insonlar ham 
asrab-avaylashi darkorligi talab etilgan. Shu nuqtayi nazardan, biznes va xizmat ko‘rsatish sohasi 
vakilllari o‘z atrofidagilar salomatligiga zarar yetkazuvchi amallardan o‘zini tiyishi, faqat moddiy 
boyliklar ortidan quvmay, balki ma’naviy boylik asosiga qurilgan tadbirkorlikni tanlashlari islom 
aqidalariga to‘la mos keladi.
Islomda iqtisodiy muloqot va munosabatlar “agar taqiqlanmagan bo‘lsa, demak u ruxsat etilgan” 
qoidasi asosiga quriladi. Binobarin, biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan inson o‘z 
mahsulotlari va iqtisodiy amallarini shunday olib borishi zarurki, atrofdagilar salomatligiga biror bir 
tahdid uyg‘onmasin. Chunki inson yer boyliklari, moddiy boyliklarga vaqtincha, Alloh bergan muddatda 
boshqaruvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxs sanaladi. Butun koinotda mavjud bo‘lgan barcha narsalar 
Yaratgan mulkidir. Shu jumladan inson o‘z hayoti davomida ishlatgan barcha narsalar ham Yaratgan 
mulkiga kiradi. Inson esa Yaratganning yerdagi xalifasi, ya’ni boshqaruvchisi sanaladi (Qur’on, Baqara, 
30). Shunga ko‘ra, inson, Yaratganning yerdagi xalifasi bo‘lganligi uchun, yerning holati, undagi 
boyliklarning muhofazasi va saqlanishi, ulardan ratsional foydalanish uchun javobgar sanaladi.
Salomatlik esa Allohning rizqi sanaladi. Mana shu rizq byo‘icha inson Yaratgan oldida oxirat 
kunida javob beradi. Rizq esa ham jismoniy, ham moddiy, ham ma’naviy rizq bo‘ladi. Ularning 
barchasida salomatlik ne’mati alohida o‘rin tutadi.
135 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish