Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

 
Annotatsiya. Mazkur maqolada innovatsion ta’lim va uning ilmiy-uslubiy jihatlari: informatsion 
texnologiyalaridan foydalanish, individuallashtirilgan ta’lim, innovatsiyaviy ta’limni qo‘llash 
xususiyatlari, innovatsiyaviy ta’lim qamrovi, strukturaviy o‘ziga xosligi hamda innovatsiyaviy 
ta’limning faoliyat sifatida an’anaviy ta’lim usullaridan mazmundorligi bilan ajralib turish jihatlari 
bayon etilgan. 
112 


ILMIY AXBOROTNOMA 
PEDAGOGIKA 2016-yil, 2-son 
Kalit so‘zlar: ta’lim, ta’lim-tarbiya, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyaviy axborot 
texnologiyalari, korporativ boshqaruv. 
Ta’lim, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohalari rivojlanishni ta’minlovchi 
ma’naviy asos hisoblanadi. Agarda, ta’lim tarixiga nazar solsak, har bir tarixiy davr davomida ta’lim 
mavzusi dolzarb masala sifatida namoyon bo‘lganligini kuzatish mumkin. Shu sababli bo‘lsa kerakki, 
har bir xalq o‘z rivojlanish tarixi davomida ta’lim rivojlanishiga, boshqacha qilib aytganda, “pedagogik 
g‘oyalarni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelgan [1]. Natijada “har bir xalqning 
tafakkur tarixida ta’lim-tarbiyaga oid qarashlar majmuasi shakllanganki” [2], uni ta’lim-tarbiyaga milliy 
qarashlar tizimi deb ko‘rsatsak, maqsadga muvofiqdir. Ta’lim-tarbiyaga oid qarashlar turli omillarning 
ta’siri asosida vaqti-vaqti bilan takomillashib, dialektik tarzda rivojlangan. 
Har bir xalq, avvalo, o‘zining hayotiy tajribalariga tayangan holda milliy hayot yo‘lini, kundalik 
faoliyati va kuzatishlarini umumlashtirilgan qisqa va lo‘nda ko‘rinishda ifodalangan maqolalarni 
yaratgan [3]. Shuning uchun, xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganilayotgan mavzumiz doirasida 
etnomanba sifatida o‘z vazifasini to‘liq o‘tay oladi deb ko‘rsatsak xato qilmagan bo‘lamiz. “Xalq 
og‘zaki ijodi namunalarida tarbiya, tarbiya berish, tarbiyachining sifatlari, huquqlari, tarbiyala-
nuvchining majburiyatlari, vazifalarini belgilab, insonlarni yuksak xulq-atvor, go‘zal odamiylik 
fazilatlarini egallashga chorlagan. 
Xalq og‘zaki ijodi namunalari o‘zining aniq maqsadga yo‘naltirilganligi [4] va mavzularining 
xilma-xil bo‘lishi bilan ajralib tursada, bu asarlarda ta’lim-tarbiya ayri holda, ya’ni ta’lim va tarbiya 
shaklida emas, balki yaxlit tarzda keltirilmagan. Bu o‘ziga xoslikni milliy pedagogikaning tarkibiy 
xossalari deb ko‘rsatsak maqsadga muvofiqdir. Bu mavzu ta’lim-tarbiya tarixiga taalluqli bo‘lsa-da, 
bugungi ta’lim tizimini rivojantirish uchun amaliy mazmun kasb etadi. Negaki birlamchi, ya’ni 
fundamental asosni – ta’lim tarixini, uning tarkibiy qismlarini bilmasdan turib, ta’limni rivojlantirish, 
ta’limning istiqboldagi vazifalari haqida fikr yuritib bo‘lmaydi. 
Shu sababli, bugungi kun soha mutaxassisi milliy ta’lim-tarbiya tarixini bilish bilan birga, axborot 
texnologiyalariga (AT) oid bilimga ega bo‘lishi lozim. Ularning ayrim jihatlarini quyidagicha ko‘rsatib 
o‘tish mumkin: 
1. Zamonaviy kompyuter tizimini texnologik integratsiyasi va tuzulishini, ya’ni kompyuter va 
uning tarkibiy qismlari, modem, printer haqida; 
2. Telekommunikatsiyaviy axborot texnologiyalari, ya’ni tarmoqli axborot texnologiyalari, lokal 
va global tarmoqlar, Internet texnologiyalari, simsiz (
беспроводные) aloqa vositalari haqida; 
3. Koorporativ boshqaruv, hujjatlarni ayriboshlash kabi axborot texnologiyalari haqida; 
4. Ta’limiy jarayonlarni axborot texnologiyalari, ya’ni matnli va tablitsali protsessorlar, elektron 
pochta, matnli-audio-video-konferensiyalar haqida; 
5. Multimediyaviy axborot texnologiyalari, ya’ni matnga, ovoz, video, foto va grafiklarga ishlov 
berish haqida; 
6. Pedagogik qaror qabul qilishda axborot texnologiyalarini qo‘llash, ya’ni materiallarni 
intellektual tahlili, ma’lumotlar zahirasidan masalaga taalluqli materiallarni izlash haqida; 
7. Ekspertli tizim, kasbiy, huquqiy, siyosiy va madaniy ma’lumotlar tizimi haqida; 
8. Elektron nashrlar va shu kabilar haqida. 
Pedagogik jarayon uchun amaliy ahamiyat kasb etadigan, innovatsiyaviy ta’lim va uning ilmiy - 
uslubiy jihatlarini o‘rganishga kam e’tibor qaratilayotganligini ham ko‘rsatib o‘tish lozim. Bugungi 
kunda, pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishini axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi. 
Zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnolgiyalari vositasida o‘tkaziladigan ta’limni 
funksionalligini, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchilarning munosabatini inobatga olgan holda ta’limiy 
metodlarni turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin. Ularning qatorida, istiqbolli metodlar 
sifatida mustaqil ta’lim olish metodi, individuallashtirilgan (bir kishi bir kishiga) ta’lim metodi, “bir 
kishi ko‘p kishiga” ta’lim metodi, kommunikatsiya asosida “ko‘p kishi ko‘p kishi”ga kabi ta’lim 
metodini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
Individuallashtirilgan ta’lim pedagogik metod sifatida rivojlanib, nafaqat bevosita aloqadorlikda, 
balki telefon, ovozli pochta, elektron pochta kabi texnologik vositalar yordamida o‘tkazilib kelmoqdaki, 
ularning tasnifini 1-jadvalda keltiramiz. Bu ta’lim turida vorislik, aniqrog‘i kompyuter tarmoqlarida 
televorislikni rivojlanib borilayotganligi diqqatga sazovordir. Bunda ta’lim rivojlantiruvchi, 
113 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish