ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA 2016-yil, 2-son
jihati bilan didaktik qiymat kasb etadi. Shu sababli, innovatsiyaviy ta’lim muhitini rivojlantirish ta’lim
sifatini ta’minlash uchun xizmat qilishini inobatga olib, uning ayrim jihatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
•
ta’lim mazmuni yangi texnologiyalar asosida rivojlanadi;
•
ta’lim muhiti interfaol tarzda rivojlanadi;
•
ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning faolligi rag‘batlantiriladi;
•
ta’lim oluvchilarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv jarayoni tashkil etiladi va
moslashtiriladi.
Mazkur o‘z navbatida ta’lim sifatini ta’minlash uchun xizmat qilishini alohida ko‘rsatib o‘tish
mumkin. Innovatsiyaviy ta’limning mazmuni zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya
texnologiyalari asosida rivojlanib, funksionalligi jihatidan:
• ta’lim mazmunini shakllantirish va tizimlashtirish uchun;
• ta’lim mazmunini tarkibiy xossalarini aloqadorligini ta’minlash uchun;
• turli shakldagi ma’lumotlarni ta’limda qo‘llash uchun;
• ta’lim mazmunini modulligini ta’minlash uchun;
• o‘quv kurslarni dars(mavzu)lar majmuasi sifatida namoyish etish uchun;
• dars jarayonini belgilab olishni ta’limiy harakatlar tizimi ko‘rinishiga ega bo‘lishini ta’minlash
uchun;
• ta’limiy materiallarni ishlab chiqishini bosqichligini (navbatma-navbat) ta’minlash uchun;
• o‘quv materiallarini ta’lim oluvchilarga moslashtirish uchun;
• ta’lim mazmunini turli akademik guruhlarga (mualliflar, metodistlar va b.) moslashtirish uchun;
• o‘quv materiallarini o‘rinli qo‘llash uchun;
• kasbiy munozara va mubohasalarni ta’lim maqsadi yo‘lida foydalanish kabilar uchun xizmat
qiladi.
Shu sababli, innovatsiyaviy ta’lim faoliyat sifatida, an’anaviy ta’limiy faoliyatdan quyidagi
mazmundorligi bilan ajralib turadi:
Birinchidan, texnologik asoslarning tez rivojlanishi natijasida ta’limiy kurslarni ishlab chiqish
murakkablashadi. O‘qituvchidan maxsus malaka va usullarga ega bo‘lishni taqozo etadi. Boz ustida,
zamonaviy axborot texnologiyalari ishlab chiqiladigan o‘quv materiallarga bir qator qat’iy talablarni
qo‘yadi. Chunki u materiallardan foydalanish ochiq tarzda bo‘lgani uchun boshqa o‘qituvchi va
mutaxassislar o‘quv materialning sifati, tuzulishi, ta’lim pirinsiplarini o‘zida mujassam etganligi haqida
o‘z munosabatlarini bildirishadi, bu o‘z navbatida o‘qituvchidan manbalarning ilmiyligini, yangiligini,
isbot talab etmasligini ta’minlash uchun qo‘shimcha ta’limiy harakatlarni amalga oshirishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |