легенды
Аннотация. В данной стате анализируется историография изучения вопроса отражения в
народних дастанах етнографических знаний 20-90-х годов ХХ века.
Ключевие слова: етнос, фолклор, епос, бахши, етнический компонент, кунграт, калмик.
Historiography of studying the process of ethnographic knowledge’s reflections on national folk
Abstract. Studying problems of reflection of historiography of ethnographic knowledge in folk
dastans from the 20s to the 90s of the XXth century is analyzed in this article.
Key words:ethnos, folklore, the epos, bakhshi, an ethnic component, a Kungrat, a Kalmyk.
XX asrning 20-90 - yillarida xalq
dostonlarini tо‘plash va о‘rganish borasida jiddiy yutuqlar
qо‘lga kiritildi. Jumladan, V.M.Jirmunskiy [1], H.Zarifov[2], B.A.Karriyev[3], T.Mirzayev[4],
M.Murodov[5], X.Kо‘rо‘gʻli[6], O.Sobirov[7], J.Xoshniyozov[8], A.Qahhorov[9], M.Murodov[10],
B.Sarimsoqov[11], N. Qurbonova[12], V.Sokolova[13], B.Putilov[14], I.Moldaboyev[15],
R.Qidirbayeva[16], M. Seyidov[17] kabi olimlarning xalq dostonlarini tadqiq etishga qaratilgan
ishlarida biz о‘rganayotgan mavzuga yaqin ayrim masalalar tahlilga tortilgan edi.
Janubiy О‘zbekiston xalq ogʻzaki ijodini о‘rganishga kirishish 1929 - yildan boshlandi. Ikki
voha dostonchiligini ilk bor tadqiq etishga kirishgan folklorshunos H. Zarifov hisoblanadi. U
Chiroqchilik Boysari, Rajab baxshilarni, kitoblik Abdulla shoir
Nurali о‘gʻli, boysunlik Xoliyor
yuzboshi Abdukarim о‘gʻli kabi talantlarni aniqladi, repertuardagi asarlardan namunalar yozib
oldi[18].
XX asrning 40-60 - yillarida yaratilgan V.M.Jirmunskiy, H.T.Zarifov ishlarida «Alpomish»
dostonida tasvirlangan etnotoponim va etnonimlar bilan bo
gʻliq etnografik materiallar о‘rganilgan.
Jumladan, «Alpomish» dostonining qо‘ngʻirot versiyasi (о‘zbek, qoraqalpoq va qozoq) da
«qо‘ngʻirot» va «qalmoq» etnonimlari turmush tarziga oid hamda unda Alpomish va Barchin 16
(qо‘shtamgʻali) urugʻli qо‘ngʻirot etnik guruhiga mansubligi tо‘gʻrisidagi etnografik motivlar talqini
folklorshunoslik jihatdangina badiiy tasvirlanadi.
T. Mirzayevning «Alpomish» dostonining о‘zbek variantlari» nomli monografiyasida esa,
dostonda nikohning qadimiy shakllari-ekzogamiya va «beshikkerti» odati haqidagi lavhalar qayd
etilgan. Ishda «Alpomish» dostoni variantlarida nikoh shartlarining aks etish jarayonini tavsiflash
yetakchilik qiladi.
О‘zbek xalqi etnonimining etimologik va etnik tarkibidagi ayrim qatlamlarning nomlanishi,
о‘rni va makoni, xullas etnonimik xarakterdagi materiallarning folklor asarlarida aks etishiga doir
mulohazalar V. A. Alekseyev, S.Y. Serov, G.G. Stranovich, I. N. Moroz, I. S. Gurvich, V. I. Vasilyev,
T.B. Dolgix, V. P. Kobichev, T.D. Zlatkovskaya, R.S. Lipets kabi ixtisoschi olimlarning
“Etnicheskaya istoriya i folklor” (M., 1974, Izd-
vo “Nauka”) nomli ilmiy tо‘plamda e’lon qilgan
maqolalarini, shuningdek P.T. Vashenko, V.V. Popova, S.P. Baldayev, L.YE. Eliasov, M. Seidov va
bos
hqalarning ayrim ishlari[19] fikrimizning dalili bо‘la oladi.
Turkiy xalqlar, ayniqa, О‘rta Osiyo xalqlari folklorida ham ushbu masala bilan bogʻliq e’tiborli
tadqiqotchilar, ilmiy-nazariy va tarixiy-etnografik xarakterdagi maqolalar anchagina uchraydi. Bunday
29
Do'stlaringiz bilan baham: |