Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
      TARIX 
     
 
           2017-yil, 2-son 
Ulu
gʻbek maktabining erishgan eng muhim va zaruriy muvafaqqiyatlaridan biri matematika sohasida 
b
oʻldi.  
Rasadxona olimlari tomonidan uchinchi darajali yoyning algebraik tenglamasi yechilib, bir 
darajali yoyning sinusi aniqlandi. 
Oʻsha davrda aniq fanlarning rivojlanishi va shu fan sohalariga oid 
ilmiy asarlar yozilishi Ulu
gʻbek maktabi ilmiy faoliyatining asosiy yoʻnalishini belgilab berdi. 
Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida matematika va astranomiyaga oid bir 
qancha nodir asarlar yaratildi. Garchi bu asarlarning k
oʻpchiligi bizgacha yetib kelmagan boʻlsa-da, 
saqlanib qolgan q
oʻlyozmalar oʻsha davrda Samarqand astranomiya maktabi erishgan yutuqlarda va 
bu ilmgoh namoyandalarining  jahon astranomiya fani rivojiga q
oʻshgan ulkan hissasidan dalolat 
beradi.  
Samarqand rasadxonasida  olib borilgan k
oʻp yillik tadqiqotlarning samarasi, Sharq klassik 
astranomiyasining nazariy va amaliy masalalarini 
oʻzida mujassamlashtirgan va uni yangi dalil- 
isbotlar bilan boyitgan shoh asar –  Ulu
gʻbekning “Ziji jadidi Koʻragoniy” (“Koʻragoniyning yangi 
astranomik jadvali”) nomli kitobidir. Bu asar 1437 -  yilda yozib tugatilgan b
oʻlsa ham unga muallif 
umrining oxiriga qadar bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida tuzatishlar va q
oʻshimchalar kiritib 
boradi.  
 “Ziji jadidi K
oʻragoniy” asosan ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 sobita yulduzlarning 
oʻrni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat. Asarning bosh muqaddima qismi astronomiyaning 
masalalari, Sharq xalqlaridagi yil hisobi usullari, astranomiyaning amaliyoti, sayyoralar nazariyasi 
hamda astranomiya va astralogiya masalalariga ba
gʻishlangan.  
 “Ziji jadidi K
oʻragoniy” ning ikkinchi qismi astranomiya va trigonometriyaning amaliy 
masalalariga mansub. Asarning bu qismi uchinchi darajali algebraik tenglama –  yangi original uslub 
bilan muvaffaqiyatli ravishda hal qilinib,  natijada aniqligi milliarddan bir b
oʻlgan toʻqqiz xonali 
trigonometrik jadval tuzilgan. Shuni  qayd qilish joizki, Ulu
gʻbekning astronomik jadvali oʻsha 
zamondagi shunga 
oʻxshash jadvallar orasida beqiyos darajada aniq boʻlgan. Maslan, falak al-burj 
tekisligining xatti ustuvoga o
gʻmaligi Ulugʻbek jadvalida 23 daraja 30 daqiqa 17 soniyaga teng boʻlib, 
hozirgi hisob b
oʻyicha u 23 daraja, 30 daqiqa va qirq toʻqqiz soniyani tashkil etadi. Bu ikki raqamlar 
oʻrtasidagi tafovut hammasi boʻlib, minus 32 soniyaga teng xolos. Shuningdek, Ulugʻbekning yil 
hisobini hozirgi aniq hisob-kitoblarga solishtirgudek b
oʻlsak, u bor yoʻgʻi bir daqiqayu ikki soniyaga 
farq qiladi. Bular 
oʻn beshinchi asr uchun gʻoyat yuksak aniqlik boʻlib, hozirgi zamon oʻlchovlariga 
juda yaqindir. 
“Ziji jadidi K
oʻragoniy”  uchinchi kitobining amaliy astranomiyaga oid qismida ekliptikaning 
ekvatorga o
gʻmaligi, osmon yoritgichlarining koordinatalarini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar 
orasidagi masofalarni aniqlash kabi masalalar asoslab beriladi.    
“Ziji jadidi K
oʻragoniy”ning 120 ga yaqin forsiy va 15 dan ziyod arabiy nusxasi mavjud. 
Ulu
gʻbekning “Zij” asari tarix davomida musulmon mamlakatlarida keng tarqalib sharhlangan. 
    Ulu
gʻbek shaxsi, uning ilmiy maktabi, Samarqand ilmiy muhiti Ulugʻbekning safdoshi 
Gʻiyosiddin Jamshid al – Koshiyning otasiga yoʻllagan maktubida yorqin aks egan. Mazkur maktubda 
Ulu
gʻbekning ilmiy iqtidori, uning homiyligi va ishtirokidagi madrasa  mashgʻulotlari, rasadxona 
barpo etishda bevosita rahbarligi, ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, ilmiy markazni tashkil etish 
jarayonlari aniq bayon qilingan.  
Ulu
gʻbekning “Ziji jadidiy  Koʻragoniy” asaridan boshqa matematikaga oid “Bir daraja sinusni 
aniqlash  haqida risola”, astronomiyaga oid “Risolai Ulu
gʻbek” va tarixga oid  “Tarixi arba’ ulus” 
asarlari ham b
oʻlganligi ma’lum. 
Umuman Samarqand astronomik muhitida Beruniyning “Qonuni mas’udiy”, Abdurahmon 
Sufiyning “Kitob al-kabokib as-Sabita” (“Sobit yulduzlar kitobi”), Mahmud al-Cha
gʻminiyning “Al-
mulaxxas fil-hay’a” (“Qisqacha Astronomiya”), Nosiriddin at-Tusiyning  “at-Tazkirai an-Nosiriya fi 
ilm al-hay’a” (“Nosiriyning folakiyot b
oʻyicha xotiranomalari”), Qutbiddin Mahmud ibn Ma’sud 
Sheroziyning “at-Tuhfa  ash-shohiya fil-hay’a”  (“Shoh tuhfasi”), Qozizoda Rumiyning “Sharh al – 
mulaxxas fil hay’a” (“Qsqacha astronomiya sharhi”) asarlari amaldagi q
oʻllanmalar boʻlgan. 
Mirzo Ulu
gʻbekning  oʻzi yirik astronom va matematik boʻlib,  oʻz atirofidagi olimlar  bilan 
hamkorlikda ijod qilgan.  Qozizoda  Rumiy,  
Gʻiyosiddin Jamshid  Koshiy,  Ali Qushchi,  Mirim 
Chalabiy, Birjandiy, Nizomiy al-K
oʻhistoniy, Abdulqodir ibn Hasan Roʻyoniy kabi Ulugʻbek  ilmiy 
maktabi vakillari 
Oʻrta Osiyodan tashqarida ham mashhur boʻlganlar. Keyinchalik Samarqand olimlari 
35
 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish