Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

Keywords: madrasah, teacher, Central Asia, Mirzo Ulugbek, observatory,  astronomy, 
geometry, madrasah Bukhara, Kozizoda Rumiy, Giyosiddin al-Koshiy, tadriz, khanakah. 
 
Tаriхgа nаzаr tаshlаsаk, аjdоdlаrimizdаn bizgа yuksаk mа’rifаt, ulkаn mаdаniy-mа’nаviy mеrоs 
qоlgаn,  ulаr  bugun  hаm  bеqiyos  qаdr-qimmаtgа  egа.  Islоm  Kаrimоv  tа’kidlаgаnidеk,  “Jаmiyat 
tаrаqqiyotidаgi hаr qаndаy oʻzgаrishlаr, yangiliklаr, аyniqsа, insоniyat rivоjigа kаttа turtki bеrаdigаn 
jаrаyonlаr, kаshfiyotlаr oʻz-oʻzidаn yuz bеrmаydi. Buning uchun аvvаlо аsriy аn’аnаlаr, tеgishli shаrt-
shаrоit, tаfаkkur mаktаbi, mаdаniy-mа’nаviy muhit mаvjud boʻlmоgʻi kеrаk” [1]. Аnа shundаy ezgu 
mаqsаd  vа  tаfаkkur  bilаn  yashаgаn  хаlqimiz  jаhоn  tаrаqqiyotigа  ulkаn  hissа  qoʻshgаn.  Shаrqu  -
Gʻаrbni  oʻzаrо  bоgʻlаgаn,  buyuk  sivilizаtsiyalаr  tutаshgаn  yurtimiz  hududidа  ilm-fаn,  mаdаniyat 
аzаldаn rivоjlаngаn. 
Dunyo tamadduni markazlaridan biri b
oʻlgan Markaziy Osiyoda ilm-fan rivojlanishi ancha 
qadimgi davrga borib tarqaladi va 
oʻrta asrlarda u oʻzining yuqori choʻqqisiga koʻtarildi. Oʻtmishda 
Markaziy Osiyoda juda k
oʻp davlatlar yuzaga kelgan, taraqqiy etgan va vaqti kelib oʻz oʻrnini boshqa 
bir sulolaga b
oʻshatib bergan. Yurtimiz tarixiga doir har bir davlatning taraqqiy etishi erishilgan ilm-
fan yutuqlariga bo
gʻliq. Shuning uchun ham ushbu masalani yozma manbalarga asoslanib qiyosiy 
tahlil etib 
oʻrganish dolzarb hisoblanadi.  
  Temuriylar davri Markaziy Osiyo fani va madaniyati tarixida nihoyatda muhim bosqichni  
tashkil qiladi. Mirzo Ulu
gʻbek bu davr  ilm-fani,  madaniyati va ma’rifatining yorqin vakilidir. Oʻsha 
davr tarixchisi Davlatshoh Samarqandiy 
oʻzining “Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar zikri”) asarida  
“Mirzo Ulu
gʻbek handasa (geometriya) ilmida  majastiykusho erdi” [2], - deb ta’kidlaydi.  Ulugʻbek 
Qadimgi yunon olimlaridan Platon  (Aflotun), Aristotel (Arastu), Gipparx  (Ibbarxus) va Ptolemiy 
(Batlimus), Sharq olimlaridan Farobiy,  Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va Nosiriddin Tusiylarning  
ilmiy merosidagi astronomik tushunchalar bilan tanish edi [3]. U aniq fanlardan ma’ruzalar 
oʻqigan, 
ilmiy bahslar uyushtirgan, astronomik kuzatishlar olib borgan, astronomiya, matematika va tarixga oid 
asarlar yozgan. Ulu
gʻbek ilmiy akademiyasi musulmon Sharqi madaniyati va fani tarixida nihoyatda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rahbarligida shakllangan riyoziyot (matematika) va falakiyot 
maktabi fan tarixida alohida nufuzga ega b
oʻldi [4].  
  Ulu
gʻbek oʻz saltanatida ma’rifat, fan va ta’lim ravnaqi uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi. 
Jumladan, Buxorodagi madrasa eshigiga “Bilim olish har bir musulmon va muslimaning burchidir”, 
degan shiorining bitilganligi buning yaqqol dalilidir. Ulu
gʻbek Mavrounnahrni butun musulmon 
mamlakatlarining ilmiy markaziga aylantirishga harakat qildi. 
1417  -  yilga kelib Samarqandda yuzdan ziyod olimlar t
oʻplangan [5]. Ular orasida adiblar, 
muarrixlar, xattotlar, musavvirlar, geograflar bor edi.  Ulu
gʻbek mamlakatda fanni rivojlantirishni oʻz 
dasturiga k
oʻra amalga  oshirdi va bu yaxlit fan va ta’lim dasturi edi. Mirzo Ulugʻbek  “oʻzi va 
maslahatchilari  tamonidan ishlab chiqilgan ilmiy dasturni amalga oshirish uchun” [6] ma’lum 
obyektlarni qurishni rejalashtirgan. Chunonchi hozirgi zamon ta’biri bilan aytganda, ta’lim markazi 
b
oʻlmish madrasa laboratoriyasini [7] –  rasadxona va kutubxonalar majmui holda bunyod etish, 
dasturning asosiy elementlaridan b
oʻldi. Ayni paytda ta’lim dasturida butun  Movraunnahr hududida 
ilmiy salohiyatni k
oʻtarishdek katta gʻoyani amalga oshirish koʻzda tutilgan va shu maqsadda qator 
madrasalar barpo etildi. 
Buxoro (1417 - y.), Samarqand (1417-1420 - yy.) va 
Gʻijduvon (1433 - y.)  shaharlarida oʻsha 
davrning oliy 
oʻquv yutlari –  madrasalarining bunyod etilganligini bunga dalil qilib koʻrsatish 
mumkin. Keyinchalik Samarqandda Registon deb nom olgan joyda Ulu
gʻbekning madrasasi bilan 
33
 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish