Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
      TARIX 
     
 
           2017-yil, 2-son 
yonma-yon Sherdor (1619-1636    -  yy.) va Tillakori (1647-1660  -  yy.) madrasalari barpo etildi. 
Madrasalar bunyod etish an’anasi Alisher Navoiy davrida Xurosonda ham davom etdi. Yana shuni 
alohida qayd qilish zarurki, Buxoro va Samarqand madrasalari XIX asrga  qadar 
oʻz vazifalarini 
bajarib keldi. Tarixiy manbalarga k
oʻra Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasi ikki qavatli, toʻrt 
burchidagi  salobatli t
oʻrt gumbazli, toʻrt minorali va har bir xonasi ikkiga ajratilgan boʻlib, unda 
yuzdan ziyod tolibi ilm ta’lim olgan [8]. Madrasalarda gumanitar  va aniq fanlar y
oʻnalishida turli 
fanlar 
oʻqitilgan;  bilimga qoʻyilgan talab nihoyatda yuqori boʻlgan. Buni 1420 yili Samarqanddagi 
madrasasining ochilishida Muhammad Xavofiyning chuqur mazmunli ma’ruzasini hozir b
oʻlgan 
t
oʻqson olimdan faqat Ulugʻbek va Qozizoda Rumiylargina tushuna olganligidan ham bilsa boʻladi 
[9]. Madrasalar turli 
oʻlkalardan kelgan olimlar maskani ham boʻlgan. Unda Markaziy Osiyoning turli 
huddudlaridan kelgan tolibu  -  ilmlarga 
oʻqiladigan ma’ruzalarda bahs munozaralar uyushtirilgan va 
ilgari yashab 
oʻtgan olimlarning asarlari sharhlanib, tadqiq qilinar edi. Madrasada asosiy ma’ruzalarni 
Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulu
gʻbek, Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, ustoz Ismoil, Movlono  Ibrohim, 
Movlono Badriddini va boshqa olimlar 
oʻqiganlar [10].  
Ulu
gʻbek oʻzining fan va ta’lim dasturi asosida Samarqanddagi Koʻhak tepaligida oʻsha zamon 
falakiyot ilmining barcha yutuqlarini 
oʻzida mujassam etgan va oʻrta asrlar falokiyot ilmining eng 
yuqori ch
oʻqqisi namunasi boʻlgan hamda Ulugʻbek akademiyasining markazi boʻlgan ulkan 
rasadxona majmuasini bunyod qiladi. Rasadxonada yigirmaga yaqin turli astronomik jihozlar, 
kutubxona, hisobxonalar mavjud b
oʻlib, yuzga yaqin xodimlar astronomik tadqiqotlar bilan mashgʻul 
b
oʻlganlar. 
Mirzo Ulu
gʻbek 1424-1428-yillarda Samarqandda oʻz atrofida toʻplangan olimlarning bevosita 
ishtiroki bilan shahar yaqinidagi Obirahmat anhori b
oʻyida rasadxona qurdirdi. Doira shaklida bino 
qilingan bu ulkan imoratning aylanasi 47 m, balandligi 31 m b
oʻlgan. Boburning yozishicha, 
rasadxona uch qavatli b
oʻlgan. Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan qoplangan [11]. Tarixiy 
manbalardan ma’lum b
oʻlishicha, bu oliy imorat xonalarining devorlarida osmon gumbazi, samoviy 
jismlar, ularning joylanishi va 
oʻzaro munosabati, sayyoralarning orbitalari, sobita (qoʻzgʻalmas) 
yulduzlar hamda dengiz va okeanlar, to
gʻ va dashtlar, iqlim mintaqalariga boʻlingan Yer kurrasi va 
hokazolar tasvirlangan. Rasadxona ichki devorlarida koinotu  -  yer kurrasining umumiy manzarasi 
tasvirlangan b
oʻlib, shu tufayli bu mavzu mahalliy aholi oʻrtasida “Naqshi jahon” [12] deb yuritilgan. 
Rasadxona qurilishida samoviy yoritgichlarni kuzatish va 
oʻrnatish borasida xizmat qiluvchi 
uning asosiy qismi – sudsi faxriy qurilmasi va uni maxsus 
oʻlchov asbob-uskunalari bilan jihozlashga 
alohida e’tibor beriladi. Sekstant 
Gʻiyosiddin Jamshid mutasaddiligida oʻrnatiladi. Samarqand 
sekstanti 
oʻsha davrda Sharqda ma’lum boʻlgan sekstantlarning eng kattasi boʻlgan. Ali Qushchi uning 
balandligi Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasining balandligiga (qariyib 50 m) qiyos qilgan. Ayni 
vaqtda Ulu
gʻbek rasadxonasi qoshida boy kutubxona ham tashkil etilib, unda fanning deyarli hamma 
sohalariga tegishli qariyib 
oʻn besh jild kitob saqlangan.  
Rasadxona tevaragida olimlar va xizmatchilar uchun katta kichik hujralar quriladi. Uning 
etagida esa Ulu
gʻbek oʻzi uchun Bogʻimaydon va Chinnixona chorbogʻlarini barpo etadi. Vaqt oʻtishi 
bilan hamda Markaziy Osiyoda va ayniqsa, temuriylar davlatining inqirozi tufayli ana shunday ulkan 
bino y
oʻqolib ketdi. Uni 1908 - yili rus arxeologi V.L.Vyatkin tasodifan topib oldi. U vazirga tegishli 
bir hujjatni 
oʻrganayotganida uning yerlari Ulugʻbekning rasadxonasiga borib taqalishi haqidagi 
ma’lumotga duch keladi. Keyingi arxeolog tekshirishlar hujjatning t
oʻgʻri ekanligini tasdiqlaydi.  
Arxeolog V.L.Vyatkin 1908  -  yilda Ulu
gʻbek rasadxonasining xarobalarini topib, uning 
sekstanti yerosti qismini kovlab oladi. Ulu
gʻbek rasadxonasi Movaraunnahrda oʻz  zamonasiga 
nisbatan mukammal asronomik asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga 
aylangan edi. Rasadxonada Ulu
gʻbek bilan birga mashhur matematik va astranomlar – zamondoshlari 
oʻrtasida “Aflotunu zamon” faxriy nomini olgan Qozizoda Rumiy,  Gʻiyosiddin Jamshid Koshoniy,  

oʻz davrining Ptolomeyi” nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi va koʻpgina boshqa olimlar ilmiy 
kuzatishlar va tadqiqotlar olib boradilar. Demak, Ulu
gʻbek Samarqandda butun bir astranomiya 
maktabini yaratadi. Samarqandda Ulu
gʻbek  rahbarligi barpo etilgan bu ilmiy dargoh matematika, 
ayniqsa, astranomiya sohasida olamshumul ahamiyat kasb etgan natijalarga erishdi. Rasadxonada olib 
borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 ta sobita (q
oʻzgʻalmas)  yulduzlarning oʻrni  va holati 
aniqlanib, ularning astarnomik jadvali tuziladi. Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari b
oʻylab 
joylashgan 683 geografik punktlarning Samarqand kengligiga nisbatan koordinatalari belgilab chiqildi. 
34
 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish