ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2017-yil, 2-son
ishlar sirasiga Y. A. Zuyev, S.M. Abramzon, V.P. Nalivkin, L.P. Potapov, L.S. Tolstova, T.A. Jdanko,
A. Djikiyev, A.K. Karriyev, A.A. Raslyakov, S.G. Agadjanov, O. Bekbaulov, X. Yesberganov va
boshqa bir qator etnograflar, tarixchi va folklorshunoslar tadqiqotlarini[20] ham kiritish mumkin.
Shuningdek, Janubiy О‘zbekiston aholisi xalq ogʻzaki ijodini о‘rganishga intilish 60-yillarning
ikkinchi yarmi va 70-yillarda boshlangan. Ayniqsa, 1969 - yil iyul-
avgust oyida О‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi A. Navoiy nomli Adabiyot muzeyi va Qarshi Davlat pedagogika
instituti о‘zbek filologiyasi fakulteti о‘qituvchi va talabalarining folklor-etnografik ekspeditsiyasi
Janubiy О‘zbekiston folklorini, xususan dostonchiligini о‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Folklorshunos olimlar Malik Murodov va Abdimо‘min Qahhorov rahbarligidagi bu ekspeditsiya
a’zolari:
a) Qarshi –
Gʻuzor – Dehqonobod – Boysun – Sherobod – Angor – Termiz – Jarqо‘rgʻon –
Qumqо‘rgʻon – Shо‘rchi – Denov – Sariosiyo - Tojikiston:
b) Dehqonobod – Kuytan – Chorshangi – Chorjuy – Tallimarjon - Qarshi:
v) Qarshi – Qamashi – Chiroqchi – Yakkabo
gʻ – Shahrisabz - Kitob yо‘nalishlarida juda katta
hududda izlanish olib bordilar[21].
Qashqadaryo-Surxondaryo vohalaridagi dostonchilik jonli jarayonda davom etayotgani,
navbatdagi izlanishlarga, monografik tadqiqotlarga olib keldi, bu hududdagi dostonchilik maktablari
aniqlandi, ularning tarqalish doirasi о‘rganila boshlandi, dastlabki tadqiqotlar yaratildi[22].
Tadqiqotlarda Qashqadaryo-Surxondaryodagi Sherobod, Shahrisabz, Qamay dostonchilik maktablari
e’tirof etilgan.
XX asrning 70-yillari oxiri - 80-yillarning boshlarida O. Sobirov tomonidan nashr qilingan
«Yozi bilan Zebo» dostonining yi
gʻma matni[23] da Qashqadaryo va Surxondaryo vohasi hamda
Far
gʻona vodiysi, Qirgʻizistonning О‘sh viloyati О‘zgan, Aravon, Olabuqa tumanlari,
Qozo
gʻistonning Turkiston shahri atrofidagi qishloqlarda ommalashgan variantlarida chorvador,
dehqon va bo
gʻbonlarning turmush tarzi bilan bogʻliq ma’lumotlar borligi diqqatga sazovordir.
«Alpomish» dostonining qoraqalpoq variantlarini ilmiy tadqiq etgan J.Xoshniyozovning ishida
esa, yuqoridagilardan farqli dostonda tasvirlangan chorvachilik bilan bo
gʻliq lavhalar tarixiy-etnologik
jihatdan tahlil qilinadi. Muallifnin
g ta’kidlashicha, «Alpomish» dostonida «kamar» sо‘zining
uchrashi[24] va uning hayvon terisidan tayyorlanganligi, junidan esa kiyim-kechak tikilgani
tо‘gʻrisidagi ma’lumotlar keltirilgan. Lekin ishda «Alpomish» dostonining qoraqalpoq versiyasida aks
etgan
etnografik motivlar bо‘yicha umumlashma xulosalar chiqarilmagan.
О‘zbek folklorining epik janrlari haqidagi kitobda [25] «Alpomish» dostoni haqida fikr
yuritilib, Alpomish va uning otalari qо‘ngʻirot elining qanjigʻali urugʻiga mansubligi ta’kidlanadi.
Ammo mazkur ma’lumotlarning tarixiy-etnologik manba asosida ilmiy tahliliga alohida ur
gʻu
berilmagan. Ishda Alpomish va Barchin о‘rtasidagi nikoh shakli xususida sо‘z yuritilsa-da, mavzuga
oid fikrlarning ilmiy tahlili etnologik jihatdan chuqurlashtirilmagan.
Shuningdek, «Gо‘rugʻli»
turkumiga kiruvchi dostonlarda ibtidoiy diniy tasavvurlar-totemizm, animizm, fetishizm va
shomonizm izlari saqlanganligi dalillangan.
80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarda ham biz tadqiq etayotgan mavzuga yaqin ishlar
yaratildi. Masalan, B.Sarimsoqov monografiyasida xalq dostonlarida tavsiflangan mavsumiy marosim
va sо‘z magiyasi bilan bogʻliq etnografik materiallar atroflicha yoritiladi.
Xullas, XX asrning 20-
90 yillarida о‘zbek xalq dostonlari milliy mentalitet va mafkuradan kelib
chiqqan holda etnografik masalalarni yorituvchi maxsus tadqiqot obyekti sifatida qaralgan emas. Biroq
bu xalq dostonlari о‘sha davrda noyob va qimmatli etnografik manba sifatida ilmiy tadqiqotlar
doirasidan chetda qoldirildi, degani emas, albatta.
Zikr etilgan adabiyotlar о‘z mavzulari nuqtaiy
nazaridan fundamental tadqiqot hisoblansa-
da, aynan biz о‘rganayotgan mavzu doirasida bо‘lmay,
ulardagi fikrlarning folklorshunoslik jihatigina bayon qilingan yoki boshqa mintaqa dostonlari
materiallari sifatidangina tadqiqotga jalb etilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |