Election culture- is a sighn of political
mentality
Abstract.
The article further deepening of democratic processes in recent years implementation
of reforms and modernization of the country and the electoral culture of the population, the growth of
political consciousness and thinking constantly referred to a vision.
Keywords: democracy, political consciousness, ideology, election, mental, social, and civil
reforms.
107
ILMIY AXBOROTNOMA
SOTSIOLOGIYA 2017-yil, 2-son
Oʻzbekistonda keyingi yillarda demokratik jarayonlar yanada chuqurlashib, mamlakatni
modernizatsiya qilishda izchil islohotlar amalga oshirilmoqda, aholining saylov madaniyati, siyosiy
ong va tafakkuri muttasil
oʻsib bormoqda.
Ma’lumki, saylov madaniyati k
oʻp qirrali tushuncha. Uning mezonlarini bir ikki tomonlarini
aytish bilan belgilab b
oʻlmaydi. Bu borada professor S. Atamurodovning quyidagi fikrini keltirish
oʻrinli: «Saylov madaniyati saylovchilarning Konstitutsiya talablariga binoan bir necha nomzodlar
ichidan mamlakat va uning barcha fuqarolari manfaatlarini k
oʻzlashga, umumdavlat doirasida tafakkur
qilishga, istiqbolni k
oʻra bilishga salohiyati yetarli boʻlgan deputatlarni saylash ma’rifatidir»[1].
Shu ma’noda, saylov deputatlarni saylash doirasi bilan cheklanmaydi, shuning bilan birga
saylovchilarning siyosiy madaniyati darajalarini belgilab beruvchi mexanizm hisoblanadi. Agar
saylovchilar nomzodlar ichidan sessiya paytida «dam» olish uchun emas, balki qilinadigan har bir
qonunga yoki muhokama qilinadigan har bir masalaga
oʻzining mustaqil fikrini bildirib, har bir
sessiyaning munozarali, kerak b
oʻlsa qizgʻin oʻtishida oʻzining faolligi bilan qatnashishiga salohiyati
yetadiganlarini tanlay olsagina siyosiy madaniyatning rivojlanganligi haqida ijobiy fikr bildirish mumkin
bo
ʻladi. Buni albatta saylov natijalari koʻrsatadi.
Respublikamizning Birinchi Prezidenti I. A. Karimov 2005 - yil 27 - yanvar kuni yangi
saylangan Qonunchilik palatasi deputatlari oldida «Parlament-jamiyat hayotining k
oʻzgusi» mavzuida
ma’ruza qilar ekan, «Ushbu saylovlar oshkoralik, ochiqlik va qiz
gʻin kurashlar bilan oʻtdi. Ularni
nafaqat yurtimizga kelgan xalqaro ekspert va kuzatuvchilar, balki boshqa xayrixoh b
oʻlgan, buni
uzoqdan biladigan dunyo jamoatchiligi ham ommaviy axborot vositalari orqali kuzatib turdi. Shu
ma’noda, bu saylovlar biz uchun yana bir sinov b
oʻldi. Yaratganga shukrlar boʻlsinki,
saylovchilarimiz, butun xalqimiz sinovdan yoru
gʻ yuz bilan oʻtdi.
Bu sinov bizning hech kimdan kam emasligimizni, yurtimizda demokratik davlat barpo etish,
o
ʻz kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan qurish yoʻlida salmoqli qadamlar qoʻyayotganimizni yana bir bor
k
oʻrsatdi. Shuning uchun ham bu saylovlar Oʻzbekistonning yangi tarixida alohida sahifa boʻlib
qoladi[2]» deb qayd qilgan edi.
Tabiiyki, davlatimiz rahbarining bunday bahosi xalqimizning siyosiy ongi va tafakkuri yuksalib
borayotganini, ayni cho
gʻda aholida saylov madaniyati ham islohotlar jarayonida bosqichma-bosqich
oʻsib borayotganini koʻrsatadi. Shu ma’noda siyosiy adabiyotlarda koʻp uchraydigan saylov
jarayonlari bilan bo
gʻliq saylov madaniyati tushunchasiga toʻxtashni joiz deb bilaman.
Bu borada siyosiy adabiyotlarda saylov madaniyatining mezonlari sifatida quyidagi jihatlar
alohida ta’kidlanadi. Jumladan:
1) k
oʻppartiyaviylikning mavjudligi; 2) siyosiy partiyalar saylovoldi dasturlarida chinakam
muqobillikning b
oʻlishi; 3) saylovchilarga nomzodlar ichidan eng salohiyatlilarini tanlash
imkoniyatlarining yaratilganligi; 4) saylovchilarning tanlashga salohiyati etarli b
oʻlishi; 5) koʻrsatilgan
nomzodlarga teng sharoitlarning mavjudligi; 6) amaldagi hokimiyatning u yoki bu nomzod manfaatini
k
oʻzlab saylov jarayonlariga tazyiq oʻtkazishga yoʻl qoʻymaganligi; 7) saylov kompaniyasida
mamlakat manfaatlariga zid b
oʻlgan har xil boʻlinishlar yoxud guruhbozlik, mahalliychilik, urugʻ-
aymoqchilik, milliy va irqiy kamsitishlar kabi salbiy holatlarning yuzaga kelishiga y
oʻl qoʻyilmaganligi;
8) nomzodlarning munosabatlarida
oʻzaro hurmat va e’tiborning mavjudligi, kabilar koʻrsatib oʻtiladi.
Albatta, birinchi
oʻrinda saylovning oʻtishida Konstitutsiya va qonun talablariga amal qilinishi
saylov madaniyatining darajalarini va mezonlarini qanchalik huquqiy jihatdan t
oʻgʻri ekanligini
k
oʻrsatadi.
Shu nuqtaiy nazardan saylov kompaniyasining vazminlik,
oʻzaro hurmat va eng asosiysi
umumdavlat manfaatlarining ustuvorligi ruhida
oʻtishi saylov madaniyatining asosiy mezoni hisoblanadi.
Shunday qilib, demokratiya har doim va hamma joyda ham xalq hokimiyatining qaysi
darajada tashkil topganligi va xalqning hokimiyatni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlari bilan
oʻlchanadi. Demokratiyaning milliy «modeli» boʻlishi mumkin emas. U umuminsoniy qadriyatlar va
insoniyatning asrlar davomida intilayotgan idealidir.
T
oʻgʻri, demokratiya shakllanishida milliy mentalitet oʻzining ta’sirini oʻtkazadi Millatning
ruhiyati, dunyoqarashi, urf-odatlari va qadriyatlari demokratiya rivojlanishida muhim rol
oʻynaydi.
Ammo, demokratiyaning mezoni yagonadir. Uni demokratik jarayonlar rivojlanishiga salbiy ta’sir
oʻtkazuvchi mexanizmga aylantirish degani emas. Balki, demokratiyaning umumjahonda e’tirof
108
Do'stlaringiz bilan baham: |