ILMIY AXBOROTNOMA
SOTSIOLOGIYA 2017-yil, 2-son
Darhaqiqat, biz saylov madaniyatini shakllantirishda
gʻarb mamlakatlari tajribalarini
oʻrganishimiz, tegishli xulosalar chiqarishimiz mumkin, ammo ularning birontasini andoza sifatida
aynan qabul qila olmaymiz.
Oʻzbekiston xalqi oʻz madaniyatini milliy qadriyatlarga tayangan holda
shakllantirib boradi.
Saylov madaniyatini yana yuksaltirish, fuqarolar siyosiy saviyasini oshirish uchun nimalarga
e’tibor qaratish lozimligi haqida fikr yuritgan professor S. Atamuratovning «Har bir insonning
oʻzi
bir
gʻaroyib mavjudot. Uning dunyoqarashi va madaniyatini rivojlantirish, manfaatini ham hisobga
olish zarur b
oʻladi. Bugun koʻpchilik siyosiy madaniyatni rivojlantirish uchun siyosiy va huquqiy
bilimlarni berish kerak demoqda. Bu t
oʻgʻri, lekin uni qanday qilib yetkazish mexanizmini topish
zarur. Fikrimizcha, buni umummilliy ma’naviy-ma’rifiy saviyani k
oʻtarishdan boshlash lozim
b
oʻladi. Bu borada mamlakatimizda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini qanchalik
sifatli qilib amalga oshirsak, u shunchalik tez, umummilliy rivojlanishimizga
oʻzining ijobiy
ta’sirini
oʻtkazadi.
Bugun saylov jarayonlari qiz
gʻin ketayotgan paytda saylov madaniyatini qisqa vaqt ichida
shakllantirish mumkin emas. Unga zaminni bugun q
oʻysak, albatta ertaga u oʻzining natijalarini beradi.
Xuddi ana shu sababdan ham bugun bu haqda bosh qotirishimiz lozim b
oʻladi», degan fikri oʻrinli deb
bilaman.
Bugun aholimizning nisbatan k
oʻpchilik qismi qishloq joylarida yashaydi, bizning kelajagimiz va
istiqbolimiz qishloqda amalga oshiriladigan islohotlarning natijalariga bo
gʻliqliqligini hammamiz
bilamiz. Ammo bugun qishloqda shakllangan fermerlik harakatining mazmun- mohiyatini hamma joyda
ham birdek barchaga yetkaza olmaganimiz, agar yerni haqiqiy egasiga topshirilsa shu holatga befarq
qaramasdan islohotlarning amalga oshishiga fidoiylik bilan yondashsak demokratik jarayonlarni
rivojlantirishni markazdan uzoq qishloqlarimizga k
oʻchirish ishlariga baholi qudrat hissa qoʻshgan
b
oʻlamiz.
Siyosiy madaniyatni rivojlantirishning yana bir omili mamlakatimizda mavjud b
oʻlgan katta
intellektual salohiyatdan unumli foydalanishdir. Ma’lumki, hamma zamonlarda xalq
oʻz ichidan
yetishib chiqqan aql-salohiyat sohiblariga yuksak ehtirom bilan qarab kelgan, ishongan va ularga
ergashgan. Bugun nazarimizda mana shu imkoniyatdan yetarlicha foydalanmayotirmiz Ular qandaydir
oʻzlarining kundalik tashvishlari bilan ovora boʻlib qolganday koʻrinadi. Agar intellektual
salohiyatimizning
oʻzagini tashkil qiluvchi ziyolilarning xalq bilan muloqotini mustahkamlasak,
siyosiy jarayonlarda faolligini kuchaytirsak, bu albatta, umummamlakat darajasidagi siyosiy
madaniyat rivojlanishiga
oʻzining ijobiy ta’sirini koʻrsatadi.
Xalqimiz yuksak ma’naviyat va qobiliyatga ega b
oʻlgan buyuk xalqdir, uni faqat ruhlantirib
va aniq maqsadga y
oʻnaltira bilishimiz lozim. Xalqimizning bu yuksakligi saylovlarni muvaffaqiyatli
oʻtkazishimizning kafolatidir, ayni chogʻda fuqarolarni davlat va jamiyat boshqaruvi ishlarida faol
qatnashishi uchun imkoniyat yaratadigan vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |