ILMIY AXBOROTNOMA
SOTSIOLOGIYA 2017-yil, 2-son
etilgan mezonlari barcha mamlakatlar uchun yagona ekanligini va ayni uni amalga oshirishda. milliy
oʻziga xoslikdan kelib chiqqan boʻladi.
Bugungi matbuotda ayrim siyosatchilar demokratiyani tezlashtirish, yoki
gʻarb demokratiyasini
misol sifatida k
oʻrsatishga urinayotganlari koʻzga tashlanadi. Shu oʻrinda bizda shakllanayotgan
demokratiyaning ildizlari 3 ming yillik davlatchilik tariximizga borib taqalishini ham esdan
chiqarmasligimiz lozim. Shu nuqtaiy nazardan, mamlakatimizda milliy mustaqillikni asrab-avaylash,
himoya qilish asosiy ustuvor vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas.
Biz milliy rivojlanishimiz jarayonida merosimizni
oʻzlashtirish, urf-odatlar, an’analar va
qadriyatlarni qaytadan tiklash bilan birga dunyo davlatchilik tizimida
oʻzining munosib oʻrniga ega
b
oʻlgan davlatchiligimiz an’analari, demokratiya qadriyatlarni ham ijodiy oʻzlashtirayotganimizni
nazarda tutadigan b
oʻlsak, demokratiya rivojlanish jarayonida biz bugun erishgan yutuqlarni vaqt
nuqtaiy nazaridan
gʻarb yoki Amerikaga solishtirish toʻgʻri boʻlmaydi.
Boz ustiga, demokratiya taraqqiyotining dunyo mamlakatlari tajribalari mavjud, biz ulardan
tegishli xulosalar chiqarish imkoniyatiga ham egamiz. Ammo, ularning birontasi ham
Oʻzbekiston
uchun etalon b
oʻla olmaydi.
Chunki,
gʻarb va Amerikada shakllangan demokratiya juda murakkab jarayonlarni, inqiloblar
va qon t
oʻkishlarni oʻz boshidan kechirdi hamda bugungi darajaga erishdi. Ular hayotida boʻlgan
jarayonlar takrorlanmasligi kerak. Insoniyat demokratiyaning qurboni b
oʻlishi kerak emas, balki
demokratiya inson kamoli uchun xizmat qilishi lozim.
Oʻzbekiston taraqqiyotning evolyutsion
y
oʻlidan, vazminlik va sobitqadamlik bilan dadil bormoqda. U dunyo mamlakatlari toʻplagan
tajribalardan tegishli xulosalar chiqarmoqda. Bu
Oʻzbekistonda demokratik jarayonlar
rivojlanishining
oʻziga xos tizimini shakllantirish imkoniyatini bermoqda. Bu tizim Oʻzbekistonda
saylovlarni
oʻtkazishda ham eng zamonaviy andozalarning shakllanishiga oʻzining ijobiy ta’sirini
oʻtkazadi.
Bugun
Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan saylov jarayonlari jahondagi demokratiya rivojlangan
deb hisoblangan mamlakatlardagi tartibotga t
oʻliq javob beradi. Yuqorida saylov madaniyatining
mezonlari haqida k
oʻrsatilgan shartlar Oʻzbekistonda toʻla amalga oshirilmoqda. Ayni chogʻda bu
bizning milliy xususiyatimiz va ruhiyatimizga ham t
oʻliq mosdir.
Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan saylovlar ba’zi mamlakatlarda boʻlganidek, shovqin-suron,
oʻzaro toʻqnashuvlar tarzida emas, balki qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda. Bu
gʻoyat muhimdir.
Binobarin demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi,
oʻzaro birlashib
ketgan. Saylov-demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani. Chunki, har qanday siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |