Ключевые слова: политический процесс, категория, политическая система, социальные
группы, концептуальная основа, научные подходы.
Conceptual views and understandings about the category of “political process”
Abstract. The article is dedicated to conceptual comprehension and interpretation of “political
process” category. The author considers several scientific views and approaches in this field of
science.
Keywords: political process, category, political system, social groups, conceptual basis,
scientific approaches.
Hozirgi davrda jahon miqyosida k
еchayotgan globallashuv jarayonlari butun insoniyat
taraqqiyoti uchun misli k
oʻrilmagan imkoniyatlar yaratib bеrmoqda. U, avvalambor, davlatlar va
mintaqalar
oʻrtasidagi chеgaralarni ochib bеrib, turli sohalarda oʻzaro hamkorlik rivojiga ulkan hissa
q
oʻshish bilan bir qatorda, siyosiy jarayonlar kеchuvini ham tеzlashtirib yubordi. Bu esa siyosiy
jarayonlarni yangicha kontsеptual idrok etish va ilmiy yondashuvlarni koʻrib chiqish zaruratini
oshiradi.
Ma'lumki, siyosiy jarayon tarixiy jihatdan davlatchilik va ilk jamiyatning paydo b
oʻlishi bilan
bo
gʻliq tushuncha boʻlib, u jamiyat rivojlanishining turli davrlarida turlicha namoyon boʻlgan va
oʻziga xos xususiyat kasb etgan. Masalan, antik davr faylasuflari asarlarida quldorlik jamiyatining
siyosiy tuzilishi, unda ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning tashkil topish xususiyatlari, jumladan, davlat
tuzilishi va uning shakllariga doir masalalar t
oʻgʻrisida soʻz yuritadi.[1] Oʻrta asrlar Gʻarb
mutafakkirlari, tarixchilari asarlarida xristian dini va Rim katolik chеrkovining Yevropadagi siyosiy va
ma'naviy hayotning barcha sohalarida hukmronligi sharoitidagi davlatchilik, qonun, huquq masalalari,
Oʻrta asrlar hukmdorining insoniy jihatlari va xatti-harakatlari, davlat siyosiy faoliyatining
qonuniyatlari va
oʻziga xos jihatlari, fеodal tuzumdan kapitalizmga qadam qoʻyilishi, erkin fuqarolar
jamiyatining shakllanishi kabi
oʻsha davrga oid muhim jarayonlar oʻz ifodasini topdi.[2] Oʻz
navbatida, Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida
oʻz davrining siyosiy jarayonlari,
ularning k
oʻproq ijtimoiy va axloqiy, ma'naviy qirralari yoritilgan. Ayniqsa, buyuk bobokalonimiz
Amir Tеmurning “Tеmur tuzuklari” asarida markazlashgan davlat tashkil topishi, unda boshqaruv
ishlari amalga oshirilishi, mamlakatni boshqarishga oid k
oʻplab tadbirlar haqida ma'lumotlar bor.[3]
Sirasini aytganda, davrlar
oʻtgan sari insoniyat ortirgan tarixiy tajriba va bilim, ma'naviy-
madaniy mеros koʻlami ortib boradi, bu esa ijtimoiy-siyosiy jarayonga zamon va makonda mos
ravishda ta'sir
oʻtkazadi. Mamlakatimiz Birinchi Prеzidеnti I.A.Karimov ta'kidlaganidеk: “Erkin
fuqarolik jamiyatiga dunyodagi k
oʻp-koʻp davlatlar asrlar davomida toʻplangan tajriba va dеmokratik
an'analarni rivojlantira borib y
еtib kеlgan. Biz bunday jamiyatni qurishni, barpo etishni orzu
qilmoqdamiz va shunga intilmoqdamiz”. [4]
105
Do'stlaringiz bilan baham: |