ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 2-son
bilan
oʻyinchoqlar va oʻyinlar vositasidagi ekologik zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qoʻllaniladi;
bunda bolaning atrof-muhitga yaxshi k
oʻz bilan qarash, suvni iflos qilmaslikka, maysalarni
yulmaslikka, daraxt shoxlarini sindirmaslikka
oʻyinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar ekologik,
axloqiy va estetik tarbiyasida televideniye, radio, kompyuter, internet, q
oʻgʻirchoq teatri, kino san’ati
katta rol
oʻynaydi.
Barkamol avlod ekologik, axloqiy va estetik tarbiyasida ota-onaning, d
oʻstlarining, ustozining
shaxsiy namunasi ham katta rol
oʻynaydi. Ota-ona madaniyatli inson boʻlsa, bu fazilat farzandlarining
kamol topishida hamda uning yurish-turishida, fe’l-atvorida, kiyinishida, oilada, mahallada, insonlar
bilan muomalasida, atrof-muhitni asrab avaylashi, tabiatga b
oʻlgan munosabatida oʻzini oqilona
yondashishida barcha xatti–harakatlarida
oʻz ifodasini topadi. Bu fazilatlar insonning tabiatga boʻlgan
botiniy munosabatining zohiriy ifodasidir. Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish uchun ta’lim
yoki tarbiyachining
oʻzi ekologik, axloqiy va estetik tarbiyalangan boʻlishi kerak. Haqiqiy
ustozlikning mohiyati ulu
gʻ hayot taqozo etayotgan axloqiy fazilatlarni yosh avlodning ekologik
ongiga, madaniyatiga, eng muhimi, uning kundalik xatti–harakatiga aylantira bilishidir.
Tabiatga axloqiy yoki estetik munosabatda b
oʻlishlik darajasi insonlarning xatti–harakatlaridan,
muomalalaridan ham sezilib turadi. Axloq inson qalbi xazinasidagi eng katta boylik hisoblanadi.
Tildagi chiroyli s
oʻzlar hamma vaqt ham dildagi yaxshi niyat, goʻzal maqsadlarning ifodasi
b
oʻlavermaydi. Donishmandlarning “Yuziga boqma, soʻziga boq” – degan hikmatlari ayni haqiqatdir.
Muomala esa insonlarni ekologik harakatlarda bir-biriga bo
gʻlovchi, yaqinlashtiruvchi, tabiatni asrash
y
oʻlidagi katta-kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning goʻzal hayot kechirishida,
tabiatning bir qismi ekanligi hamda unda
oʻz oʻrnini topa olishida, boshqalarning hurmat ehtiromiga
erishishda muomalaning
oʻrni kattadir. Insonning shirinsoʻzligi kishining tarbiyalanganligidan
guvohlik bersa, s
oʻzga boyligi, chechanligi, ma’nodorligi uning oʻqimishli, bilimdonligini koʻrsatadi.
G
oʻzal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha achchiq soʻz, qoʻpol muomala inson
qalbini larzaga soladi. Shirin muomalada b
oʻlish ham katta san’at. Shirin soʻz bilan kishining
ishonchi va qalbini egallash mumkin. S
oʻz, yuz va koʻz tilning koʻrki hisoblanadi. Bundan kelib
chiqib aytish mumkinki, boshqalarga g
oʻzal muomalada va shirinsoʻz boʻla olgan insongina tabiatga
ham axloqiy va estetik munosabatda b
oʻladi.
Yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal qilish kishilarning ma’naviy kamoloti bilan
chambarchas bo
gʻlangan, biri ikkinchisini taqozo qiladigan murakkab jarayondir. Shuning uchun ham
Oʻzbekistonda barkamol avlod ekologik, axloqiy va estetik madaniyatini uygʻun rivojlantirish – obod
turmush tarzining ma’naviy asosidir.
Ta’lim-tarbiya ishlarining zaminida barcha davrlarda ham muayyan manfaatlar bilan bo
gʻlangan
maqsadlar yotadi. Ma’rifat ma’naviyatning mohiyatini, ahamiyatini
oʻrganish, targʻib etish, ta’lim
tarbiya ishlarini amalga oshirish bilan bo
gʻliq boʻlgan tadbirlar tizimidir. Har qanday sharoitda ham
jamiyatning ma’naviy kamoloti, insonlarning ekologik madaniyatining shakllanishi ma’lum maqsadlar
bilan bo
gʻlangan ma’rifiy tadbirlar orqali amalga oshadi.
Insoniyatning tabiat hodisalarni mohiyatiga etishga harakat qilishi axloqiy va estetik tarbiyaga
asoslanadi. Zamonning eng yetuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoiy, uzoqni k
oʻzlovchi ma’naviyatli
siymolari ekologik tarbiya bilan shu
gʻullanadilar. Yuksak ekologik ong va madaniyat sohibi odatda
davr uchun, tabiatning buguni va kelajagi uchun
oʻta muhim boʻlgan gʻoyalarni koʻtarib chiqadi va
shu
gʻoyalarni amalga oshirish uchun kurash olib borishga qodir.
Tabiatning ochilmagan qirralari kashf qilinar ekan, u ma’naviy, axloqiy va estetik ong va
ta’lim–tarbiyaning yangi qirralarini keltirib chiqaradi. Axloqni takomillashtirishga ehtiyoj sezmaslik
esa ekologik bilimlarning tanazzul belgisidir.
Ekologik madaniyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil -
bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bo
gʻliqdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ham oʻz
asarlarida ta’lim-tarbiya haqida shuni ta’kidlagan edilar: “ Albatta, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin
ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini
shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin ta’lim-tarbiya tizimini va asosda
ongni
oʻzgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib boʻlmaydi”.[7]
Bugungi kunda
Oʻzbekiston aholisining 60 foizini yoshlar tashkil qiladi. Shu boisdan kelajak
avlodni ekologik, axloqiy va estetik jihatdan tarbiyalash va yoshlarda tabiatga b
oʻlgan ratsional
munosabatni yanada rivojlantirish maqsadga muvofiq. I.A.Karimovning «Buyuk davlat, buyuk
55
Do'stlaringiz bilan baham: |