ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2017-yil, 2-son
Hozirgi vaqtda biznes sohasi – oliy ta’lim va ilmiy markazlarning haqqoniy buyurtmachisi
b
oʻlmogʻi lozim. Buyurtmachi va bajaruvchi oʻrtasidagi hamkorlik ikki tomonlama manfaatli boʻlishi
zarur. Shu bilan birga, tadbirkorlik va biznes subyektlari hamda oliy ta’lim tizimi
oʻrtasidagi
hamkorlikni rivojlantirish
Oʻzbekiston iqtisodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib holda
rivojlanishda davom etishi, har bir yosh mutaxassisning tez
oʻzgaruvchan mehnat bozorida oʻz oʻrnini
topib olishi, rivojlanib borayotgan innovatsion iqtisodiyotda olgan bilim va k
oʻnikmalarini toʻlaqonli
namoyon etishi, zamonaviy menejment va biznesning talablariga javob bera oladigan mutaxassis
b
oʻlib yetishishida muhim omil hisoblanadi.
Inson kapitalini r
oʻyobga chiqarishda Oʻzbekistonimizda bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Eng avvalo, har bir kasb-hunar kollejini bitiruvchilari, oliy ta’lim muassalarida byudjet asosida ta’lim
olgan mutaxassislarni ish bilan ta’minlash ta’lim muassasalarining rahbariyatlari va tegishli
b
oʻlimlaridan tashqari hukumat darajasida Vazirlar Mahkamasi va hokimliklar tomonidan nazorat va
monitoring qilib borilmoqda. Xuddi shuningdek, iqtisodiyotning real sektorlarida yangi ish joylarini
yaratish b
oʻyicha moliya-bank tizimlaridan imtiyozli kreditlarning berilishi ham bu jarayonning
ijobiyligini ta’minlamoqda. Ikkinchi tomondan, zamonaviy bilim va tajribalarga ega, chet tillar va
kompyuter texnologiyalaridan yaxshi
oʻzlashtirgan yoshlar raqobat tufayli oʻrtamiyona xodim va
nafaqaga yoshidagi kishilar
oʻrnini tabiiy ravishda egallab bormoqda.
Ta’limning
oʻzbek modelining ulkan yutuq va afzalliklari toʻgʻrisida chet ellik mutaxassislar
va siyosatchilarning yuqori baho berishganlarini e’tiborga olgan holda oliy ta’lim tizimimizni AQSh
oliy ta’limi bilan taqqoslaganda bir qator
oʻxshashliklarni koʻramiz. Masalan, AQShda ham oʻrta
maktabda ta’lim majburiy, oliy talim tizimi ham bizdagidek 3 bosqichdan iborat, faqat oliy ta’lim
tizimini 3-bosqichi, oliy ilmiy daraja (Doktor of Philosophu, PhD) olish uchun yakunlanib,
oʻrtacha 3
yil magistr darajasidagilar va 5 yil bakalavrlar uchun davom etadi [3].
Shu bilan birgalikda bir qator kamchilik va muammolar ham bor. Jumladan,
-maktabgacha ta’lim muassasalarida barcha 6-7 yoshgacha b
oʻlgan bolalarni toʻliq qamrab olmaslik;
-OTM va KHKlarini bitirganlarning bir qismi
oʻz mutaxassisliklari va kasblari boʻyicha ishlamasligi;
- KHK va OTMlarni bitiruvchilarni mamlakat hududi va chet ellarga borib ishlashdagi mobillik
darajalarining pastligi;
-
oʻrta maktab ta’limi davrida yoshlarni kasbga yoʻnaltirishda ularni iqtidori, qiziqishi va yashaydigan
joyidagi mavjud iqtisodiy-ijtimoiy sharoiti hamda shu hududda qancha va qaysi hunarlar b
oʻyicha
mutaxassislar tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlari, institut va universitetlarning mavjudligini
e’tiborga olmaslik va h.k. Oxirgi omilni e’tiborga olmaslik OTM va KHKlarini bitirgan yoshlarni ish
bilan ta’minlash yoki boshqa hududga borib ishlashga majbur b
oʻlishiga va binobarin ularni uy-joy
bilan ta’minlash muammolarini keltirib chiqaradi.
Xulosa. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki,
Oʻzbekistonimizning rivojlangan mamlakat
maqomini olishi ham bevosita iqtisodiyot taraqqiyotida asosiy faktor b
oʻlgan jamiyat (inson)
kapitalining
oʻsib borayotgan roli bilan belgilanadi. Mamlakatimizda qabul qilingan uzluksiz ta’lim
tizimi shaxsni barkamol avlod b
oʻlib yetishishini ta’minlash bilan bir qatorda jamiyat taraqqiyotini
kafolatlovchi innovatsion inson kapitalining shakllanishi va uning yangilanib borishiga asos b
oʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |