Kalit s
oʻzlar: innovatsiya, yangilik kiritish, ta’lim, ijtimoiy soha, milliy innovatsion tizim,
innovatsion sikl, innovatsion texnologiyalar, ilmiy-texnik taraqqiyot.
Уровни развития инновационных процессов в социальной сфере
Аннотация. В данной статье исследованы научно-теорeтические аспекты инновационной
деятельности в социальной сфере, этапы инновационной деятельности и инновационного
цикла, также рассмотрены становление национальной инновационной системы и
взаимодействие его элементов.
Ключевые слова: инновация, внедрение нововведения, образование, социальная сфера,
национальная инновационная система, инновационный цикл, инновационные технологии,
научно-технический прогресс.
Levels of development of innovative processes in the social sphere
Abstract. This article deals with the scientific-theoretical aspects of innovation in the social
sphere, the stages of innovation and cycle, also researched the establishment of a national innovation
system and the interaction of elements of this system.
Keywords: innovation, the implementation of innovation, education, social sphere, national
innovation system, innovation cycle, innovative technologies, scientific and technological progress.
Innovatsion mexanizm haqida s
oʻz yuritganimizda uning asosan ishlab chiqarish bozor sohasida
paydo b
oʻlishi va sekin asta boshqa sohalarga jumladan, ijtimoiy sohalarga kirib borganligini
ta’kidlash zarur. Ushbu jarayon qanchalik jadallashib borsa, ijtimoiy soha faoliyati ham shunchalik
bozor qonunlari asosida rivojlana boshlaydi. Ta’lim sohasi uchun esa bu uning bozor xizmatlari
sohasiga aylanib borishini anglatadi. Ushbu jarayonlarni tushunish uchun innovatsion mexanizmlarni
ta’lim sohasi uchun daxldor qismlariga kengroq t
oʻxtalib oʻtamiz.
Dastlab «Innovatsiya» atamasi I. Shumpeter tomonidan 1912 - yilda «Iqtisodiy rivojlanish
nazariyasi» asarida taklif etilgan edi. Innovatsiya deb u ishlab chiqarish sohasida q
oʻllangan
yangilikni tushungan. Shumpeterning fikricha, innovatsiya foydani harakatlantiruvchi, hosil
qiluvchilarning eng asosiylaridan biridir [1]. Biroz keyinroq Y.Shumpeter N.D.Kondratevning
iqtisodiyot rivojlanishi uchun t
oʻlqinli konsepsiyasini oʻzining innovatsion nazariyasi bilan bogʻlab
tushuntirdi. Natijada u davriy rivojlanish nazariyasini shakllantirdi. Davriy rivojlanishning asosiy ichki
(endogen) mexanizmi, deb u yangiliklarni joriy etish, ya’ni innovatsion jarayonni hisobladi [2].
Ta’kidlash lozimki, hozirda ijtimoiy-iqtisodiy dinamikani anglashga bunday yondashuvning turli
talqini fanda dolzarb b
oʻlib bormoqda.
Oʻzbekistonda innovatsion jarayonlarning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan
bo
gʻliqligi sababli ushbu masala mamlakatimiz uchun alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun
yurtimizda innovatsion texnologiyalarni har bir sohada q
oʻllashga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Shu
oʻrinda ta’kidlash lozimki, iqtisodiy va ijtimoiy adabiyotlarda ham «yangilik yaratish»,
«yangilik» va «innovatsiya» singari tushunchalarning turli talqinlari uchramoqda. Ba’zi hollarda esa
bu tushunchalar sinonim sifatida ishlatilmoqda. Bularning
oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlib, bu
tushunchalarni bir-biridan ajratish lozim. Ularning har biri innovatsiyaning alohida elementini
ifodalaydi.
«Yangilik» («novshestvo», «invention») tushunchasini yangi mahsulotda r
oʻyobga chiqaralishi
mumkin b
oʻlgan yangi gʻoya, yangi texnologiya, yangi usul va shu kabilar sifatida ta’riflash mumkin.
Boshqacha aytganda, bu fundamental, amaliy tadqiqotlarning biron-bir faoliyat sohasidagi
samaradorligini oshirish b
oʻyicha ishlanmalar va tajriba ishlarining rasmiylashtirilgan natijasidir [3].
126
Do'stlaringiz bilan baham: |