ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITET HAYOTIDAN
2017-yil, 2-son
PROFESSOR ZIYODULLA MUQIMOV YETMISH BESH YOSHDA!
Respublikamizda taniqli huquqshunos olim va
oʻqituvchi, Alisher Navoiy nomidagi SamDU
huquqshunoslik fakultetining asoschilaridan biri, «Huquqiy ta’lim» kafedrasining professori, yuridik
fanlar doktori Ziyodulla Muqimov tu
gʻilgan kuniga 75 yil, mehnat faoliyatiga 60 yil toʻldi.
Z.Muqimov 1942 - yilning 10 - mayida Kattaq
oʻrgʻon tumanining Orzi Mahmudov nomli jamoa
x
oʻjaligida, usta Muqim usta Yusuf oʻgʻli oilasida tugʻildi. 1960 - yilda oʻninchi sinfni tugatgach,
dastlab shu yerda kolxozchi b
oʻlib ishladi. 1962-1963 - yillarda Toshkent shahrida 4-sonli Texnika
bilim yurtini imtiyozli tugatib, kabelchi-payvandchi mutaxassisligini egalladi va Samarqand viloyat
qurilish montaj boshqarmasida montajchi, s
oʻng Toshkent temir yoʻli yuk saroyida kran haydovchisi,
yukchi b
oʻlib ishladi. Yoshligidan uning ijtimoiy fanlarga qiziqishi ToshDU yuridik fakultetiga
yetakladi. 1966 - yilda
oʻsha davrlarda ushbu fakultetga juda kam talabalar qabul qilinishi, tanlovning
yuqori b
oʻlishiga qaramay, kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, oʻqishga qabul qilindi.
B
oʻlgʻusi ustozning tinmay oʻqishi, ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarga puxta tayyorlanishi, jonkuyar
va urincho
gʻligi tufayli talabalar orasida hurmatga sazovor boʻldi. Universitet miqyosidagi anjuman va
tadbirlarda faol qatnashib, oliy
oʻquv yurtini 1971 - yilda huquqshunoslik ixtisosligi boʻyicha
imtiyozli diplom bilan muvaffaqiyatli tamomladi. Uning davlat va huquq tarixi fanlariga qiziqishini
anglagan mashhur olima X.S.Samatova
oʻzi rahbarlik qilayotgan «Davlat va huquq tarixi» kafedrasiga
oʻqituvchilik ishiga taklif etdilar. Bu yerda u besh yil dars bergach, Oliy ta’lim vazirligining
y
oʻllanmasi bilan Samarqand davlat universitetining yangi ochilgan yuridik fakultetiga katta
oʻqituvchi lavozimiga oʻtkazildi va ustoz oʻz taqdirini ushbu fakultet bilan bogʻladi. 1978 yilda ustozi
X.S.Samatova rahbarligida Olma-Ota shahrida «
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Kontrol
Komissiyasi va Ishchi-dehqon Xalq Komissarligi idoralarining davlat organlarini takomillashtirish
borasidagi faoliyati (1924-1929 -yy.)» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib‚ yuridik
fanlar nomzodi b
oʻldi.
Mehnat faoliyati davomida ustoz k
oʻplab uslubiy tavsiyalar, oʻquv qoʻllanmalari hamda
darsliklarni yaratdilar. U kishining yaqinlari va shogirdlari mehnatsevar, kamtarin, halol va qat’iy
xarakterli inson deb biladilar. Domla
oʻqituvchilik va rahbarlik faoliyati bilan birga tinmay, ilmiy ish
olib borib, 1998 - yilning 18 - yanvarida
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Falsafa va huquq
instituti qoshidagi maxsus ilmiy kengashda «
Oʻzbekiston huquqining asosiy tarixiy manbalari (VIII-
XIX)» mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Respublikamiz ilmiy
jamoatchiligi ushbu tadqiqotga yuksak baho berib, unga «Davlat va huquq tarixi fanida yangi
Do'stlaringiz bilan baham: |