Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet197/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
149 
xos tomonlarni alohida bandlar bo‘yicha izohlab o‘tiladi. Kognitiv nazariychilar vakillari J.Piaje va 
B.Blumlar ta‘limda shaxsning intellekti va tafakkurining rolini yoritishga e’tibor qaratganlar. J.Piaje 
(1926)ning aqliy taraqqiyot nazariyasi asoschilaridan biri sanaladi. U aqliy taraqqiyotni (bilish jarayonlari) 
to‘rt bosqichga ajratadi. 
-
sensomotor; 
-
operatsiya oldi / intuitiv; 
-
yaqqol operatsiyalar; 
-
rasmiy operatsiyalar. 
Undan farqli tarzda 
Bendjamen Blumning
(1956) 
tafakkur darajalari
nazariyasini ilgari surdi. U 
bilish faoliyatining uchta kategoriyasini aniqladi: 
-
bilish (aqliy qobiliyatlar yoki bilimlar) 
-
emotsional (his-tuyg‘u yoki munosabat) 
-
psixomotor (jismoniy qobiliyatlar) 
Kognitiv kategoriyalarni tafakkurning uchta darajasiga muvofiq ajratadi: 
-
bilish analiz; 
-
idrok sintez; 
-
tadbiq qilish baholash. 
Yana bir yo‘nalishda izlanish olib borogan olim L.S.Vigotskiy bo‘lib, u bilishni ijtimoiy 
nazariyasiga asos soldi. L.S.Vigotskiy o‘z qarashlarida quyidagilarni ilgari surdi: 
-
bilish jarayoni ijtimoiy va madaniy omillarning o‘zaro aloqadorligiga ega; 
-
ta’lim insonlar o‘rtasida, olamni o‘rganish jarayonida bilimlarni uzatishida namoyon bo‘ladi; 
-
bolalar o‘zining ijtimoiy borlig‘ini tengdoshlari va kattalar ta’sirida shakllantiradi; 
-
bolalarning kognitiv taraqqiyoti ularning tengdoshlari va katta yoshdagilar bilan 
birgalikdagi faoliyatida o‘sib boradi. 
Edvard de Bononing
(1992) 
konseptual va ijodiy tafakkur nazariyasi.
De Bono strategik tafakkur 
metodi va yo‘llarini ishlab chiqib, ularni “Fikrlovchi turini ajratdi. “Fikrlovchi qalpoqlar”ning har bir 
kategoriyasi xususiy va metaforik bo‘yoqqa ega. 
-
oq (informatsion): 
-
sariq (optimistik); 
-
qizil (emotsional); 
-
yashil (ijodiy); 
-
ko‘k (boshqaruvchanlik). 
Govard Gardnerning (1983) ko‘p qirrali intellekt nazariyasi. 
Godvard Gardern tadqiqot o‘tkazib, muammoni yechishda yettita qobiliyatni namayon qilishlarini 
qayd qildi. Godvard Garderning quyidagi qobiliyatlarni ko‘rsatib o‘tdi:
-
lingivistik; musiqiy; mantiqiy-matematik. 
-
fazoviy-kinestik shaxslararo shaxsning ichki dunyosiga qaratilgan. 
-
jismoniy. 
Yuqorida ta’lim jarayonida metodologik asosida xizmat qilgan psixologik konsepsiyalar xususida 
to‘xtalib o‘tdik. Quyida ularga muvofiq muammoli ta‘limni psixologik jihatdan tahlil qilishga harakat 
qilamiz. 
ta’lim muammoli ta‘limning talqini mavzusida sobiq sovet psixologiyasida alohida urg‘u berilgan. 
Bu borada T.V. Kudryavsev, A.M.Matyushkin va boshqlarning muammoli ta‘limni o‘qitish g‘oyasi o‘ziga 
xos o‘rin tutadi. O‘z navbatida bugungi kun tajriba va zamonaviy pedagogik texnologiyalarda muammoli 
ta‘limni ta’lim muhitida qo‘llashning o‘ziga xos psixologik mazmuniga ega ekanligi o‘z tasdig‘ini 
topmoqda. Shu bois quyida muammoli ta’lim tahliliga boshqa psixologik konsepsiyalarga nisbatan ko‘proq 
e’tibor qaratildi. 
ta’lim jarayoni samaradorligiga qo‘yiladigan talablar ta’lim beruvchi uchun yangi o‘qitish 
metodlaridan foydalanish zaruratini tug‘diradi. O‘tgan asrda ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi o‘rtasidagi 
o‘qitish jarayonida amal qilingan qonun-qoidalar bugungi kunga kelib o‘zining amaliy natijasini ko‘rsata 
olmayapti. Shu bois ta’lim jarayonida tadbiq qilinadigan metodlarga ijodiy yondashgan holda ish tutish 
muhimdir. Ta‘limda nafaqat o‘quvchi va talabalarni, balki malaka oshirish kurslaridagi tinglovchilar bilan 
ishlash tizmiga ham yetarlicha e’tibor qaratish lozim. Malaka oshirish kursidagi tinglovchi ham o‘qitish 
jarayonida ta’lim oluvchi funksiyasini bajaradi. U xuddi talabasi singari bilim, ko‘nikma va malakalarning 
o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarini boshdan kechiradi. Tinglovchining malaka oshirish kursida taqdim 
qilinayotgan o‘quv axborotlarini samarali o‘zlashtirishi uchun imkoniyat beruvchi ta’lim metodlaridan 
foydalanish zarur. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish