Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet194/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
147 
anglanmagan o’quvchilardir. Shu sababli maktab «ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi»ni «maktab tarbiyaviy 
ishlar tizimi»ning g’oyaviy boyitilgan sinonimi sifatida tushunish mumkin. 
1996 yilning oxirlariga kelib O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Ma’naviyat va 
ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida» 
(1996 yil 9 sentyabr) Farmoni e’lon qilindi. Buning sababi -«... hanuz joylarda ma’naviyatning mohiyatini, 
uning olg’a siljishimiz farovon jamiyatga tezroq yetishimizdagi qimmatini chuqur idrok etmaslik hollari 
mavjud»ligi. Ayrim katta-kichik raqbarlar eski mustabidlik, zo’ravonlik mafkurasining sarqitlaridan 
haligacha qutula olmay, bu borada kechirib bo’lmaydigan oqsoqlik tufayli ma’naviyatning asl mohiyatini 
tushunib yetmasdan unga ikkinchi darajali ish sifatida qaramoqdalar. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bo’lgan 
bunday e’tiborsizlik kelajagi buyuk demokratik, ozod davlat qurishdek ezgu maqsadimiz ro’yobi uchun 
mutlaqo zid» ekanligi Farmonda maxsus qayd etildi. Farmonda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat 
siyosatining asosiy, ustuvor yo’nalishi deb hisoblanishi ta’kidlandi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar 
samaradorligini oshirishning 14 yo’nalishi belgilab berildi. 
Ma’naviyatning ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy mohiyati turli fanlar vakillari tomonidan asoslab 
berilgan. Jumladan, uning badiiy, hayotiy mohiyati adabiyotshunoslarimiz tomonidan yorqin ochib berildi: 
«Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romanidagi Sobitjonni bilasiz», deydi bu haqda 
filologiya fanlari doktori I.Haqqul. Uning otasi Kazangap - oddiy temir yo’l ishchisi bo’lib ishlardi. Otasiga 
nisbatan u ming chandon o’qimishli. Ertadan kechgacha telefon oldida o’tirib, boshliqning kabineti bilan 
qabulxona o’rtasida bo’zchining mokisidek yelib-yugursa-da, har qalay, amaldor. Bilmagan narsasi, 
o’qimagan kitobi yo’q. Lekin uning axloqiy xususiyati va ma’naviyati otasinikiga nisbatan behad tubandir. 
Hatto, otasining o’limida ham siyosatdan, davlat manfaatlaridan vaysaydigan odamni bir tasavvur qiling? 
Qayerdaki, o’zini martabali, bilag’on, mas’ul odam qilib ko’rsatishga urinadigan amaldorlarni ko’rsam, 
o’sha Sobitjonni eslayman. qachonki aravani quruq olib qochishdan charchamaydiganlarning gapini 
eshitsam, «qachon qutulamiz bu Sobitjonlardan», degan gap xayoldan kechadi. Umuman, tili ishlab, dili 
ishlamaydigan kishi - xavfli kishi. Chingiz Aytmatovning haqqoniy e’tirofiga ko’ra, odamning odamligi 
faqat kasb-koridagi mehnatkashligi bilan belgilanmaydi. U qalban ham mehnatkash bo’lmog’i kerak. 
Qalban mehnatkashlik esa, ma’naviyat ishchisi, ma’naviyat dehqoni, ma’naviyat me’mori degani bo’ladi. 
Qalban mehnatkash insonlar esa, bir-biri bilan yoru birodar bo’ladilar, «bir-birining tillariga tushunadilar» 
[4; 42]. 
Umuman, boshlang’ich sinflarda ma’naviy - ma’rifiy ishlarni tashkil etishning muvaffaqiyati ta’lim 
mazmunidan ma’naviy tarbiya maqsadlarida foydalanishni takomillashtirishga bog’liq. Ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarning samaradorligi o’quv - tarbiya jarayonlarida o’lka ma’naviy qadriyatlaridan unumli foydalanishni 
taqozo etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshi, milliy, ruhiy, jinsiy, shaxsiy xususiyatlarini hisobga 
olish va tarbiyalanganlik darajalarining amaliyotga joriy qilinishi ma’naviy - ma’rifiy ishlarning 
samaradorligini ta’minlaydi. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish