Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet193/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
146 
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” [2] kabi asarlari, jamiyatimiz taraqqiyotining 
ma’naviy-ma’rifiy sohalariga oid metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. 
O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi o’rni, mavqyei, ahamiyatini belgilovchi 
ijtimoiy omillardan biri - ma’naviyatdir. Bu o’zbek davlatchiligining uch ming yillik tarixidagi taraqqiyot 
tajribasida tasdiqlangan va shu sababli milliy mustaqillikning ilk yillaridayoq ma’naviy qadriyatlar 
masalasi, ularni tiklash istiqlol davrining dolzarb eqtiyojiga aylandi. 
Shu sababli maktabda olib boriluvchi ma’naviy-ma’rifiy ishlar mohiyatini to’la ochib berish uchun 
«ma’naviyat» va «ma’rifat» tushunchalarining lug’aviy ma’nolarini tahlil etishni maqsadga muvofiq deb 
hisobladik. 
Ma’naviyt 
so’zi arabcha «ma’nolar majmui» - kishilarining falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, 
axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuini anglatadi. Insoniyat o’zining ko’p ming yillik 
tarixida hayotiy tajriba to’plab, tabiat bilan hamkorlik qilib, jismlar, ularning xossalari, hayot, o’lim, 
o’zining Vatan, millat, qarindosh-urug’lari oldidagi burchlari va boshqalar to’g’risida tasavvur, bilim, 
tushunchalarni to’plab, yosh avlodlarga o’rgatib kelgan. 
Ma’rifat 
tushunchasi esa harakatni ifodalab, arabcha - «bilmoq» degan ma’noni beradi. Ta’lim - 
tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g’oyalar majmui asosida kishilarning ong - bilimini, madaniyatini 
o’stirishga qaratilgan faoliyat «ma’rifat» so’zining lug’aviy mazmunini tashkil qiladi. Ma’rifat so’zi 
tasavvuf ta’limotining markaziy tushunchalaridan biri. Ilmlarni zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) 
bilimlarga bo’lgan so’fiylar ma’rifatni «ilmi botiniy» deb tushunishgan. 
Turkistonda ibtidoiy maktablar, madrasa va qorixonalarni ma’rifat maskani deb bilishgan. Hozirgi 
paytga kelib ma’rifat maskanlari va vositalarining shakl va turlari ko’paydi, ta’sirchanligi oshdi. Bunga 
misol tariqasida maktab, kutubxona, teatr, kitob, gazeta va jurnallar, televideniye va radio, 
videomahsulotlar, kompyuter, «Internet» tizimi va boshqalar ma’rifiy ishlarning keng tarmog’ini hosil 
qilmoqda. 
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda har bir ijtimoiy qatlam xususiyatlarini inobatga olish, amaliylikni 
kuchaytirish, ta’sirchanligini oshirish zaruriyatlarini alohida ta’kidlanganligi masalaning ijtimoiy-
pedagogik ahamiyatini yana bir bor oshiradi. 
Sobiq sho’rolar davrida «ma’naviyat» tushunchasi o’zbek tili lug’atlariga ham kiritilmagan bo’lsa, 
istiqlol davrida bu tushuncha tez ijtimoiylashdi. 
«Ma’naviyat» tushunchasi «ma’naviy qadriyatlar», «shaxsning ma’naviy madaniyati», 
«o’quvchining ma’naviy madaniyati», «ma’naviy ehtiyoj», «ma’naviy qiziqish», «shaxsning ichki 
ma’naviy dunyosi», «ma’naviy madaniyatni shakllantirish andazasi» kabi tushunchalarning mohiyati 
pedagoglarimiz tomonidan o’rganila boshlandi. Bu tushunchalarning pedagogik mohiyati nazariy va amaliy 
nuqtai nazardan asoslab berildi. 
«Ma’naviyat» tushunchasi tobora rivojlantirilib, «Ma’naviyat asoslari» shaklida o’quv rejalariga 
kiritila boshlandi. Va nihoyat «Ma’naviyat» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy 
o’rta ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi 1999 yil 16 avgust qaroriga ko’ra umumiy o’rta 
ta’limning I – IX sinflari uchun mo’ljallangan sohalardan biriga aylandi [3; 12]. 
Ma’naviyat ta’lim sohasi sifatida «Odobnoma», «Vatan tuyg’usi», «Milliy istiqlol g’oyasi va 
ma’naviyat asoslari» kabi o’quv fanlari turkumini hosil qildi va I – I X sinflarda o’qitila boshlandi. 
Umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ma’naviy- ma’rifiy ishlar ham ijtimoiy-siyosiy, 
ham ijtimoiy-pedagogik jihatlarga ega. Masalaning ijtimoiy-siyosiy jihati respublikamizda keng amalga 
oshirilayotgan O’zbekiston mustaqilligini mustaqkamlash, xalqning milliy tafakkurini rivojlantirish, buyuk 
davlatni barpo etish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg’unligiga asoslangan fuqarolik jamiyatini 
qurish va buning uchun ma’naviyat va ma’rifatni takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu jihat 
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1994 yil 23 aprel «Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» 
jamoatchilik markazini tashkil etish to’g’risida»gi Farmonida alohida ta’kidlangan. Demak, masalaning 
ijtimoiy-pedagogik jihati ma’naviy-ma’rifiy siyosat va uning subyekti - «Ma’naviyat va ma’rifat» 
markazlari ishi bilan funksional yaqinligida ko’rinadi. Muammoning pedagogik jihati ma’naviy-ma’rifiy 
ishlar obyektining kattalar emas, davlat o’quv muassasalarida, aniq tartib, jadval asosida, muttasil, 
rejalashtirilgan, standartlashtirilgan bilim berilayotgan turli yoshdagi o’quvchilar jamoasi ekanligida. Bu 
xususiyat maktablar ma’naviy-ma’rifiy ishlar maqsadi, mazmuni, uslublari, vositalari va shakllarida aks 
etadi. Shuningdek, bu jarayon mutaxassislar - pedagoglar tomonidan amalga oshirilmoqda. Keng ijtimoiy 
pedagogik ma’nodagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar gerontopedagogik aholining turli toifalaridagi katta yoshli 
kishilar tafakkuri, e’tiqodi, qarash va munosabatlarini boyitish, yangilash, eski tuzumdan qolgan zararli 
mafkura asoratlaridan poklash kabi vazifalarga yo’naltiriladi. 
Umumta’lim maktablarida esa, tarbiya obyekti aloqida xususiyatlarga ega. Ular – ijtimoiy 
munosabatlarga endi kirishayotgan, tabiat, jamiyatga, Vatanga, tarixga, o’z-o’ziga munosabatlari to’liq 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish