Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet171/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
131 
 
Mustaqillikga erishgan yillarimizdanoq Vatanimiz tarixida ilm-fan, san’at, madaniyat, adabiyot, 
ma’naviyat va ma’rifatga bo‘lgan e’tibor oshdi. Natijada bunyodkorlik ishlariga o‘zining munosib hissasini 
qo‘shgan buyuk ajdodlarimizni anglay boshladik. Ulg‘ayib kelayotgan yoshlarimiz esa buyuk yurt 
farzandlari ekanliklaridan xabordor bo‘lib, faxrlanmoqdalar. Vatanimiz tarixida, o‘chmas iz qoldirgan 
insonlar – Imom al-Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Xo‘ja Bahouddin Naqshband, Imom Moturidiy, 
Burhoniddin Marg‘inoniy, Amir Temur kabilarni nomlari qayta tiklandi. Shu kabi o‘zbek mutafakkirlari – 
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Mirzo 
Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Muhammad Murod Samarqandiy, Zaxriddin Muhammad 
Boburlarning nomlari g‘urur bilan tilga olinmoqda. Ularning ijodini va boy madaniy merosini 
o‘rganmoqdamiz. 
O‘sib, ulg‘ayib kelayotgan yoshlarni har tamonlama yetuk, barkamol bo‘lib etishishlarida buyuk 
ajdodlarimizning boy ilmiy, madaniy merosining ahamiyati juda kattadir. Tariximizni qanchalik chuqur 
va yaqindan o‘rgansak uning yuqori darajada rivojlangan sohalari qatorida tasviriy san’atning ham o‘z 
o‘rni borligiga amin bo‘lamiz. Tasviriy san’at – eng qadimiy va keng tarqalgan san’at turlaridan 
biridir. U o‘z o‘rnida grafika, rangtasvir va haykaltaroshlik kabi turlarga bo‘linadi. 
Tasviriy san’at turlari ichida rangtasvirning o‘ziga xos tamonlari bor. Rangtasvir haqida 
fikr yuritar ekanmiz, uning rangli bo‘yoqlar vositasida qog‘ozga, matoga, devorga xullas 
tekisliklar yuzasiga ishlanadigan san’at deb bilamiz. Rangtasvir asarlari mazmunini ochib 
berishda ranglar muhim rol o‘ynaydi. Rangtasvir san’ati tarixi ibtidoiy odamning g‘or 
devorlariga chizgan rasmlaridan boshlanadi. O‘zbekiston hududida ham qadimdan ajdodlarimiz 
tamonidan yaratilgan rangtasvir namunalari kishilarni necha asrlardan beri o‘ziga rom qilib 
kelmoqda. Bulardan eng qadimiylari ibtidoiy Zaravutsoy, Sarmishsoy kabi tasvirlar hisoblanadi. Bu 
tasvirlarda ov manzarasidagi turli rasmlarni ko‘ramiz. Bular qadimgi odamlarning hayotini, turmush tarzini 
tasavvur qilishga yordam beradi. Rangtasvir san’atidagi yutuqlarni kulolchilik namunalari bo‘laklarida, 
tuproq ostida saqlanib qolgan binolarning devorlariga ishlangan suratlarda batafsilroq ko‘rish mumkin. 
Samarqandning qadimiy o‘rni Afrosiyobdagi devoriy rasmlar, Buxorodagi Varaxsha, 
Surxondaryoda joylashgan Termiz yaqinidagi Bolaliktepa tasviriy san’at namunalari bunga 
misol bo‘la oladi. 
Afrosiyob nomi bilan yuritilayotgan qadimgi devoriy rasmlarda rangtasvir san’atining rang-barang 
va nafis namunalari mavjud. Rasmdagi tasvirlarda sharq xalqlariga xos ko‘rinishlar ifodalangan. Bu 
suratlarni kuzatar ekanmiz, rassom devoriy rasmda keng manzarani qamrab olishga intilganini ilg‘aymiz. 
Bu devoriy suratlar chizilgan xona mehmonxona ekanligi ma’lum. Rahim Hasanov “Tasviriy san’at 
asoslari” qo‘llanmasida: …“Mehmonxohaning to‘rt tamoniga turli devoriy rasmlar ishlangan. 
Mehmonxona devorlaridagi rasmlardan birida bir erkak va ayol suhbatlashib o‘tirgani aks ettirilgan. 
Umuman, mehmonxonaning devorlarida to‘y safari, daryoda cho‘milish, elchilarni qabul qilish marosimi, 
ov kabilar aks ettirilgan. To‘y safari aks etgan rasmda oq rangdagi filda malika, saman ot mingan shoh-
kiyov aks etgan. Shuningdek, malikani kuzatib ketayotgan kanizaklar ham tasvirlangan”… [1]deb yozadi. 
Teparoqda joylashgan manzarada oq qushlar tasviri esa devoriy suratga yanada badiiy mazmun kiritgan. 
Tasvirda oq qushlarning harakati bir-biriga uyg‘unlashib ketganki bu manzarada o‘ziga xos musiqiy ohang 
jaranglab turgandek. Kompozitsiyaning rangga boy qilib tasvirlanganligidan Afrosiyob tasviriy san’ati 
nihoyat darajada badiiy yutuqlarga ega ekanligini ko‘ramiz. Devoriy suratlarning juda ko‘p qismi turli 
sabablarga ko‘ra o‘chib ketgan. Tasvirlardagi turli qush va hayvonlar tasviri anatomik tuzilishiga mos aks 
ettirilgan. Bu esa musavvir mahoratidan darak beradi. Afrosiyob devoriy rasmlari nafaqat tasviriy 
san’atimiz merosini, balki butun sharq xalqlari tarixini o‘rganishda ham juda katta ahamiyatga ega. 
Termiz yaqinidagi Bolaliktepa yodgorligidan topilgan bino devorlarining to‘rtala tomoni ham turli 
ko‘rinishdagi rangdor tasvirlar bilan to‘ldirilgan. Bolaliktepa rangtasvir san’atida odamlarning kayfiyati, 
o‘zaro munosabatlari, xarakterlari rassomlar tomonidan o‘ta ustalik bilan tasvirlangan. Umuman 
obrazlarning xatti-harakati, qiyofalaridagi ko‘rinishlar qandaydir to‘y yoki bayramona marosimni aks 
ettirmoqda. 
Buxoroning qadimgi madaniy markazlaridan biri – Varaxshadan ham devorlari suratlar bilan 
bezatilgan hashamatli saroy qoldiqlari topilgan. Bu me’morchilik obidasi va undagi san’at namunalari 
sharq xalqlariga xos madaniy aloqalar qay darajada bo‘lganligini o‘rganish imkoniyatini ham ko‘rsatib 
beradi. Umuman, tasvirlar rang-barang manzaralar bilan boyitilgan va ma’lum bir go‘zallikni o‘zida 
mujassamlashtirgan. Devoriy suratlardagi tabiat manzaralari turli daraxtlar ko‘rinishlari bilan o‘zgacha 
ma’no kasb etgan. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish