Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet168/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
129 
O‘rganish jarayonida, ularga mehri oshib, sekin-asta ularni ham o‘z millati qatorida yaxshi ko‘radigan 
bo‘ladi. Baynalminal tuyg‘uga ega odam komillikka etishgan hisoblanadi. Bu yer yuzida haqiqiy tinchlik 
va totuvlikni o‘rnatish, umumjahon iqtisodiyotini taraqqiy ettirish, pirovard natijada dunyoda farovon hayot 
o‘rnatilishining asosiy omili va garovi bo‘lib xizmat qiladi.
Insonparvarlik (gumanizm) 
– bu xislati mavjud kasb egasi umuminsoniy qadriyatlarni tan 
olibgina qolmay, ularni bor kuchi bilan muhofaza qiladi. Umuminsoniy qadriyatlarga: har bir insonni shaxs 
sifatida tan olishlik, yashash, mehnat qilish, sevish va sevilish, o‘z iqtidorlarini istalganicha namoyon qilish 
huquqlari kiradi. Insonparvar kishi odamdagi ushbu insoniy huquqlarni tan olib, ularning buzilishiga yo‘l 
qo‘ymaydi.
Ushbu ta’riflarga xulosa qiladigan bo‘lsak, yuqorida sanab o‘tilgan shaxsning ijobiy fazilatlari 
uning kasbiy xislatlarini shakllantirishda muhim omillar bo‘lib hisoblanadi. Shunday ekan, yoshlarni turli 
kasblarga tayyorlashda ularni hisobga olishimiz zarurdir. 
 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga ta’lim berishda ham zamonaviy pedagogikaning 
asosiy prinsiplaridan biri - shaxsni jamiyat hayotiga tayyorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan (ijtimoiy 
integratsiya va sotsiokorreksiya) tamoyilini ta’minlashga e’tibor qaratilishidir.
Bosqichlar orasida mantiqiy izchillik, davomiylik va uzluksiz bo‘lishini ta’minlashga katta e’tibor 
berilgan. Shuning uchun quyi bosqichlarda o‘quvchilar egallagan bilimlarini yuqori bosqichlarda davom 
etishlari uchun zamin yaratiladi. 
Biz har bir kasb egasida bo‘lishi lozim bo‘lgan shaxsiy fazilatlarning ma’lum qismini aniqlashga 
va ro‘yxat asosida tartiblashga harakat qildik: 
1. Haqqoniylik. 2. Vatanparvarlik. 3. Olijanoblik. 4. Tashabbuskorlik. 5. O‘ziga tanqidiy 
yondashish. 6. Samimiylik. 7. Xushmuomalalik. 8. Pokizalik. 9. Qat’iyatlilik. 10. Talabchanlik. 11. 
Insonparvarlik. 12. Sabr-toqat. 13. Kamtarlik. 14. Faollik. 15. Kechirimlilik. 16. Saxovatlilik. 17 Poklik. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘zlarini anglashlari o‘qish, o‘yin va sport faoliyatlari bilan 
namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ta’lim muassasalaridagi odatlanilmagan vaziyatlarning shaxslararo 
munosabat va muloqot ko‘lami endilikda kengaydi. Bu hol yoshlarning aqliy, irodaviy xususiyatlarini 
oqilona baholash, qo‘yilayotgan talablarga javob tariqasida yondashishni jadallashtiradi. 
Albatta, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘zini anglashga aloqador xususiyatlari mavjud. Ular 
o‘zlarining yutuq va kamchiliklarini, kuchli va zaif jihatlarini, ijobiy va salbiy qiliqlarini aniqroq baholash 
imkoniyatiga doim ham ega bo‘lmaydilar. Ularda shaxsiy fazilatlarni, xulq-atvorni, aqliy va jismoniy 
hamda o‘quv faoliyatni tahlil qilish, qiyosiy baholash masalasi dolzarb emas. Shuni ta’kidlash lozimki, 
ayrim hollarda o‘quvchilar o‘z xatolarini baholashga urinmaydilar. Pedagogik tashxislash natijalaridan shu 
narsa aniqlandiki, ular o‘z xususiyatlariga ortiqcha baho berib, yosh bolalikka xos bo‘lgan kibrlanish, 
maqtanchoqlik, manmanlik kabi odatlari ham mavjuddir. Shuningdek, ayrim bolalar aksincha o‘z shaxsiy 
fazilatlarini umuman baholay olmaydilar.
O‘tkazilgan anketa so‘rovnomalarimizda aksariyat boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kasb va burchni 
fahmlashga moyilliklarini bildirdilar. Masalan, so‘rovda qatnashgan 36 ta qiz boladan 19 tasi muayyyan 
kasb deganda “ishga borib kelish”, “boshqalarga yordam qilish” bo‘yicha harakat qilishni tushunadilar. 33 
nafar o‘g‘il bolaning 14 tasi kasb deganda “kattalarning band bo‘lishini” tushunadilar. Yoshlarning 
aksariyati “Mustaqil O‘zbekistonning ravnaqiga o‘z hissamni qo‘sha olamanmi?” va “Kelajakda o‘zim 
tanlaydigan kasb haqida nimani bilaman?” kabi savollarga javob qidirishda juda jiddiylik, mas’uliyat, 
ayrim hollarda bir oz hazil bilan yondashganliklarining guvohi bo‘ldik. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘zlarining bo‘lajak kasb 
fazilatlari haqida yaqqol tasavvur hosil qilish uchun o‘qituvchi, pedagoglar jamoasi juda ustalik, 
bilimdonlik, mohirlik bilan faoliyat ko‘rsatishi lozim. Ular o‘zlarining do‘stona, iliq munosabati bilan 
guruh jamoasi bilan birgalikda harakat va mehnat qilish hissini paydo qilishga zamin yaratadi. 
1. 
O‘zbekistondagi zamonaviy pedagogik qarashlarda, masalan, pedagog olimlar I.Tursunov va 
U.Nishonaliyevlarning «Pedagogika» nomli asarida shaxsning kasbiy va umuminsoniy xislatlarini olti 
jihatga bo‘lib o‘rganish taklif etiladi.
Umuman olganda, shaxsning kasbga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishda muhim bo‘lgan juda ko‘p 
insoniy xislatlar mavjudligi qayd qilinadi. 
I. Shaxsning kasbiy-umumiy xislatlari: 1. Madaniyatlilik. 2. Bilimlilik. 3. So‘zamollik. 4. 
Kamtarlilik. 
II. Axloqiy xislatlar: Odamiylik. 2. Do‘stonalik. 3. Oliyjanoblik. 7. Xushmuomalalik. 
III. 
Ishchanlik, uddaburonlik xislatlari: 1. Quntlilik. 2. Halollik. 3. Tirishqoqlik. 4. Ijro etuvchilik. 
5. Chaqqonlik. 6.Saranjom-sarishtalik. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish