2.
Natural (tabiiy) va to‘g‘ri uslub
XX asrning 70-yillariga kelib Yevropa ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sharoitlar jiddiy o‘zgardi.
Burjuaziya xomashyo olish va tovar sotish uchun yangi bozorlar izlab milliy davlatlar chegarasidan ancha
uzoqlarga chiqadi. Bunday sharoitda hukmron sinf uchun chet tillarni va, birinchi navbatda, og‘zaki nutqni
amaliy o‘zlashtirgan kishilar tobora ko‘proq kerak bo‘la boshladi. Jamiyatning ijtimoiy talabi chet tillardagi
og‘zaki nutqni egallagan kishilarni yetishtirishdan iborat bo‘lib, bu ishni ta’limning tarjima metodlari bilan
amalga oshirib bo‘lmasdi.
Natural (tabiiy) uslubning asosiy qoidalari ona tilidagi nutqning tarkib topish amaliyoti va uni
kuzatish natijalari zaminida chiqarildi. Bu yo‘nalish vakillari chet tillarni o‘qitishda ona tilini
o‘zlashtirishga xos tabiiy muhitni yaratish zarur deb hisobladilar. Bu uslubning eng taniqli vakillari M.
Berlis, F. Guen va M. Valterdir [4]. Bu uslubga ko‘ra, chet tillarini o‘qitishdan kutiladigan asosiy maqsad,
bola eng avvalo og‘zaki nutqni egallashi tufayli o‘quvchilarda og‘zaki nutqni o‘stirish bo‘lgan. Bu uslub
tarafdorlari og‘zaki nutqni egallash o‘qish va yozish ko‘nikmalarini ortiqcha qiyinchiliklarsiz
rivojlantirishga yordam beradi, deb hisoblaganlar. Shuning uchun ham ular faqat boshlang‘ich bosqich
uslubiyatini, ya’ni odatiy og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasini ishlab chiqish kerak, degan xulosaga
keldilar.
Keyinchalik natural, ya’ni tabiiy uslub asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri uslub yuzaga keldi. Bu metod
uning tarafdorlari chet tilidagi so‘z va grammatik shakllar bilan ularning ma’nolari o‘rtasida
o‘quvchilarning ona tiliga murojaat qilmay, bevosita, to‘g‘ri bog‘lashga harakat qilganliklari tufayli ana
shunday nomlandi. To‘g‘ri metod tarafdorlari tilni amaliy egallashni o‘rgatishga intilib, bunda faqat
og‘zaki nutqning o‘zlashtirilishini nazarda tutganlar, vaholanki, jamiyatning talabi ham ana shu maqsadni
talab etgan. Ishga bunday yondashish, garchi o‘qishni o‘zlashtirish muayyan sharoitlarda ancha muhim
amaliy ko‘nikma bo‘lsada, og‘zaki nutqni bilishni asossiz ravishda tilni amalda bilish bilan tenglashtirishga
olib keldi va bu holat hozirgacha ham saqlanib, davom etib kelmoqda. To‘g‘ri uslub vakillari o‘qishni
butunlay rad etmadilar. To‘g‘ri uslubning tabiiy uslubdan asosiy farqi shundaki, to‘g‘ri uslub til materialini
va faqat leksikani emas, balki grammatikani ham, fonetikani ham ma’lum darajada qisqartirishni nazarda
tutgan. Leksika mavzuga oid tamoyil asosida, ammo birmuncha talabchanlik bilan tanlangan. Fonetika
materiali birinchi marta ilmiy asosda tanlab olindi va birmuncha kengaytirildi. Shunday qilib, to‘g‘ri uslub
vakillari til materialini tanlash masalasiga va garchi maxsus mezonlar ishlab chiqmasalar-da, chet tillarini
o‘qitish mazmunini ilmiy asosda belgilashga birinchi marta jiddiy yondashdilar.
To‘g‘ri uslub tarafdorlari ko‘p hollarda tabbiy uslubning metodik tamoyillaridan foydalanganlar.
Shuningdek, ular metodika uchun asos bo‘lgan fanlarning so‘nggi yutuqlarini qo‘llab, birinchidan, mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: |