Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet103/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
79 
san’atini namoyon qilishgan. Lekin har bir bayram kurashsiz o‘tmagan. Musobaqa natijasida har yili 
kurashchilardan biri Sug‘diyona polvoni nomini olgan. Bayramlarda u obro‘li joyda o‘tirgan va kurash 
tushishni istagan har kishini bellashuvga chaqirgan. Odatda talabgorlar ko‘p bo‘lgan. Ba’zi vaqtlarda asosiy 
polvon va kuchiga ko‘ra unga munosib raqiblar o‘rtasidagi kurash hatto bir necha kun davom etgan [2]. 
Bundan tashqari, qadimda davlatlar va qabilalar o‘rtasidagi mojarolar ularning vakillari olishuvida hal 
qilinganligi haqida ham ma’lumotlar mavjud. 
Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish va yuqoridagi fikrlardan shu narsa ayon bo‘ldiki, demak 
bundan ming yillar avval ham O‘zbekiston hududida usullar tizimi yetarlicha rivojlangan va aniq 
shakllangan milliy kurash mavjud bo‘lgan. 
Asrlar davomida shakllangan, shaxsning kamolotga erishuvida muhim ahamiyat kasb etgan kurash 
ba’zi davrlarda, xususan 130 yildan ziyod vaqt davom etgan chor mustamlakasi va sho‘rolar hukmronligi 
paytida anchayin zavol topdi, oyoqosti qilindi. Totalitar tuzum mustasaddilari mahalliy xalqni ruhan 
ko‘taradigan, mudroq qalbini uyg‘otib, faxr va g‘urur bag‘ishlaydigan kurash singari milliy 
qadriyatlarimizning payini qirqishdan manfaatdor edilar. Shu bois ham avloddan-avlodga o‘tib, sayqal 
topib kelgan o‘zbek kurashi sho‘rolar davrida ro‘yobga chiqa olmadi [3]. 
Biroq jism-u dilida buyuk ajdodlar qoni gupurib turgan, ularning ma’naviy merosidan qandaydir 
darajada bahra olgan beli baquvvat polvonlar tor doirada bo‘lsa ham kurash udumiga sodiq qoldilar. 
Mustaqillik yillarida asrlar sinovidan, murakkab davrlardan mardona o‘tgan, chinakam mardlar bahsi, ezgu 
niyatlar oliy maqsadlar bo‘lib e’tirof etilgan kurash yana xalq nazariga tushdi va davlat darajasidagi muhim 
ishga aylandi. Bir necha yildirki jahon ommasining mehrini qozonib dunyo sport sahnasida o‘z o‘rnini 
topdi. 
Kurash sportini dunyoda ommaviylashuvini tahlil qilish va o‘rganish maqsadida quyidagi ishlar 
amalga oshirildi: 
- Kurash sportining ommaviylashuvida respublikamizda o‘tkazilgan xalqaro turnirlar va targ‘ibot-
tashviqot ishlarining o‘rnini aniqlash; 
- Kurash sportining ommaviylashuvida xalqaro muhim uchrashuvlarning rolini aniqlash; 
- Kurash sportining ommaviylashuvida Jahon chempionatlarining o‘rnini aniqlash. 
Komiljon Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun-qoidalar asosida birinchi bor 1991-yil 
7-10-avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston 
respublikalarining polvonlari ishtirokida katta kurash musobaqasi (sayli) o‘tkazildi. Ana shu yangi 
qonun-qoidalar asosida 1992-yildan boshlab nufuzli bellashuvlar boshlanib ketdi. Muhtaram birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimov o‘tmishda yashab o‘tgan barcha pahlavonlar va ulug‘ allomalarning 
ruhlarini shod etishni kurash bo‘yicha xalqaro turnirlar o‘tkazish bilan boshlagan edi. Qorako‘lda Tursun 
ota, Shaxrisabzda Amir Temur, Surxondaryoda At-Termiziy, Buxoroda Baxouddin Naqshband, 
Andijonda Bobur Mirzo, Xorazmda Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlab Prezident sovrini uchun 
o‘tkazilgan xalqaro turnirlar kurashni yuksak darajaga ko‘tarilishida, sport olamiga yangi tur bo‘lib 
kirishiga katta hissa qo‘shdi. Chunki kurash ilk musobaqalardayoq jozibadorligi va jangovarligi, 
go‘zalligi va halolligi bilan barcha ishtirokchilarning, xorijiy mutaxassislarning mehrini qozondi. Biroq 
mamlakatimizda o‘tkazilgan bu bellashuvlar kurashni dunyo sportiga aylantirishga kamlik qilardi. Shu 
sababli o‘tgan yillar maboynida kurash mutaxassislari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi: 
- 1992-yili Kanadada o‘tkazilgan «dzyudo» bo‘yicha jahon chempionati hamda «dzyudo» 
federatsiyasining butun jahon Kongressida ilk bor kurash (o‘zbek kurashi) targ‘ib etildi; 
- 1994-yilda Xirosima shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida kurash musobaqalaridan yozib 
olingan video tasvirlar namoyish etildi; 
- 1995-yil Hindistonda o‘tkazilgan «dzyudo» federatsiyasining Osiyo Kongressida kurash haqida 
atroflicha ma’lumot yetkazildi; 
- 1998-yil 6-7-mart kunlari Irlandiyaning Dublin shahrida Yevropa «dzyudo» uyushmasi taftish 
hay’ati yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda kurash haqida yozma va video lavhalar namoyish qilindi; 
- 1998-yil 15-18-aprelda Monako shahrida o‘tkazilgan «dzyudo» uyushmasining 50 yillik yubiley 
Kongressiga O‘zbekistonlik vakillar (kurash sporti vakillari) taklif etildi [4]. 
Tinimsiz mehnat, ko‘plab izlanish va sa’y-harakatlar sababli 1998-yil 6-sentabrda Lotin Amerikasi, 
Yevropa va Osiyo qit’asining 28 ta davlatidan kelgan vakillar ishtirokida Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis 
kongressida Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi (KXA) tuzilganligi, xalqimizning milliy kadriyati «Kurash» 
nomi bilan jahon maydoniga chiqqanligi e’tirof etildi. 
- Kurash sportini butun dunyoda ommaviylashtirish maqsadida o‘sha yillarda Kurash Xalqaro 
Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov 1993-yil Litva Prezidenti Algirdas Bazauskos bilan 
uchrashdi va Litvada kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. 2000-yil Xalqaro Olimpiada 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish