Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
39 
tili darsliklarida mukammal sharh etilgan. [4:87,117] Darslikda keltirilgan bu materiallar o‘zbek 
tilshunosligining substantsial yo‘nalishi asosida bajarilgan. 
Ingliz tili grammatikalarida bu gap eng oddiy gap (элементарное предложение) deb berilib, 
“Gapning struktur sxemasi” bandida ko‘rib chiqilgan. Tarkibi bo‘yicha minimal grammatik tuzilishi va 
mazmuni jihatdan oddiy gap strukturasi uning struktur sxemasi deb olingan. Struktur sxemaning aniq 
ifodalangan komponentlari struktur sxemasi bo‘yicha qurilgan konstruktsiya elementar gap deyiladi. 
[5:211] Shuningdek quyidagi parchaga diqqatingizni tor
tamiz: “Взаимные отношения элементарного 
предложения и предложения, состав которого выходит за пределы элементарного предложения в 
“полное” или наоборот, как свертывание последнего до элементарного. Такое понимание 
отношений между элементарным и “полным” предложением позволяет интерпретировать 
элементарное предложение как нераспространенное, а предложение, состав которого не ограничен 
компонентами, определяемыми структурной схемой, как предложение распространенное. В этих 
отношениях элементарного и распространенного предложений проявится сущность элементарного 
предложения как заверщенной, но открытой конструкции”. [5:213]
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, ingliz tilida yig‘
iq gaplar “элементарное” yoki 
“нераспространенное предложение” deb yuriti
ladi. Ayrim misollarga murojaat qilamiz: 1
) Chiqadi. 
Albatta, chiqadi. 2) Ayol qavmini ipidan ignasigacha bilaman”, deysizmi? O-o-o, siz daho ekansiz! 3) Ayol 
sizni sevsa, hushyor bo‘ling!
Ko‘rinib turibdiki, birinchi gap sodda yig‘iq gap – birgina so‘z – kesimdan iborat. Yonida ketma-
ket qo‘llangan gap “albatta, chiqadi”da bir element ko‘paygan – albatta kirish bo‘lagi va u konstruktsiya 
ishonch, ta’kid mazmunlarini olib kirgan. Ikkinchi misol ikki gapdan iborat bo‘lib, ikkinchisida esa egasiz 
kesim – daho ekansiz qo‘llangan bo‘lib, kuchli ekspressiv bo‘yoqqa ega gap. Undan kesatish yoki 
so‘zlovchining ustidan kulish ma’nosi ifodalanmoqda. Ingliz tilidagi quyidagi misollarga diqqat qilamiz: 
1) 
I explained. – Men tushuntirdim. 2) Wolfe sighed – Vulf xo‘rsindi. 3) Molly was dead, I could see that. – 
Molli o‘ldi, men buni ko‘rdim. 
Dastlabki ikki misol ega va kesimdan iborat yig‘iq gapdir. 3-misoldagi gap 
esa qo‘shma gap bo‘lib, u 2 qismdan iborat teng tarkibli gaplardir, har ikkisidan keyin nuqta qo‘yish 
mumkin. Ayol sizni sevsa, xushyor bo‘ling gapi tobe tarkibli va bunda birinchi qism yoyiq, ikkinchi qism 
yig‘iq gapdir. Bunda birinchi gap
 (Ayol sizni sevsa) 
nomustaqil kesim shakli
 (-sa) 
bilan kelib, o‘zidan keyin 
yana bir boshqa gapning kelishini talab qilmoqda. Bunda ikkinchi qism
 (xushyor bo‘ling) 
Xushyor bo‘ling, ayol sizni sevsa.
I could see that Molly was dead.
Birinchi gapda birinchi o‘ringa xushyor bo‘lish chiqadi va ogohlantirish, maslahat ma’no 
ottenkalarini beradi, ammo nimadan xushyor bo‘lish, ya’ni maqsad – ayol sizni juda sevib qolishi mavqei 
nisbatan pastga tushadi va o‘zidan oldin agar, o‘zidan keyin esa yana boshqa birlikni talab qiladi. Shuning 
uchun ham muallif – O‘.Xoshimov birinchi o‘ringa maqsadni ifodalovchi gapni qo‘ygan. Yozuvchining 
niyati bitta – ogohlantirish, aks holda: 
Xushyor bo‘ling
,
 
 
 

∞ 
- cheksizlikdir 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ayol sizni sevsa,
 
- xushyor bo‘ling – bir-biriga mutanosiblik 
o‘rnatiladi. 
Ikkinchi gapda esa teng tarkibli qo‘shma gap ergash gapli qo‘shma gapga aylandi. Bunda gap 
shakli o‘zgardi, lekin mazmuni asl holida qoldi. Xuddi shu holni quyidagi misolda ko‘rish mumkin: 
Ishonch yo‘qolsa, orzu qoladi. 
Orzu yo‘qolsa, umid qoladi. 
Umid yo‘qolsa, ilinj qoladi. 
Ilinj yo‘qolsa, xech nima qolmaydi
... 
Muallif yig‘iq gaplarni ikki qismdan iborat qilib, har biridan tobe tarkibli qo‘shma gap yasagan. 
Ketma-ket qo‘llangan 4 ta qo‘shma gapda ega va kesimlar aynan takrorlangan. Ular ichida birgina ishonch 
so‘zi bir marta qo‘llangan. Egalar ishlatilganda, inson bu holatining quyidan yuqoriga yoki aksi kuzatiladi!
Hech nima > ilinj > umid > orzu.
Bu darajalanish qatoriga ishonch so‘zi zamin bo‘lib xizmat qilmoqda va u bir martagina 
qo‘llanilmoqda: 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish