Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet205/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
155 
tug‘ilayotgan farzandlar ham yoki kutilmagan farzandlar ham dunyoga kelmoqda. Dunyoga kelgan farzand 
kutilganligining qay darajadaligi esa onaning dastlabki muloqoti va mehrli munosabatini belgilaydi. Shu 
paytdan boshlab go‘dak ongida tashqi muhit bilan o‘rnatiladigan munosabatlarning modeli shakllana 
boshlaydi. 
Yana shuni aytish lozimki, go‘dakning ona tomonidan oziqlantirilishi ham dastlabki obyektlar 
o‘rtasidagi munosabatlarning o‘rnatilishi hisoblanadi. Go‘dak bilan bo‘ladigan barcha dastlabki 
munosabatlar uning ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini topishi jarayonida bosqichma-bosqich shakllanib boruvchi 
ona va bola o‘rtasidagi insoniy munosabatlarning boshlanishidir. 
Go‘dakning ijtimoiy muhitga moslashishi, shaxslararo munosabatlarda o‘z o‘rnini topishida oila, 
oilaviy munosabatlar, ona-bola-ota uchligi o‘rtasidagi muloqotning ahamiyati qanchalik katta ekanligi 
ma’lum. Biroq bu masalaning bir tomoni, boshqa tomoni esa go‘dakning qanchalik fiziologik jihatdan 
sog‘lomligiga ham bog‘liq. 
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, davlatimiz tomonidan oilaga tayyorlash, oila qurilgunga qadar oila, 
sog‘lom ona va bolalarga qaratilayotgan e’tibor yuqorida ta’kidlangan bolalarning ham fiziologik, ham 
biologik, ham psixologik jihatdan sog‘lom dunyoga kelishlari va ijtimoiy muhitga jadal kirishishlariga 
zamin yaratmoqda. 
Aynan shunday munosabatlar bola dunyoga kelishi jarayonida oiladagi shaxslararo munosabatlar, 
ya’ni ota-ona munosabatlari, ayniqsa, onaning psixologik holati, uning homiladorlikka nisbatan ijobiy 
munosabatlarining shakllanishiga ham xizmat qiladi. Onaning homiladorlik vaqtidagi ruhiy holati bola 
shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi ham ko‘p tadqiqotlar natijasida isbotlangan. Biroq ayolning 
ruhiy holati homilaning jinsiga nisbatan ham turlicha ta’sir ko‘rsatishi, ya’ni o‘g‘il bolaga nisbatan 
boshqacha ta’sir ko‘rsatsa, qiz bolaga nisbatan esa mutlaqo boshqacha ta’sir ko‘rsatishi bugungi kunga 
kelib endi-endi ma’lum bo‘lmoqda. Yana shuni aytish mumkinki, onaning ruhiy holati qiz bolaga nisbatan 
o‘g‘il bolaga ko‘proq ta’sir qiladi va bu bola tug‘ilganidan keyingi davrlarda ham ahamiyatli hisoblanadi. 
Sharq va g‘arbiy Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar 
bola rivojlanishi jarayonidagi dastlabki muloqot bir kishi bilan – odatda onasi bilan bo‘ladigan muloqotni 
go‘dakning to‘laqonli rivojlanishi uchun ideal deb hisoblashadi. Ushbu fikrlarni tasdig‘i sifatida professor 
V.M.Karimovaning “Dastlabki muloqot va mehrli munosabat bola shaxsi shakllanishiga xizmat qiluvchi 
asosiy omil”[2] degan konseptual fikrlarini keltirishimiz mumkin. Bunday muloqot mehrga to‘laligi, 
o‘yinlar va interaktiv dialoglarga boyligi bilan ajralib turadi. Ushbu muammo doirasida olib borilgan 
tadqiqot va izlanishlar natijalari go‘daklik va bolalik davridagi jismoniy, biologik hamda psixologik 
erkinlik bolaning shaxs sifatida to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qiladigan asosiy omillar ekanligini 
ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, go‘dakning onasi bilan kechadigan dastlabki muloqoti boshqa ko‘plab 
buvisi, buvasi, opa-singil kabi keng doiradagi muloqotlarning ham shakllanishi va rivojlanishiga asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Bola rivojlanishining dastlabki davrlarida unga atrofdagilarning g‘amxo‘rligi juda 
zarur. Shu bilan birga, bu munosabatlar qanchalik muloqotga boy bo‘lsa, bola shunchalik sog‘lom va o‘ziga 
ishonch bilan voyaga yetadi. Bola bir yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan davr noverbal (so‘zsiz) muloqot 
davri bo‘lib, undagi barcha o‘zgarishlar yaqinlari, ayniqsa, onasi bilan emotsional, bevosita 
munosabatlarning natijasi sifatida bora-bora muomalaga til hamda tovushlar bilan bog‘liq belgilar kirib 
kela boshlaydi. Agar ota va ona tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik doimiy va samimiy bo‘lsa, ya’ni 
haqiqiy, g‘amxo‘r ona bolasining ayni paytdagi barcha ehtiyojlarini qalban his qilib, o‘sha zahoti 
qondirishga harakat qiladi, masalan, chanqasa suv, och qolsa ko‘krak suti berish kabi ishlarni o‘z vaqtida 
bajarib boradi. Bu jarayonda tan-vujud bilan ona-bolaning yaxlitligi o‘ziga xos hissiyot bo‘lib, ya’ni ona 
o‘z farzandini qo‘lidan ushlab, tanasi tanasiga tekkanda his qiladigan kechinmalari orqali boladagi 
o‘zgarishlarni tuyadi, his qiladi. Go‘dak bola ham onasini shu qadar yaqin hissiy-emotsional tarzda his 
qiladiki, shu sababli u hattoki ma’lum masofadayoq onaning kelayotganligini, yaqinlashgani va “hozir 
qo‘liga olishini” bilar ekan. Aynan shu holatni psixologlar go‘dakdagi yetakchi faoliyat deb atab, unga juda 
katta ahamiyat beradilar.
Mutaxassislarning fikricha, “mehrli munosabatlar”i kam bo‘lgan onalarning shaxsiy muammolari 
ko‘p bo‘lib, ular bolani qo‘lida ushlaganda ham deyarli hech nimani his etmaydilar [3]. Ana shunday 
chaqaloqlarda keyinchalik beixtiyor tarzda ro‘y beradigan psixik funksiyalar rivojida muayyan muammo-
larni vujudga keltirishi mumkin, masalan, ixtiyoriy ravishda diqqatni bir narsaga to‘plash, ixtiyoriy 
ravishda u yoki bu narsani eslab qolish, gapirish, mantiqiy fikrlash kabilar. 
Gapirish, nutq faoliyati bilan bog‘liq psixik funksiyalar ko‘pincha sinxronizatsiya jarayonida 
shakllanadi. Bolasini suyib, uning his-kechinmalarini bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan ona odatda bolasining 
psixik rivojlanishida barcha qiliqlarini, ulardan qanday foydalanish malakalarini orttirib boradi. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish