Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
92 
do‘stining dushmanini o‘z yovi deb biladi. Agar kerak bo‘lsa, do‘sti uchun jonini ham ayamaydi. Shuning 
uchun ham amirlarimdan qay birlari menga jon-dili bilan hamrohlik qilgan bo‘lsalar, men ham ulardan 
hech narsani ayamadim” [11, 131] deb yozadi. Bugungi kunda mustaqilligimizni mustahkamlash, uni 
rivojlangan buyuk davlatlar qatoriga ko‘tarish pirovardida ona-zaminimizni gullab-yashnatish, xalqimizni 
farovon yashashini ta’minlash fuqarolardan, ayniqsa o‘sib kelayotgan yoshlardan jo‘shqin, faol bo‘lishni, 
ona zaminimiz uchun butun vujudi bilan barcha sohalarda faol faoliyat ko‘rsatadigan fidoyilarni, haqiqiy 
vatanparvarlarni talab etmoqda. Xalqimizning boy tarixida Ona yurtini e’zozlaydigan vatanparvarlar 
ko‘plab topiladi. Jahon e’tirof etgan vatanparvarlar, milliy qahramonlarning jo‘shqin, betinim faoliyati 
namunasida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ularning keng qamrovli faoliyatini ayrim 
jihatlarini o‘rganish va tahlil qilish asqotadi. Jumladan, Turon zaminini bir yarim asrlik mug‘ullar jabr-
zulmi, kulfatlaridan ozod qilib, feodal tarqoqlikni, ichki va tashqi dushmanlarni bartaraf etib uni jahon 
e’tirof etgan markazlashgan saltanatga aylantirgan Amir Temurning ibratidan yosh avlodni vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalashda samarali foydalanish joizdir. Bunga birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Toshkent 
shahrida ochilgan “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ni ochilish marosimida “Amir Temur hayotining 
mazmuni, betakror faoliyatining asosiy ma’nosi – Vatan ozodligi, Vatanga muhabbat, degan oliy 
qadriyatlardan iboratdir” [2, 169], deb so‘zlagan nutqi asos bo‘ldi. Millatimiz faxri Sohibqironning el-yurt 
farovonligi yo‘lidagi xizmatlari nafaqat Samarqand va Keshni jahonning eng go‘zal qudratli shaharlariga 
aylantirish bo‘yicha sa’y-harakatlaridan tashqari u o‘z vatanida madaniyat, fan, me’morchilik, ayniqsa 
riyoziyot, handasa, falakiyot, adabiyot, musiqa hamda hunarmandchilikning rivojiga katta e’tibor berdi, har 
bir kasb-kor uchun alohida bozorlar qurdirdi. U davlat qonun-qoidalarini bekam-u ko‘st bajarilishiga 
erishib, davlat va xalq haqiga xiyonat qilgan vazir-u amirlarga nisbatan shavqatsiz bo‘lgan. Sohibqiron 
shariat qoidalariga va islom axloqiga qattiq rioya qilgan.
Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy o‘z asarlarida insonga muhabbat, xalqlar do‘stligi, adolat, 
insonparvarlik, hunar o‘rganish, yurtning tinchligi, mamlakat obodligi, xalq farovonligi, qahramonlik 
g‘oyalarini tarannum etdi. Navoiy xizmat vazifalari bilan poytaxtdan Hirotdan yiroqda bo‘lgan chog‘larida 
ham u yerlarni Vatanning bir bo‘lagi deb qabul qilgan, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan. Alisher 
Navoiy Astrobod hokimi sifatida ishlaganda o‘z oldiga “Modomiki, taqdir quyuni bizni bu yerlarga keltirib 
tashlabdi, bas, sabr-bardosh lozim. Vatanning noobod viloyatini, mohir bog‘bon kabi, mehnat va xafsala 
bilan gullatmog‘imiz kerak. Yurt g‘amiga beparvolikdan hazar qiling yigit”. [3, 304] deb o‘z oldiga vatan 
ravnaqi uchun fidokorona mehnat qilishni talab etadigan shior (da’vat)ni qo‘ydi. 
Navoiyning yurt tinchligi, xalq farovonligini naqadar ustun qo‘yishini uning Vatandan uzoqda 
tursa ham doimo Hirot tinchligini o‘ylaganini, doimo xalqqa yordam berishga intilishini, Vatan sog‘inchi 
doimo unda ustun turishini ko‘rish qiyin emas. Navoiy “Marvda yurgan bo‘lsa ham Hirotdagi nohaqliklar, 
buzg‘un ishlarni oldini olar, Hirotdagi ijtimoiy ahvolni yaxshilay olar edi. “Marvdan Navoiy Hirotdagi 
baloga changal soldi” [3, 278]. Navoiy qayerda bo‘lmasin yurt uchun aqlning muqaddas alovini qo‘riqlay 
olgan. U o‘zini temirchi sifatida qarab, zulmning kishanlarini aqlning o‘txonasida eritib undan kerakli 
asboblar yasagan, metindek e’tiqodini namoyon qilgan. Alisher Navoiy o‘z faoliyati va jahonga mashhur 
asarlari orqali bashariyatga “Vatanni sevish, e’zozlash, qadrlash zarurligini”, “Vatanni asrab-avaylash, 
himoya qilish har bir yurt farzandining muqaddas burchi ekanligini”, “Yurt tinchligi, xalq farovonligi 
yo‘lida fidokorona xizmat qilish lozimligini”, “Mamlakat mustaqilligi va tinchligini saqlash va 
mustahkamlash yo‘lida fidokorona mehnat qilish”, “Insonlarni ulug‘vor ishlarga safarbar etish” yo‘l-
yo‘riqlarini ko‘rsatib berdi. 
Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonini yaratishda xalq [3,119] orasidagi turli vatanparvarlik 
(Farhodning ajdarga qarshi kurashi, Axramanni yengishi, [3,128] Iskandar tilsimini ochishi [3,137] va 
b.q.)larni xalq og‘zaki ijodi, ertaklar va afsonalarda ifodalanganligidan foydalanganligini yosh avlodga 
ko‘rsatish orqali milliy birlikni shakllantirish asqotadi. Hazrat Navoiy mamlakat obodonligi va farovonligi 
yo‘lida betinim kurashganligini yosh avlodga tarixiy manbalarda, Jumladan qayta-qayta ta’kidlaganini 
hamda Oybekning “Navoiy” romani misolida ko‘rsatish mumkin. Bu yerda Alisher Navoiyning inson va 
tabiat munosabatlariga doir masalalar hamda atrof-muhitni obodonlashtirish, xalq obodonchiligi va 
farovonligi tabiatning go‘zalligi yo‘lida kurashi bilan bog‘liq ijtimoiy faoliyati yozma manba’larda yetarli 
darajada o‘z ifodasini topganligini alohida ta’kidlash lozim. Ulug‘ mutufakkir inson va tabiat muammosini 
jamiyat taraqqiyoti va tabiat muvozanatini hayot-mamot masalasi deb qaraydi. Mustaqillikni 
mustahkamlash, uning buyuk kelajagiga ishonchni yanada oshirish maqsadida “Farhod va Shirin” dostoni 
asosida bahs-munozaraga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda yosh avlod e’tiborini ular yashayotgan 
hududlarda suvga muhtoj bo‘lgan yerlarning suv ta’minotini yaxshilash, tashlandiq va qarovsiz yerlarni 
serhosilli bo‘lishiga qo‘l o‘rib jon fido qilayotgan mehnatkashlarga ularning ehtiyojini o‘ylab, ko‘pchilik 
bilan birga elning kuchiga tayanib beminnat yordam qo‘lini cho‘zayotgan vatanparvarlarning hamda 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish