ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
122
ishlash, saqlash, tizimlashtirish va uni masofaga uzatish) ega bo‘lish natijasida ta’lim oluvchilar
pedagogik jarayonning oddiy subyekti bo‘lib qolmasdan, balki yetarli darajada keng ma’nodagi o‘quv
vazifalarini ijodiy mustaqil topib, yecha oladigan tadqiqotchilarga aylanishadi. Shu sababdan ham
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot kommunikatsion texnologiyalari natijalaridan foydalanish,
pedagogik kadrlarni AKT sohasini amaliyotga tatbiq eta olishga tayyorlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
AKT bilan boyitilgan ta’lim muhitida o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshira oladigan o‘qituvchigina
ta’lim jarayonini tashkil etishni o‘zgartira oladi va ta’lim sifatini sezilarli tarzda oshira oladi. Aynan
ana shuning uchun ham ta’lim tizimimizni takomillashtirishdagi asosiy muhim yo‘nalish – yuqori
kvalifikatsiyaga, zaruriy axborot madaniyatiga ega bo‘lgan, yangi axborot kommunikatsion
texnologiyalarini ta’lim jarayoniga va uni boshqaruviga tatbiq eta oladigan pedagogik kadrlarni
tayyorlash hisoblanadi.
Ta’lim tizimini axborotlashtirishning zamonaviy bosqichi, eng avvalo ta’lim oluvchilarni
axborotlashgan jamiyat hayoti talablariga javob berish tarzida ta’limning mos ravishda mazmun,
metod va tashkiliy shakllarini o‘zgartirishni nazarda tutadi. Ularni asosiy amaliyotga tatbiq etuvchisi
pedagoglardir, shu sababli pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish vazifasini hal
etish ta’limni axborotlashtirishning har qanday dasturini majburiy tashkiliy qismi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda ta’limda kompetentli yondashuv konsepsiyasini amalga oshirish asosiy
ahamiyat kasb etmoqda. U ta’lim va axborotlashgan jamiyat hamda global ommaviy kommunikatsiya
talablariga mos ravishda ta’lim maqsadlarini va ta’lim mazmunini o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi.
Mazkur yondashuv an’anaviy ta’lim maqsad va mazmuni haqidagi tasavvrularni jiddiy
ravishda o‘zgartiradi. Ko‘pgina tadqiqotchilar fikrlariga ko‘ra kompetentli yondashuvning asosiy
g‘oyasi - rasmiy ta’lim tizimida o‘zlashtirilgan bilimlar va ko‘nikmalar bilan chegaralanmaslik kerak.
Ta’lim tizimida samaradorlikka erishish uchun, mazkur bilimlar inson tomonidan rasmiy ta’lim
tizimidan tashqarida keng spektrdagi o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘lagan bo‘lishi lozim. Shunday
qilib, kompetentli yondashuv pozitsiyasidan qaralganda ta’lim mazmuni – turli faoliyat soha va
ko‘rinishlarida ijtimoiy tajribani tatbiq etish asosida muammolarni o‘quvchilarning mustaqil yecha
olish qobiliyati hisoblanib, uning elementi esa ta’lim oluvchilarning shaxsiy tajribasidir [1].
Lekin, hozirgi vaqtgacha ilmiy-pedagogik nazariya va amaliyotida kompetentli yondashuv
tavsifini beruvchi tushunchalarga oid apparati to‘liq shakllanmagan. Shu sababdan ham “kompe-
tentlik” va “kompetensiya” atamalarini tushunishga nisbatan turli yondashuvlar mavjud.
Ta’lim tizimida kompetentli yondashuv “tayanch kompetensiyalar” konsepsiyasini aniqlash
bilan bog‘liqdir. Tayanch kompetensiya – keng spektrdagi mohiyatga mos keladigan aniqlovchi
kompetensiyadir, ya’ni u tavsifi va tatbiq darajasiga ko‘ra universaldir [4].
Hozirgi vaqtda kompetentlik va kompetensiyalarga tegishli atamalar to‘liq shakllanib bo‘lgani
yo‘q, ko‘pchilik tadqiqotchilar kompetensiyalarning muhim tavsiflarini, aynan ularni aniq faoliyatdagi
aniq holatlarda namoyon bo‘lishini ajratib ko‘rsatishadi. Kompetensiya uni aniq amalga oshirish
shartlaridan ayri holda mavjud bo‘lishi mumkin emas. U bilim va ko‘nikmalarni bir vaqtda safarbar
qilish hamda aniq faoliyat sharoitida muomala usullar bilan uzviy bog‘langandir.
Samaradorlikka erishish uchun mavjud bilimlar keng spektrdagi bilimlar bilan bog‘langan
bo‘lishi lozim. Kompetentlikni rivojlantirish sohalariga ta’lim olish, ish faoliyati, sog‘liq haqida
qayg‘urish, madaniyat, siyosat, atrof-muhitni asrash, o‘zaro tushunish va tinchlik uchun harakat qilish
va shu kabilar tegishlidir. Kompetensiyalarni shakllantirish vositalari sifatida umumiy ta’lim, kasbiy
tayyorgarlik, sirtqi va kechki ta’lim, oilaviy tarbiya, madaniy-ma’rifiy faoliyat kabilar qaraladi.
Yetakchi olimlarning tadqiqotlari natijalari [2,3] tahlili, ta’limda kompetentli yondashuv,
kompetensiyalar bilim, ko‘nikma va malakani rad etmaydi, lekin ulardan o‘zining muhim jihatlari:
bilimlardan – u haqidagi nafaqat ma’lumotlar bilan, balki faoliyat ko‘rinishlarining mavjudligi bilan;
ko‘nikmalardan – ta’sir ko‘rsatishning turli obyektlariga o‘tkazilishi bilan; malakalardan – inson
nafaqat odatiy harakatlar orqali emas, balki yangi nostandart holatda harakatlanish imkoniyatini
anglashi bilan farq qiladi. Shunday qilib, kompetensiyalarga erishish uchun vosita sifatida muhim
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarsiz shakllanishi mumkin emas.
Kompetensiya va kompetentlik tushunchalarini bir narsa deb tushunmaslik kerak, kompe-
tensiya deyilganda ta’lim oluvchining ta’limiy tayyorgarligiga oldindan qo‘yilgan talab qaralsa,
kompetentlik deyilganda – shaxsiy sifatlarning tarkib topganligi va berilgan sohaga nisbatan
faoliyatning minimal tajribasi qaraladi. Tizimli yondashuv pozitsiyasidan o‘qituvchining kasbiy
tayyorgarligi haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, o‘zida predmetli-metodik, psixologik-pedagogik
Do'stlaringiz bilan baham: |