1-jadval
.
Talabalarni qadriyatlar majmuasi
T/R
Muhim hisoblangan qadriyatlar
%
hisobida (so‘rovda
qatnashganlarning umumiy
ko‘rsatkichi bo‘yicha)
1.
Javob berishga qiynalaman
38,1 %
2.
Oila va oilaviy hayot
16 %
3.
Layoqatga qarab ish haqini to‘lash
11,15 %
4.
Sifatli ta’lim olish
10,2 %
ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
119
5.
Zamonaviy tarzda tibbiy yordam olish
10,2 %
6.
Saylov (saylash, saylanish)
8,3 %
7.
Sevimli va zamonaviy kasb (ixtisosslik)
8,1 %
8.
Bag‘rikenglik (tolerantlik)
7,5 %
9.
Shaxsiy fikr va ishonch
6,9 %
10.
Mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish (shu jumladan
xorijiy mamlakatlarda ham)
6 %
11.
Shaxsiy mulk
5,6 %
12.
Erkinlik
5,4 %
13.
Shaxsiy hayotning daxlsizligi
5,2 %
14.
O‘zbeksiton Respublikasining Konstitutsiyasida
ko‘rsatilgan barcha huquq va erkinliklar
4,8 %
15.
Zavqli va farovon hayot
4,4 %
16.
Demokratiya (o‘z fikrini bildirish, namoyishga chiqish,
munosabatini turli shaklda bildirish)
2,5 %
17.
Dam olish, sayohat
2,1 %
So‘rov natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ijtimoiy yetuk talabalar, o‘z huquq va erkinliklarining
me’yori va ularning qonuniy asosini bilishadi. Ammo, bu toifali talabalarning soni kam ekan. Ya’ni,
tadqiqotda qatnashganlarning 4,8 % o‘z munosabatini “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsi-
yasida ko‘rsatilgan barcha huquq va erkinliklar”ni jamiyat hayotida amal qilishida ko‘radi. 38,1 %
respondentlar “javob berishga qiynalaman”, deya munosabat bildirib, shaxsiy pozitsiyasini
ko‘rsatishga tayyor emasligini ko‘rsatadi. Bu toifadagi talabalarda fuqarolik mas’uliyati, burch va
majburiyat haqida chuqur tasavvur shakllanmagan. Chunki, tadqiqotga qatnashgan 10,2 % talabalar
“zamonaviy tarzda tibbiy yordam olish”ni qadriyat tarzida ko‘rishadi vaholanki, mamlakatimizda
o‘tkazilayotgan modernizatsiya jarayonida ijtimoiy soha, shu jumladan tibbiyotni isloh qilish yo‘lida
ibratli ishlar amalga oshirilgan. Afsuski, ular bundan yetarlicha xabardor emas. Yoki tadqiqotda
qatnashgan 8,1 % talabalar “sevimli va zamonaviy kasb (ixtisoslik)” tanlashni qadriyat deb bilishadi.
Kasb tanlash va ijod erkinligi har bir fuqaroning erkin huquqi hisoblanib, ular bu haqda to‘liq
ma’lumotga ega emas, yoki birovlarning (ota-ona yoki boshqa yaqinlarini) qistovi yoki ko‘rsatmasi
asosida o‘zlari ta’lim olayotgan ixtisoslikni (kasbni) tanlaganliklarini ko‘rsatadi. Shu sababli bo‘lsa
kerakki, qadriyatlar majmuasida bu ko‘rsatkch 8-o‘rinni egallagan. “Javob berishga qiynalaman” deb
munosabat bildirganlar (38,1 %), birinchidan, javob berishni istamagan bo‘lishlari yoki o‘z taqdiriga
befarq bo‘lishlari mumkin. Pedagogik korreksiya va profilaktika ta’limotlari asosida, ular “xatarli
guruh”ga ta’lluqlidir. Ular bilan ishlashda, induvidual-ma’naviy omil amal qilishini inobatga olib,
yondashish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot natijasining quvonarli va barcha uchun qadriyat hisoblanadigan jihati, bu 16 %
talabalar “oila va oilaviy hayot”ni qadriyat deb bilishi hisoblanishi va bu ijobiy mental xususiyat
tarzida namoyon bo‘lishidadir. Aynan shu ko‘rsatkich, insonning hayotga nisbatan qadriyatli
munosabati shakllanishini ta’minlab, barkamollikka erishish uchun amal qiladi. Qadriyatlar, har
qanday ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy – yakunlovchi maqsadi hisoblanib, N.Nikandrovning
ko‘rsatib o‘tishicha, qadriyatlar (pedagogik nuqtayi nazardan – ta’kid bizdan) ijtimoiy jarayonlarni
muvozanatda kechishini ta’minlash uchun amal qilishi lozim [8]. Bokulik tadqiqotchi D.Muslimzade
ta’lim va tarbiya jarayonida qadriyatlarni shakllantirish, jamiyat va davlat manfaatlarini ta’minlash
uchun xizmat qilib, borliqni idrok etish jarayonining samarali kechishi uchun shartdir [7].
V.Gribanovaning tadqiqotlarida ham talabalarni qadriyatlarini o‘rganish natijasi o‘z aksini
topgan bo‘lib, bunda yordam qo‘lini cho‘zish, hurmat, beg‘araz yordam ko‘rsatish, yaxshilik kabi
sifatlar, talabalarning ko‘rsatishicha ta’lim jarayonida qadriyat hisoblanmish [5]. Bizningcha, talabalar
shaxsida bu ijtimoiy-psixologik sifatlarni mujassamlashgani ta’lim jarayoniga ijobiy moslashuv va
samarali tarzda ta’lim olishning ma’naviy sharti hisoblanadi. Agarda, qadriyatlar tizimi, endo va ekzo
mohiyat va mazmun kasb etishini inobatga olsak, shaxsning ichki omiliga ko‘proq e’tibor qaratish
lozim bo‘ladi. Shunda, ijtimoiy munosabatlar tizimini qadriyatli kechishi ta’minlanib, fuqaro fuqaro
munosabatida, fuqarolik manfaati dominantlik qila boshlaydi. Buning uchun, oliy ta’lim tizimida
fuqarolik, fuqarolik pozitsiyasi, qadriyatlar va shaxsiy qadriyatlar tizimi, siyosiy jarayonlar va inson
Do'stlaringiz bilan baham: |