История развития прикладного искусства и ремесла в Центральной Азии
Аннотация.
В данной статье раскрывается тема об археологических находках
прикладного искусства и ремесел времен первобытно-общинного строя в Центральной Азии. А
также рассмотрена история развития прикладного искусства и ремесла и их роль в воспитании
молодого поколения в образовательных учреждениях.
Ключевые слова:
народные ремесла, прикладное искусство,человек с мышлением,
нуклеус, изделия из камня, палеолит, керамическая статуэтка, фужеры, кувшин для воды,
кувшины, образование, воспитание, учение.
History of applied arts and crafts of central Asia
Abstract.
This article reveals the theme of the archaeological discoveries of applied art and
crafts from the times of the primitive communal system in Central Asia.
Keywords:
folk crafts, applied art, a person with thinking, nucleus, stone products,
рaleolithic, ceramic figurine, wine glasses, water jug, jugs, education, upbringing, teaching.
Kishilik jamiyati paydo bo‘lishi, to‘g‘rirog‘i
,
tafakkurli odam (homo sapiens)ning o‘tmish-
doshi va ajdodlaridan ajralib chiqishi bilan, unda faoliyat ko‘rsata olishi uchun maqsadli harakatlar
uyg‘unligi paydo bo‘la boshladi. Maqsadli harakatlari (ov qilish, boshpana, oziq-ovqatlar tayyorlash
va boshqalar) tafakkurli odamning odam sifatida shakllanib, taraqqiy etishiga olib keldi.
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, tabiiy olamning eng oliy mavjudoti – tafakkurli odamning
shakllanishi 40 ming yilcha ilgari boshlangan.
Markaziy Osiyo hududida neondertal odamning o‘rnashishiga tabiiy sharoitning muvofikdigi,
mo‘tadil iqlimning mavjudligi, oqar suvlar, daraxt va boshqa ko‘katlarning mavjudligi, yashashga
sharoitning qulayligi sabab bo‘lgan. Muste davriga oid neondertal odami Samarqand viloyatida
(1947-y.) topilgan. Bu davrdagi odamlar yashagan yana bir makon-g‘or Bulbulzorsoyda,
Omonqo‘tonning quyi tomonida joylashgan. Taqaliqsoy g‘ori dengiz sathidan 2000 metr
balandlikda, Taxtaqoracha dovonida joylashgan bo‘lib, qoldiqlari karst tipida marmarlashib qolgan
ohaktosh shaklidadir. O‘rta Osiyo hududida ilk urug‘chilik jamoasiga mansub yuqori poleolit
makoni 1939-yilda topilgan bo‘lib, ushbu makon Siyobcha soyining o‘ng qirg‘og‘ida, Samar-
qandning markazida, madaniy qoldiqlar shaklida sarg‘ish sog‘ tuproqda saqlangan.
Quyi poleolit – ilk tosh asriga oid topilmalar Selungur g‘orida (Farg‘ona), Ko‘lbuloqda ham
(Toshkent) uchraydi.
Muste davriga oid odamlar yashagan Teshiktosh (Surxondaryo), Obi-rahmat (Toshkent),
Kalacha va So‘x (Farg‘ona), Uchtut (Buxoro), Bo‘zsuv (Toshkent) kabi joylardan topilganligi o‘sha
davrda ibtidoiy odamlar makoni ko‘pligidan dalolat beradi. So‘nggi poleolit va mezolit davriga oid
makonlar Samarqand, Uchtut (Buxoro), Ohangaron va Oqtosh (Toshkent), Machay (Surxondaryo),
Obishir (Farg‘ona) kabi joylarda izlari saqlanib qolgan. Bu davrlarda boshlangan rivojlanish neolit
davriga kelib, Kalta minor madaniyati va jez davri shaklida taraqqiy etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |