ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
112
muzdur, xalfa va shogirdlar mehnatidan arzimas haq evaziga foydalanilar edi. Qimmatbaho metallar
va toshlar (oltin, kumush, mis, dur, aqiq, zabarjad, zumrad va boshqalar)dan halq hunarmandchiligi
va amaliy san’atda yuksak did bilan foydalanish keng avj oldi.
Eftalit - turk koroplastikasi, sopol buyumlar tayyorlashda cheti to‘lqinsimon kosa, likopcha,
ilmoqsimon dastali cho‘mich, shaffof slyuda lak surtilgan, dastali, chumakli tor og‘izli ko‘za, turli
maqsadda ishlatiladigan turli o‘lchamdagi qozon, shamot aralashtirib tayyorlangan xumcha,
temirchilik o‘chog‘i, maxsus
sopol vannacha, quyish qoliplari, g‘isht terish xumdoni va
shu kabi
buyumlar yuksak did bilan xaqiqiy san’at asari darajasida tayyorlanganligi, hunarmandchilik va
amaliy san’atning turli yo‘nalishlarga ixtisoslashtirilganligini bildiradi.
Bu davrda o‘zaro urushlar avj olganligi sababli hujum va mudofaa qurollari tayyorlash juda
taraqqiy etdi. Qilich, qalqon, xanjar, pichok, cho‘qmor, manjaniq (qal’a buzuvchi moslama), o‘q-
yoy, nayza, sadoq, qinlar va shu kabilar alohida did bilan, har xil qimmatbaho materiallar xamda
durlar bilan bezatilib tayyorlanar edi. Sipohiy va sarkardalarning kiyimboshlari zarbof va
baxmallardan, otning egar-jabduqlari, yarog‘-aslahalari alohida e’tibor bilan tayyorlanib, bir-
biridan turli sifatlari bilan ajralib turardi.
Hunarmandchilik va amaliy san’at turlari halq elat va qabilalarning yashashi, turmushi bilan
uyg‘unlashgan holda rivojlanib, milodiy VI-XI asrlargacha yirik davlatlarning vujudga kelishiga sabab
bo‘ldi. Ko‘p yillik harbiy yurishlar, mudofaa va hujum qurollarining taraqqiyoti bilan yo‘g‘rilib ketadi.
Ana shunday urush va janjallar davrida madaniy taraqqiyot urush bo‘lgan davlatlarda bir tomondan,
inqiroz tarzida yuz bersa, ikkinchi tomondan, bir davlatdan ikkinchi davlatga (urush bo‘lmagan bo‘lsa
ham) majburiy ravishda o‘tkaziladi, ya’ni, ma’lum tarixiy davrda, mintaqadagi umumiy taraqqiyot
in’ikosi sifatida yuzaga keldi.
Markaziy Osiyo davlatlarida tarixiy va madaniy, san’at va hunarmandchilik evolyutsion
taraqqiyoti yuqoridagi davrlarda alohida o‘zgarishlar yuz bergan hisoblanadi.
Demak, hozirgi avlod kishilarning asosiy vazifalaridan biri, asrlar mobaynida yaratilgan tarixiy
meroslarni madaniy qadriyatlarni yosh avlodga o‘rgatib borish hisoblanadi. Bu haqda Birinchi
Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” (1997-
y) deb nomlangan tarixiy nutqida shunday ta’kidlaydi: “Bolalarimizga qachondan boshlab, qanday qilib,
qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o‘rgatishimizni chuqur anglashimiz
kerak”. (1.8.b)
Ko‘hna tarixning ushbu zarvaraqlarini yosh avlod puxta o‘rganishlari lozim. Zero, “Tarixiy
xotirasiz kelajak yuq”, ‘Tarixi ulug‘ xalqning kelajagi buyuk” kabi o‘gitlaridan zaruriy xulosalarni
chiqargan holda milliy ong, g‘urur, faxr, iftixor xislatlari, tuyg‘usi ruhida kamolga yetishishlari lozim.
Demak, yuqoridagi tahlillardan ko‘rinadiki, mamlakatimiz tarixida turli xil sohalarning
rivojlanishi bilan bir qatorda xalq hunarmandchiligi va amaliy san’at ham taraqqiyotning muhim qismi
sifatida barq urib rivojlanganligiga misollar, xulosalar, fikr-mulohazalar keltirish mumkin.
1) Hozirgi davrda uzluksiz ta’lim muassasalarida, xususan, oliy o‘quv yurtlarida tegishli ta’lim
yo‘nalishlarida bo‘lg‘usi mutaxasis o‘qituvchilarni kelajak faoliyatga tayyorlashda tarixiy taraqqiyot
rivojlanishi namunalaridan unumli foydalanish, doimiy ravishda amaliy faoliyatda misollar keltirib,
zamonaviy misollarga tarixiy faktlarni uyg‘unlashtirib borish lozim bo‘ladi.
2) Tarixiy, milliy, madaniy meroslarni yoshlarga o‘rgatishda, albatta, ushbu meroslarning asl
manbalari bilan bevosita tanishish, muammoning asl mazmuni, mohiyati bilan tanishish, so‘ngra, ularni
ta’lim va sohalar yo‘nalishlariga moslashtirilgan holda qayta ishlash, hamda, zamonaviy, an’anaviy va
innovatsion ta’lim-tarbiya metodlari, texnologiyalari metodikalariga uyg‘unlashtirilgan holda yoshlarga
yetkazib berish kerak bo‘ladi.
3) Albatta, xalq hunarmandchiligi va amaliy, tasviriy san’at va badiiy grafika bo‘yicha o‘rganilgan
qadriyatlarni, meroslar namunalarini ta’lim-tarbiya ishlarining davlat ta’lim standartiga,
konsepsiyalariga, o‘quv reja va dasturlariga, darslik va qo‘llanmalariga mazmunan va shaklan kiritib,
so‘ngra ta’lim tarbiya jarayoniga tizimli ravishda qo‘llab borish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |