ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
78
Literary views of Confucius and the emergence of ancient Chinese literature
Abstract.
The article examines the literary views of Confucius and the process of the
emergence of early Chinese literature. Writers usually begin the chronology of ancient Chinese
literature with the oldest monument of Chinese literature "Shi-jing" ("Book of Songs",
诗经
). The
book contains 305 folk songs of various genres, created in the XI-VI centuries B.C. and they reflect
the diverse phenomena of spiritual and social life. The drafting of the works is attributed to Confucius.
The book was included in the canonical collection of Confucian texts "Pentateuch". Confucius and his
disciples contributed to the euhemerization of Chinese myths, as a result of which some mythical
images turned into historical personalities. The article also provides information about the first
Chinese poet Qu Yuan, and his works “Lisao” and “Questions to Heaven."
Keywords:
Confucius, Shi jing, Lunyu, Sy-shu, Wu-ching, Chinese mythology, Yang and Yin
philosophy, myth, euhemerizetion, Qu Yuan, his works “Lisao” and “Questions to Heaven”.
Odatda adabiyotshunoslar eng qadimgi xitoy adabiyotining solnomasini «Shijing» (“Qo‘shiqlar
kitobi”,
诗经
,
Shī Jīng
) folklor qo‘shiqlari to‘plamidan boshlashadi. Asar xitoy mumtoz adabiyotining
eng qadimgi yodgorligi bo‘lib, til, mafkura, etika va xalq an’analari haqida ma’lumot beruvchi nodir
manba hisoblanadi. Uning ahamiyatini hindlarning Rigveda va zardushtiylikning Avesto kitobi bilan
qiyoslash mumkin. «Shijing» konfutsiylik qonunlar kitobi Vujing ( Besh kitob) to‘plamiga kirgan
bo‘lib, er. ol. XI
–
VI asrlarda ijod qilingan 305 xalq qo‘shiqlaridan iborat.
[
1, 231
]
“Shijing” nafaqat xalq ommasi orasida, balki xitoy oliy tabaqasi, ziyolilar muhitida ham sevilib
o‘qilgan, “Qo‘shiqlar”ni yod bilish Xitoyning madaniy tabaqa vakili deb tan olinishiga asos bo‘lgan.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda “Shijing” Konfutsiy (
孔子
,
Kǒngzǐ, er. ol. 28.09.551 – 479 yy.) tahrir
qilganligi uchun konfutsiylik mumtoz kitoblari sirasiga kiritilgan.
Konfutsiyning o‘git va suhbatlari asosida uning shogirdlari “Lunyuy” kitobini tartib berishgan.
“Lunyuy boshdan-oyoq “jo‘mard inson” tushunchasiga bag‘ishlangan. Konfutsiyning eng muhim
kategoriyalari – “jen”, “li”, “ven” bo‘lib, bir vaqtning o‘zida komil inson va ham “jo‘mard inson” ning
tushunchalaridir.”
[
2, 25
]
Konfutsiylik kitoblariga mansub «Sishu» (
四
书
,
Si
Shū
, to‘rt kitob) va «Vujing» (
五
经
,
Wǔjing
,
besh kitob) asarlari bizning davrimizgacha etib kelgan eng qadimgi adabiy-ma’naviy yodgorliklardan
hisoblanadi.
Konfutsiylikka kirish manbasi vazifasini o‘tagan To‘rt kitob - «Sishu» faylasuf va pedagog Chju
Si (
朱熹
,
Zhū Xī
,12 asr) tomonidan tartib berilgan. Uning tarkibiga «Lunyuy» (
论语
,
L’n Yǔ
, suhbatlar
va talqinlar), “Mengzi” (
孟子
, ustoz Men), Szenzining «Dasyue» (
大學
, Buyuk Bilim) va Szisining
«Chjunyun» (
中庸
, O‘rta haqida Bilim) asarlari mansubdir.
Konfutsiylik qonun-qoidalarining besh kitobi - «Vujing»ga quyidagilar mansubdir: Ijing
(易
经)
— evrilishlar kitobi, karomat qilishning o‘ziga xos tizimi talqiniga bag‘ishlangan kitob.
Keyinchalik “10 qanot” asari sirasidagi tafsirlar bilan boyitilgan, Shijing (
诗经
)— qo‘shiqlar kitobi,
Vujing
(
书经)
- tarix kitobi. Xitoy elining vujudga kelishi va uning qadimgi tarixi haqidagi saj’
shaklida yozilgan epik asar, Litszi
(礼
记
) — marosimlar kitobi. Hukmronlik va boshqaruvning
mukammal tizimiga oid qaydlar — ijtimoiy munosabatlarni, urf-odat marosimlarini tartibga solish,
konfutsiylik talablaridagi eng mukammal deb bilingan qadimgi xonlar boshqaruv tizimi, qadimgi
taqvim haqidagi yo‘riqnoma, Chunsyu
(春秋)
— Bahor va kuz. Lu amirligining solnomasi. Garchi
asar shaxsan Konfutsiy ma’lumotlari asosida yozilgan deyilsa-da, manbaning so‘ngidagi hodisalar
allomaning o‘limidan keyin yuz bergan. Asar voqealar tafsiloti bayonidan ko‘ra, ko‘proq ularga
konfutsiylik axloq siyosati tomonidan berilgan baho, munosabatga bag‘ishlangan.
Qadimgi xitoy miflarining o‘ziga xos asosiy xususiyatlaridan biri ulardagi mifologik
personajlarning tarixiylashtirilishi (evgemeratsiyasi) bo‘ldi. O‘zlarining nazariyalariga mos ravishda
miflarni talqin qilishga xarakat qilgan Konfutsiy izdoshlari ruhlarni odamlarga aylantirishga, mif va
asotirlar uchun ratsional talqinlar topishga ko‘p ter to‘kishdi. Bu holat konfutsiylikning idrokka
asoslangan dunyoqarashi ta’sirida yuz berib, afsonaviy obrazlar qadimiyatning real shaxslari sifatida
talqin qilindi. Miflardagi ma’bud va yarim xudolar hukmdor va imperatorlarga, qolganlar esa
amaldorlar,to‘ra, boyvachcha va turli ko‘rinishdagi personajlarga aylanishdi.
Shunday qilib, miflar an’anaviy tarixning ajralmas kismiga aylandi. Masalan mifologik talqinda
sariq imperator Xuangdining to‘rt yuzi bo‘lgan, Konfutsiyning mohirona talqini natijasida Xuangdi to‘rt
amaldorni erning to‘rt tomonini idora qilish uchun yuborgan mazmuniga o‘zgarib ketgan. Shu kabi
Do'stlaringiz bilan baham: |