Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
79 
xitoy miflari taqdirning taqozosi bilan turli o‘zgarishlarga yuz tutdi va o‘zining dastlabki badiiy 
mazmunini yo‘qota bordi.
Konfutsiylik bilan bir davrda paydo bo‘lgan “Daosizm” (“narsalar yo‘li” ta’limoti) mustaqil 
falsafiy ta’limoti xitoy folklori va yozma adabiyotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. 
Ta’limotning asoschisi sifatida qadimgi xitoy donishmandi, yarim afsonaviy Laozi (er.ol.VI — V asrlar) 
qayd etiladi, unga nisbat beriladigan va gohida “Laozi”, nomi bilan ataladigan “Dao dejing” asari xitoy 
xalqlari tafakkurining buyuk yodgorligi bo‘lib, O‘rta Sharq madaniyatining taraqqiyotiga ulkan hissa 
qo‘shdi 
[
3, 15
]
. Daosizm negizida Chu xonligining va boshqa qo‘shni davlatlarning mistik va 
shomonlik tushunchalari, Si xonligining abadiylikka oid ta’limoti va sehrgarlik amaliyoti, shimoliy 
Xitoyning falsafiy-adabiy an’analari o‘z aksini topdi.
Muallifi mavjud bo‘lgan xitoy she’riyati Xitoy janubidagi Chu saltanatida vujudga keldi. 
“Shijing” ta’sirida vujudga kelgan “Chu she’riyati” nomini olgan lirik to‘plamga mansub bo‘lgan 17 
asardan 8 she’r Syuy Yuanga tegishli ekanligi manbalardan ma’lum.
Syuy Yuan ( er. ol. 340—278 yy.) birinchi bo‘lib xalq she’riyatini ijodiy o‘zlashtirib, individual 
she’riyatga aylantirdi. Uning adabiy merosi quyidagilardir: “Lisao” va “Osmonga savollar” dostonlari, 
“To‘qqiz elegiya (mungli she’r)” turkumidagi she’rlar, “to‘qqiz yalla” maqomidagi o‘n bir qo‘shiq va 
“Qalbning chaqirig‘i” turkumiga mansub bo‘lgan qo‘shiqlar. 
Adib ijodining cho‘qqisi “Lisao” dostonidir. “Li” ieroglifining ma’nosi – ayriliq, “sao” – adabiy 
termin bo‘lib, asosan “elegiya” ma’nosini anglatgan. Asarning bir qancha talqinlari mavjud bo‘lib, ular 
“Motamga g‘arq bo‘lgan”, “G‘amga botgan”, “Ayriliq azobi” shaklida keltiriladi.
Xitoy adabiyoti, folklori kabi qadimgi tarixga ega bo‘lib, xalqning bu buyuk dahosi bir necha 
asrlar va sulolar davrida yaratilib takomillashib keldi. Ayrim manbalarda keltirilishicha, qadimgi 
sulolalar mifologik ildizlarga ega bo‘lib, ular Konfutsiy izdoshlari tomonidan reallashgan.
Qadimgi xitoy mifologiyasi bizning davrgacha parchalar holida etib kelgan. Buning sabablari 
quyidagichadir: 
Birinchidan, Konfutsiylik paydo bo‘lgach asosan etika, oila asoslari, davlat boshqaruvi 
o‘rganildi, ma’budlar va yovuz ruhlar talqiniga bag‘ishlangan, fantastik tushunchalar aks etgan qadimgi 
miflar Konfutsiy va uning izdoshlari tomonidan evgemerizatsiya qilindi;
Ikkinchidan, qadimgi xitoy miflarida turkiy asotirlardagi kabi ezgulik va yovuzlik ruhlarini qat’iy 
farqlash, qutblash bo‘lmagan. Ularning o‘rniga yaratila boshlangan yangi miflarda bu masalada 
siljishlarga erishilgan bo‘lsa-da, xalq miflarni yangilangan shaklini kabul qilolmagan. Bu kabi miflar el 
orasida ommalashmaganligi sababli oldingi miflar kabi yangilari ham nuqsonli bo‘lib qolgan; 
Olib borgan tadqiqotimiz jarayonida xitoy – o‘zbek folklori epik qahramonlari faoliyati, dinamik 
evolyusiyasi, sayyor syujetlardagi in’ikosida ko‘plab uyg‘un jihatlarga egaligi ma’lum bo‘ldi. Bu holat 
ikki xalq mifologik tushunchalari ma’lum bir “bobo” syujetlarga - bir genezisga ega bo‘lganligini 
asosladi. Qadimgi xitoy adabiyotining vujudga kelishida Konfutsiyning o‘rni katta bo‘ldi. Garchi 
miflarning evgemeratsiyasida konfutsiy ta’limoti vakillarining ta’siri bo‘lgan bo‘lsada, bu ta’limot ilk 
xitoy adabiyoti rivojiga o‘ziga xos turtki vazifasini o‘tadi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish