Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
145 
Brendning maqsadli auditoriyasini aniqlash vazifasi iqtisodiyot, sotsiologiya va psixologiya 
kesimida hal etiladigan masalaga kiradi. Biroq, bu vazifani hal etish metodologiyasi haqida 
gapiradigan bo‘lsak, u sotsiologik metodlardan iborat ekanligini ko‘ramiz. Bular – kuzatish, og‘zaki 
va yozma fikrlarning kontent tahlili, anketa so‘rovnomalari, keyslar va boshqalardan iborat. 
Hatto, maqsadli auditoriya xususiyatlarini to‘liq aniqlab, bu auditoriyaning psixologik 
qonuniyatlarini o‘rgangan holda ham, brend-menejer brend elementlarining vizual va verbal tavsifini 
yaratganda xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Anketa yoki fokus-guruh bilan ishlash ko‘pincha xato natija 
berishi mumkin. Masalan, vizual imidjlar bo‘yicha test o‘tkazilganida, baxtli oila tasviri (ona, ota va 
bola) fokus-guruhning bir ishtirokchisi tomonidan ma’qullanmagan. Uning fikri hammani hayratda 
qoldirgan: “Bu erda uch kishidan iborat baxtli oila tasvirlangan. Bu to‘liq oilaga ega bo‘lmagan 
kishilarning manfaatlarini poymol qiladi. Nega men o‘zimni baxtli emas deb his etishim 
kerak?”[4.127]. 
Tayyor mahsulotni bu kabi sinovdan o‘tkazish natijasida taqdimot muvaffaqiyatsiz deb 
topilsa, brendni rivojlantirish uchun yangi tamoyil yaratishda bu metod qo‘shimcha xarajatga olib 
keladi. Biroq, bu xarajatlar iste’molchida mahsulot haqida noto‘g‘ri tasavvur va hissiyot hosil 
bo‘lishining hamda kompaniya nufuzi tushishi xavfining oldini oladi. 
SHuning uchun, iste’molchilarning psixologik xususiyatlarini aniqlash va bu ma’lumotlarni 
brendlarni yaratish va boshqarishda qo‘llashda quyidagi standart algoritm taklif etiladi: 
1.
Loyiha maqsadini aniqlash. 
2.
Sotsiologik metodlar yordamida loyihaning maqsadli auditoriyasini sotsiodemografik 
omillar terminlarida aniqlash – jins, yosh, ma’lumotlilik, kasb, mashg‘ulot turi, oilaviy ahvoli, oila 
a’zolariga qarab daromadi va h.k.
3.
O‘ziga xos tomonlarini ochib berish (ma’lumotlarni to‘ldirish maqsadida psixologik 
metodlarga murojaat qilish mumkin): 
-
idrokni (diqqatni va xotirani); 
-
emotsiyalar va hissiyotni; 
-
ehtiyoj va motivatsiyani; 
-
qadriyatlarni; 
-
loyiha maqsadli auditoriyasiga xos tasavvurlarni. 
4.
O‘xshash (identik) xarakteristikalarni qiyoslash. To‘liq mos kelganda bosh brend va 
qisman o‘xshashlik bo‘lganida yangi brendlarni yaratish uchun. 
5.
4 bosqichda aniqlangan tavsiflarga tayanib, loyihaning aniq vazifalariga urg‘u bergan 
holda – mohiyat, qadriyatlar va shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, brend o‘xshashligi (identikligi) 
ko‘riladi.
6.
Loyihaning noyob vazifalari va brend o‘xshashligiga asoslanib, brendni qisman 
o‘zgartirish ta’riflanadi. 
7.
Anketalashtirish, fokus-guruhlar va h.k.lar yordamida olingan natijalar tekshiriladi. 
Bu metodika iste’molchi psixologiyasini idrok qilish jarayonida xatolar ko‘lami va sonini 
qisqartiradi. Zamonaviy brend-menejmentda qo‘llanilayotgan algoritmlardan farqli tarzda, buning 
farqi – psixologik tarkibining sotsiodemografik ma’lumotlar bilan boyitilganidir. 
Bunday algoritmni qo‘llash, shubhasiz, har qanday brendni yaratishda yoki rebrendingni 
rejalashtirishda foydali bo‘ladi. Ba’zan, brendingda a’lo natijaga erishish intuitiv yo‘l bilan ham 
amalga oshadi. Biroq, yuqoridagi metodika iste’molchi psixologiyasini to‘g‘ri idrok etishda va brendni 
boshqarishda aniq va ishonchli natijalarga xizmat qiladi.
Iste’molchi psixologiyasiga ta’sir o‘tkazishning keyingi usuli – bu axborotni vizual, tovushli va 
boshqa ogohlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan maxsus "I-stop" uslubi, bu kontent bilan ma’lumotlarni 
olish uchun maxsus harakatlar bilan shug‘ullanish. 
O‘z-o‘zini anglash – shaxsning ichki tuzilishi, faol xotiraning bir qismi sifatida o‘zini kundalik 
hayotda boshqarishni o‘z ichiga oladi. Asosiy sabab – obrazning uyg‘unligi uchun ideal, real, 
vaziyatli, umumlashtirilgan "I" ga nisbatan o‘z nuqtai nazarini kengaytirish. Bundan tashqari, 
amerikalik tadqiqotchi M.K. Malxotraning fikriga ko‘ra, faol hayot kechirish, ob’ektning o‘zini 
tushunish jarayonida tovarlar uyg‘unlikni saqlash va noqulaylikni bartaraf etish uchun yaratilgan 
obrazga muayyan hissa qo‘shadi, inson o‘zining "ideal"ini yaratadi. O‘z-o‘zini anglashning bir qator 
tushunchalari mavjud: 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish