Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

 
UDK: 15 (09) 
JAMOATCHILIK NAZORATINING SOTSIAL-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI 
 
F.X.Kuchkarova
Samarqand davlat universiteti 
Annotatsiya.
Ushbu maqolada fuqarolar psixologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarda, 
ularning hayotga, qadriyatlarga, kasb-kori, oilasi va yaqinlariga bo‘lgan munosabatlarida milliy 
istiqlol mafkurasining asosiy mazmun va mohiyati aks ettirilgan. Shuningdek, ijtimoiylashuv va 
tarbiya jarayonlari maxsus tarzda uyg‘unlashtirilgan. 
Kalit so‘zlar:
madaniyat, munosabat, axloq, axloqiy qadriyat, ijtimoiy qadriyatlar, tasavvur, 
e’tiqod, motivasiya. 
 
 


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
139 
C
оциально-психологические механизмы общественного контроля 
Аннотация.
В этой статье раскрыты особенности национальной независимой 
идеологии в изменениях психологии граждан, их жизни, ценности и отношение к близким. А 
также обобщены социализация и процесс воспитания.
Ключевые слова:
культура, отношение, мораль, моральная ценность, социальная 
ценность, воображение, вера, мотивация.
Socio-psychological mechanisms of public control 
Abstract.
This article is about changes in citizens’ psychology, their lives, values, professions 
and attitudes to relatives due to national independence ideology. Sociality and proves of upbringing 
specially are generalized in it. 
Keywords:
culture, attitude, moral, moral value, social values, imagination, belief, 
motivation. 
Yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarda, ularning hayotga, 
qadriyatlarga, kasb-kori, oilasi va yaqinlariga bo‘lgan munosabatlarida tobora milliy istiqlol 
mafkurasining asosiy mazmun va mohiyati aks etmoqda.
Biz qurayotgan fuqarolik jamiyatida ijtimoiy norma, nazorat va ijtimoiy fikrning o‘z o‘rni va 
ahamiyati bor. 
Jamoatchilik nazorati tushunchasi mazmun nuqtayi nazardan “jamoa”, “jamoatchilik”, “nazorat” 
so‘zlarining mantiqiy maqsadli uyg‘unlashuvi mahsulidir. Hozir va o‘tmishda, vatanimiz yoxud 
xorijiy mamalakatlar tadqiqotlari bu terminlar mazmuniga turli talqin berib, ularga maqsaddan kelib 
chiqadigan ma’no yuklatib kelingan. Xususan, aksariyat tadqiqotlarda jamoatchilik nazoratining 
tarkibiy qismi bo‘lgan “nazorat” tushunchasi “tasavvur”, “muhokama”, “qarashlar”, “mulohazalar”, 
“ishonch”, “e’tiqod”, “lafz”, “fikr bildirish”, “plyuralizm” va hokazo terminlarga sinonim tushuncha 
sifatida ham talqin etiladi.
Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini 
ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, 
uning axloq – ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o‘ziga ham bog‘liqdir. Odamning 
o‘z-o‘zini anglashi, bilishi va o‘z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o‘ziga, o‘z ichki 
imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq – 
shaxs tomonidan uni o‘rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e’tibor berishdan tashqari, 
o‘zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali rollarni 
muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi. 
Ijtimoiy norma – shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‘z a’zolari xulq-atvoriga 
nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talablaridir. 
Ijtimoiy normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili bo‘lmish shaxs tomonidan qay 
darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi ijtimoiy sanksiyalar orqali nazorat qilinadi. 
Ijtimoiy sanksiyalar – normalarning shaxs xulqida namoyon bo‘lishini nazorat qiluvchi jazo va 
rag‘batlantirish mexanizmlari bo‘lib, ularning borligi tufayli biz har bir alohida vaziyatlarda ijtimoiy 
xulq normalarini buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri obyektiga aylanib qolmaslikka harakat 
qilamiz. 
Ijtimoiylashuv – inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot, faoliyat jarayonida uni 
faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv – har bir shaxsning 
jamiyatga qo‘shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir 
harakati va muomalasida uni ko‘rsatishi va kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o‘z navbatida 
o‘zgalarga ta’sirini o‘tkaza olishi jarayonidir. 
Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga 
oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko‘rsatilayotgan ta’sir oddiy, mexanik tarzda 
o‘zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtayi nazaridan 
turlicha subyektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta’sirlar 
odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. 
Jamoatchilik nazorati jamoatchilik fikridan kelib chiqadi. 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish