ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 4-son
140
Jamoatchilik fikri – xalq istaydigan narsani bilishning noorganik uslubidir (Gegel), jamoatchilik
fikrida hamisha haqiqiy bo‘lmagan narsalar chatishib ketsada, u har bir davrda katta kuchga ega bo‘lib
kelgan.
Jamoatchilik fikri atamasi inglizcha “publik opinioh” so‘z birikmalaridan olingan bo‘lib, u XVII
asrda dastlab Angliyada qo‘llanilgan. Keyinchalik boshqa mamlakatlarga o‘tib, XVIII asr oxiridan
boshlab keng tarqalgan. “Jamoatchilik” tushunchasi eng qadimgi davrlarda, xususan, kuhna Ellada va
Rim davlatlari siyosatida muhim o‘rin tutgan bo‘lib, unga xalq fikri nuqtayi nazaridan qarab kelingan.
Movarounnahrning ko‘p yillik tarixida jamoatchilik termini muqaddas tushunchalardan sanalib,
shaxs va jamoa munosabatlarida birlamchi o‘rin tutib kelgan. U shaxs tug‘ilganidan boshlab butun
hayoti davomida muayyan mayoq vazifasini o‘tab, tartib qoidalar, tuzuklar, qonunlar, urf-odatlar va
an’analar tarzida amal qilib kishilarning xatti-harakatlari, uy-fikrlari, orzu va rejalarini muayyan
maqsadlar sari yo‘naltirib kelgan.
Bu borada Abu Nasr Forobiyning sotsial psixologiya fani uchun zaruriy manba hisoblanuvchi
quyidagi asari va fikrlari oradan ko‘p asrlar o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan. 37 mustaqil bobdan iborat «Kitob aro ahl al madaniya al fozila» («Fozil shahar
aholisining fikrlari») nomli fundamental asarda shunday fikrlar bor:
Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning
aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-baravar bo‘ladi, kishilar o‘rtasida
farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin
ma’nosi bilan ozod bo‘ladilar. Biri ikkinchisiga xo‘jayin bo‘lmaydi. Odamlarning tinchlik va
erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton (ya’ni podshoh) bo‘lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar,
zavq-lazzat paydo bo‘ladi.
Ularning o‘zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar, hokimi mutlaq bo‘lmaydi. Ular odamlar
ichidan ko‘tarilgan, sinalgan, eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. Shuning uchun
bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan mudofaa
qiladilar. Bunday rahbarlar hammaga barobar munosabatda bo‘ladilar, hatto hammaning manfaatini
o‘zlarining manfaatlaridan ortiq ko‘radilar, umumning manfaati uchun o‘zlarining shaxsiy
manfaatlaridan kechadilar, xalq manfaati uchun o‘zlaridagi kuch-quvvat va boyliklarini ayamaydilar.
Forobiy fikrini davom ettirar ekan, ijtimoiy hayotdagi salbiy holatlarni tahlil qilib beradi:
Ammo, ba’zi shahar (yoki mamlakat)lar bo‘ladiki, ularda butun xalqning fikri-zikri, aql-idroki
boylik to‘plash, mol-dunyo orttirishga qaratilgan bo‘ladi. Ulardan chiqqan rahbarlar ham rahbarlikni
mol-dunyoni ko‘paytirishda deb biladilar. Shuning uchun ham ular erta-kech mol-dunyo to‘plash
harakatida bo‘ladilar. Bunday rahbarlarning qo‘l ostida ishlagan shahar xalqlarida turli buzuq odatlar,
shahvoniy nafs, bir-birini ko‘rolmaslik, nizo-janjallar paydo bo‘ladi. Ana shunday shahar xalqlaridan
xislatlari, mayllari turlicha bo‘lgan avlod tug‘iladi.
Haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar –
fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi – fazilatli jamoadir.
Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq – fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha
xalqlar baxtga erishish uchun bir-birlariga yordam bersalar, butun yer yuzi fazilatli bo‘ladi.
Jamoatchilik nazorati kishilarning u yoki bu hodisaga nisbatan bildirgan e’tiroziy yoxud
e’tirofiy munosabatlari, taklif va istaklari yig‘indisidir.
Jamoatchilik nazorati mohiyatini umumiy tarzda va to‘g‘ri baholashda amerikalik sotsiolog U.
Lipmon nuqtayi nazari e’tiborga loyiqdir. Jamoatchilik nazorati deb ta’kidlaydi u, kishilarning
umumiy, jamoaviy manfaatlari ifodasidir.
Shunday qilib, jamoatchilik nazorati ijtimoiy ongning axloq, siyosat, san’at, din singari
shakllardagi ma’lum holati va ayni chog‘da mazkur sohalarda uning nechog‘li namoyon bo‘lish
mezoni hamdir.
XXI asr bo‘sag‘acida jamoatchilik nazoratining yuzaga kelishi, shakllanishi va amal qilishi
jarayonlarida hamda uning ta’sir ko‘lami kengayishida ilmiy bilimlar ishtiroki har tomonlama orta
boshladi. Bu narsa xalqaro “Ekosan”, “Grinpis” singari uyushmalar faoliyatlarida ekomuhitni saqlash
borasida amalga oshirilayotgan xalqaro dasturlar, yadro quroli sinovlarining tabiiy muhitga
ko‘rsatayotgan zararlarni asoslab ilgari surilayotgan ijtimoiy talablar, planetamiz imkoniyatlari va
resurslaridan xo‘jasizlarcha foydalanishga qarshi harakatlarida yaqqol ifodasini topmoqda.
Jamoatchilik nazorati quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1.
Direktiv, ya’ni qarorlar qabul qilishda jamoatchilikning keng ishtiroki.
Do'stlaringiz bilan baham: |