Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
 
FALSAFA 
 
2017-yil, 4-son 
38 
normalaridan voz kechilganidan soʻng jamiyatda paydo boʻlgan gʻoyaviy boʻshliqdan foydalanib
chetdan biz uchun mutlaqo yot boʻlgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini oʻz ichiga olgan 
“ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Tabiiyki, “ommaviy 
madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zoʻravonlik, individualizm, egosentrizm 
gʻoyalarini tarqatish, kerak boʻlsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming 
yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qoʻporishga 
qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qoʻymaydi. [ 1, 117 ] 
Globallashuv sharoitida jahondagi koʻpgina rivojlangan davlatlarning geopolitik maqsadlari va 
manfaatlari muayyan geografik hududlar bilan chegaralanib, kuchli axborot texnologiyalariga ega 
boʻlgan davlatlar oʻzlari ishlab chiqqan axborotni tarqatish yoʻli bilan muayyan hududlar, davlatlar,
mamlakatlar ustidan avval gʻoyaviy, keyin esa siyosiy, iqtisodiy va madaniy hukmronlik qilishga 
harakat qilib kelmoqdalar. Axborot ommaviy axborot vositalari (OAV) hamda internet orqali keng 
koʻlamda tarqatilmoqda va targʻib qilinmoqda. Turli ommaviy axborot vositalari, televidenie, radio, 
davriy matbuot oʻziga xos psixologik ta’sir koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlib, Internetning paydo 
boʻlishi bilan ommaviy kommunikatsiya, axborot yetkazish imkoniyatlari nihoyatda kuchayib ketdi. 
Hozirgi davrda globallashuv jamiyat hayotining barcha sohalariga bevosita ta’sir koʻrsatayotgan bir 
sharoitda milliy ma’naviyat, milliy oʻzlikni anglash, ma’naviy tiklanish, ma’naviy yuksalish 
jarayonlariga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida 
jadid ma’rifatparvar Abdurauf Fitratning quyidagi fikrlarini keltiradi. “Xalqning aniq maqsad sari 
harakat qilishi, davlatmand boʻlishi, baxtli boʻlib izzat-hurmat topishi, jahongir boʻlishi yoki zaif 
boʻlib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, oʻzgalarga tobe va qul, asir boʻlishi 
ularning oʻz ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bogʻliq”. Bugungi kunda yon-atrofimizda 
diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy 
madaniyat” degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan 
boʻlsak, bu soʻzlarning chuqur ma’nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon boʻladi. [ 2, 3 ] “Ommaviy 
madaniyat” ham taalluqli boʻlgan turli zararli gʻoyalar va mafkuralarga qarshi kurash masalasi 
Prezident Sh.Mirziyoyevning boshqa nutq va ma’ruzalarida ham oʻz ifodasini topgan boʻlib, 
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan Vatan 
himoyachilariga bayram tabrigida quyidagi fikrlar bayon qilingan edi: “Barchamizga yaxshi 
ma’lumki, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har 
tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon boʻladi. 
Shuning uchun ham fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot boʻlgan zararli ta’sirlarga qarshi mustahkam 
immunitetni shakllantirish va Vatanimiz taqdiri uchun mas’uliyat tuygʻusini mustahkamlash boʻyicha 
aniq chora-tadbirlarni koʻrishimiz shart [ 3, 2 ]. 
Mustaqillikdan keyingi oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekiston mustaqilligining huquqiy me’yoriy 
asoslari yaratildi, asosiy qonun – Konstitutsiya qabul qilindi. Milliy davlat tizimi an’anaviy 
davlatchilik gʻoyalari va jahon davlatchiligi ilgʻor tajribalarining sintezi shaklida barpo etildi.
Boshqaruvda yangi usullar qaror topdi. Mahalliy davlat hokimiyati tizimi tubdan oʻzgarib, nodavlat – 
notijorat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari kengaytirildi.
Oʻzbekistonda “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili amalga oshirila boshlandi.
Oʻzbekistonda amalga oshirilgan islohotlar hamda globallashuv sharoitida jamiyat hayotining 
turli sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlari koʻrib oʻtiladigan boʻlsa, eng avvalo 
Oʻzbekistonda koʻppartiyaviylik tizimi shakllantirildi, jamiyat hayotida sogʻlom demokratik
jarayonlar muhiti vujudga keltirildi. Inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy 
asoslari vujudga keltirilib, sud hokimiyati hozirgi zamon xalqaro huquq tamoyillari negizida tubdan 
isloh qilindi. Milliy xavfsizlik konsepsiyasi ishlab chiqilib, mamlakat hududiy yaxlitligini va 
tinchligini ta’minlashga qodir boʻlgan zamonaviy qurolli kuchlar tizimi yaratildi. Shuning uchun 
bugungi kunda ijtimoiy hayotdagi yangilanish jarayonlari iqtisodiyotni ham, boshqarishni ham
ma’naviy hayotni ham, sud-huquq tizimini ham, mamlakat mudofaasi, qurolli kuchlarini ham qamrab 
olgan keng qamrovli jarayondir.
Oʻzbekistonda jamiyat hayotini modernizatsiya va isloh etish jarayoni bosqichma-bosqich
amalga oshirilib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oldi. Respublikada xususiy mulkka 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish