Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
 
FALSAFA 
 
2017-yil, 4-son 
37 
matbuot, radio, televidenie kabi hodisalarni oʻzida birlashtiruvchi ommaviy axborot vositalari (OAV) 
jamiyat hayotiga ulkan ta’sir oʻtkazish imkoniyatiga ega. Radio, televidenie, Internet eng soʻnggi 
ilmiy yangiliklarni qisqa vaqtda butun dunyoga ma’lum qilishga, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va 
san’at yutuqlaridan har bir odam foydalana olishiga zamin yaratmoqda. Internet bugungi axborot 
makonining muhim boʻgʻiniga aylanib, bugungi kunda Internetdan nafaqat kompyuter tarmogʻi, balki 
boshqa sohalarda ham foydalanilmoqda. 
Ma’naviy hayotdagi globallashuv jarayonlari, ommaviy axborot vositalari, Internet, radio, 
televidenie, uyali aloqa vositalari orqali axborotni yetkazishning faollashuvi ham ijobiy ham salbiy 
oqibatlarni keltirib chiqarib, bir tomondan ma’naviy globallashuv natijasida ma’naviy hayotimizga 
kirib kelayotgan ilm-fan, madaniyat va san’at, ma’naviy meros ijobiy ahamiyatga ega boʻlsa, ikkinchi 
tomondan turli zararli gʻoyalar hamda mafkuralarning jamiyatimiz ma’naviy hayotiga kirib kelishi 
barkamol avlodni tarbiyalash, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash vazifasini dolzarb 
masala sifatida kun tartibiga qoʻydi. Shuning uchun ham bugungi kunda ommaviy axborot vositalari 
hamda yangi texnologik vositalar asosida xalqimiz hayotida sodir boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlar 
haqida hikoya qiluvchi chuqur tahliliy ma’lumotlarni muntazam berib borish, fuqarolarning ijtimoiy 
faolligini kuchaytirish, turli ijtimoiy toifa va guruhlarning qiziqish va intilishlari, hayotiy manfaatlarini 
yoritish, fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tamoyilini 
ijtimoiy hayotga keng tatbiq qilish har qachongidan ham dolzarbroq ahamiyat kasb etmoqda.
“Ommaviy madaniyat” bu – bir guruh shaxslar tomonidan oʻylab topilgan va ongli ravishda 
targʻib qilinadigan, biror millat madaniyatiga dahli boʻlmagan gʻoyalar va udumlar yigʻindisidan 
iboratdir. Ommaviy madaniyat bir oʻlchamli hodisa boʻlmay, u oʻziga xos tur va darajaga egadir. 
Hozirgi zamon madaniyatshunosligida ommaviy madaniyatning 1. Kich, 2. Mid, 3. Art
madaniyatlaridan iborat uchta asosiy darajasi koʻrsatiladi. Kich – madaniyat, bu past darajadagi 
vulgar, behayolar madaniyati, Mid – madaniyat, bu “oʻrtamiyona” madaniyat, Art – madaniyat, bu 
ma’lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega boʻlgan madaniyatdir. “Kich” soʻzi nemislarning 
“kitchen” soʻzidan hosil boʻlgan va saviyasi past, arzon va joʻn asar yaratib, sotishni bildiradi. Mid – 
madaniyatning qamrovi keng va darajasi ancha baland boʻlib, u an’anaviy madaniyatning ayrim 
xususiyatlarini aks ettirsa ham, ommaviy madaniyatga bevosita taalluqlidir. Art madaniyati odatda
aholining bilimli qismiga moʻljallangan ommaviy madaniyatdir. 
“Ommaviy madaniyat” bozordagi tovarga aylanib, muayyan xususiyatlar kasb etdi. Chunki, 
talab, taklif, raqobat kurashiga asoslangan iqtisodiy munosabatlar, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab 
chiqarilgan mahsulotni xaridorga taklif qilish jarayonida uning goʻzalligi, ixchamligi, xaridorning 
talab, ehtiyojiga toʻgʻri kelishini hisobga olish, mahsulotning dizayni va reklamasiga e’tiborni qaratish 
“ommaviy madaniyat”dan tijorat sohasida foydalanish imkoniyatini yaratdi. Chunki turli rasmlar, 
buyumlar, san’at turlari va namunalarida ham “ommaviy madaniyat”ga tayanilmoqda. Axborotlashgan 
jamiyat sharoitida “ommaviy madaniyat”ni targʻib qilish, tarqatish imkoniyatlari nihoyatda kengayib 
ketdi. “Ommaviy madaniyat”ning tub zamirida tijorat, moddiy manfaatdorlik mavjud boʻlib, asosiy 
maqsad foyda olishga qaratilganidan soʻng odob, axloq, ta’lim, tarbiya, insoniylik degan 
tushunchalarga qarama-qarshi ravishda axloqiy buzuqlik va zoʻravonlik, individualizm va 
egotsentrizm gʻoyalari ham keng miqyosda targʻib tashviq qilina boshlandi.
XX asrning oʻrtalaridan “ommaviy madaniyat”ga ommaviy axborot vositalari kuchli ta’sir 
oʻtkaza boshlagan boʻlsa, asr oxiriga kelib va XXI asrning boshlarida bu ta’sir yanada kuchaydi. 
“Ommaviy madaniyat” yoki Gʻarbda aytilganidek “populyar kultura” bugungi kunda xalq va 
millatlarning mumtoz madaniyatiga, san’atiga, uning boyliklariga qarshi kurashib, uning yutuqlarini 
inkor qilib kelyapdi.
Shuning uchun bugungi kunda “ommaviy madaniyat”ning ma’naviy-axloqiy tubanliklaridan 
davlatimiz fuqarolari, eng avvalo, yoshlarni asrab avaylash, ularni ogohlikka da’vat etish, oʻsib 
kelayotgan yosh avlodimizning dilini, ruhiyatini, aql-idroki va umuman ma’naviyatini diniy 
aqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda jahonda yuz berayotgan siyosiy, 
mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy manfaatlar yoʻnalishidagi kurashlarning xatarli ta’siridan 
muhofaza qilishni ham oʻz ichiga oladi. Inson ongi va qalbi uchun kurash esa, eng avvalo, axborot 
orqali, gʻoyaviy, mafkuraviy ta’sir koʻrsatish orqali olib boriladi. Biz yurtimizda yangi hayot 
asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim, - degan edi Oʻzbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov, - Ya’ni, kommunistik mafkura va uning axloq 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish