Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

Urf-odatlar
. Ushbu meyoriy tizim xulq-atvorning erkin moslashuvchi, shu sababli odatga 
aylangan tarixiy shakllangan namunalari, asosan kishilarning birga yashash qonuniyatlarini 
ifodalaydi. Axloqiy meyorlardan farq qilib, urf-odatlar aniq va bir xil, bazan toʻla shakllangan 
koʻrinishga ega boʻladilar. 
4. 
Diniy meyorlar
. Ushbu tizim juda qadimiy boʻlib, diniy talimot tavsifiga koʻra diniy 
meyorlar ham turlicha boʻladi. Shuningdek, mazmuniga koʻra, diniy meyorlar turli, huquqiy, axloqiy, 
urf-odat, estetik va tashkiliy meyorlarni oʻz ichiga oladi va shu sababli koʻpincha yuqoridagi meyoriy
tizimlarning har birining boshqaruv xususiyatlarini qamrab olishi mumkin. Diniy meyorlar ichki 
taqiqlar bilan birga tashqi taqiqlar orqali ham tasir qiladi. Tarixiy tajribada, hamda hozirgi jarayonlar, 
ayniqsa islom davlatlarida aksariyat diniy meyorlar dindorlar uchun kuchli tasir vosita ekanligini 
koʻrsatmoqda.


ILMIY AXBOROTNOMA 
SOTSIOLOGIYA
 
 
2017-yil, 4-son 
51 
Ijtimoiy olamga tegib oʻtadigan axloqiy qoidalarni bajarishga harakatning yakuniyligiga 
qaramasdan, u global hayotiy asoslarga yoʻnalgan yoʻnalishni nazarda tutgan empirik olam doirasidan 
chiqib ketishi mumkin. O.M.Nogovisin Kant erkinligi unga tegishli axloqiy qonun bilan bogʻliqligi 
“ya’ni nafaqat tabiiy, empirik xarakterli zaruriyat[5]”ga e’tibor qaratgan. Oliy axloqiy asosning 
mavjudligi inson hayotining chuqur manbalari va qadriyatlarini anglash bilan bogʻliq. Axloq oʻzining 
oliy “moddiy” koʻrinishida nafaqat kundalik muloqotda, balki makroolamning umumiy qonunlarini 
anglash va tushunish bilan bogʻliq hayotni anglash uslublarini aniqlash yordamida ham aniqlanishi 
mumkin.
G.B.Leybnis barcha tirik organizmlarning hayotini barcha oliy moddiyotni umumlashtirish 
orqali oʻzaro bogʻliq mavjudotlar hayoti kabi koʻrib chiqqan. Ushbu moddiyotni faqatgina oliy ongga 
ega mavjudotlar tushuna oladi. Ularning har biri ushbu iyerarxiya uchun belgilangan va mavjud 
oʻrnini anglashi mumkin. U faqat har bir mavjudot oʻzining ma’naviy va intellektual kamoloti 
darajasiga binoan yaqin yoki yiroq, chuqur yoki yuzaki oʻrganishi mumkin. Lekin ulardan hech biri 
boshqasiga yaqin kelish, u bilan bogʻlanish jarayonini his qilish imkoniga ega emas. 
Ijtimoiy hamjihatlik sharti barchaning hamkorlikda tinch yashashi hisoblanadi. Uning tarkibiga 
muntazam belgilangan shartnoma, shuningdek, barchani qamraydigan va yetaklaydigan axloqiy 
ezgulik mavjudligi yoki uni topish kiradi. Bundan tashqari, u har bir jonzotning imkoniyatlari va 
qobilyatlariga mos muayyan iyerarxiyani ham nazarda tutadi. Ijtimoiy iyerarxiya natijada ijtimoiy 
hamjihatlikning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Mavjud iyerarxiyaning muayyan darajasida ijtimoiy hayotning alohida ishtirokchisi jamiyat 
tomonidan qanchalik baholanishi va oʻz vaziyati hamda bajaradigan vazifalari xarakterini qanchalik 
oqlay olishiga bogʻliq. Shu sababli, ijtimoiy iyerarxiya masalasi ijtimoiy adolat masalasi bilan bevosita 
bogʻliq. Ushbu masalani oʻrganishda jamiyat hayotiga insonning qoʻshgan ulushini ragʻbatlantirish va 
intellektual hamda ijodiy imkoniyatlar kabi har bir kishi va hamma uchun mavjud imkoniyatlar 
masalasini ham hisobga olish zarur.
Professional mashgʻulotning muayyan turini tanlashda berilgan imkoniyatlarning tengligi ham 
muhim hisoblanadi. Misol uchun, bir ixtisoslikdan koʻra boshqa ixtisoslik koʻproq talabgor boʻlsa, 
uning vakillari qadrlanib, boshqa ixtisoslik egalaridan koʻra koʻproq ragʻbatlantirilsa, bu jarayon 
jamiyatning alohida a’zolarida yotlashish tuygʻularini hosil qilib, jamiyatning tashkiliy hayotini 
yemiradi. 
Jamiyatning har bir a’zosi faoliyatining birdamligini bugungi kun uchun emas, balki kelajak 
hayot uchun jiddiy va foydali jihat sifatida qabul qilinishi zarur. D.Roulz “biz a’zolari erkin institutlar 
tomonidan qoʻllanadigan individuallik va barkamollikdan faxrlanadigan insonlar jamiyati 
tushunchasiga keldik; ular har bir kishining ezguligini umumiy faoliyat elementi deb hisoblab, uning 
umumiy tuzilmasi e’tirof etildi va barchaga yoqdi [8]” deb yozadi. Shu tarzda, ijtimoiy 
hamjihatlikning eng muhim shartlaridan biri boʻlgan ijtimoiy adolat tinch va barqaror hayotning 
shartlaridan biri boʻlgan jamiyatning har bir a’zosining intellektual va ijodiy tabiati imkoniyatlari bilan 
bevosita bogʻliq. 
Jamiyat va uning tarkibiy qismlari munosabati muammolari tizimli tahlilida zamonaviy 
mualliflar fikrlari bilan bir qatorda, inson va borliqning turli tizimlari munosabatining koʻp qirrali 
tasnifiga ega klassik falsafiy fikr tajribasini ham hisobga olish shart. V.N.Filippov “inson moddiyot 
harakatining rivojlanuvchi shakllarining integral mohiyati va asosan biz bilmagan yoki kam biladigan 
shakldir[9]” deydi. Makroolamga nisbatan turlicha boʻlgan inson tabiati qanchalik murakkab 
boʻlmasin, oʻzida barcha insoniy munosabatlarning ham moddiy, ham ma’naviy tomonlarini 
qamragan, hayotning turli tomonlarida insonlarni bogʻlaydigan va munosabatlarni mustahkamlaydigan 
ijtimoiy mavjudotlarning barqaror munosabatlari manbasini topish shunchalik zarurdir.
Inson borligʻining “individual” yetakchi dominantlariga ega va jamiyatga nisbatan insonning 
funksional, moddiy va ma’naviy tegishliligi hissini ta’minlaydigan ijtimoiy hayot jarayonlarini 
ta’kidlash joiz. Insonni hayotning siyosiy, madaniy va xoʻjalik sohalariga “yaqin tegishliligini” va 
taxmin qiladigan ijtimoiy moslashish jarayonlari ham muhim hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, ushbu 
jarayonlar insonning jamiyatdan uzoqlashtiradigan jamiyat ichidagi har bir shaxsning individual 
sifatlar va qobiliyatlarni cheklamasligi kerak. Ushbu shartning ijrosi jamiyat va inson munosabatlarida 
barqarorlikka olib keladi. Muntazam oʻzgarib turadigan jamiyat har bir inson faoliyati natijasi boʻlgani 
uchun, oʻzi yaratuvchi boʻlgan inson hayotning turli jabhalariga ijtimoiy borliqning ta’sirini tan oladi. 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish