ILMIY AXBOROTNOMA
SOTSIOLOGIYA
2017-yil, 4-son
52
Bu vaziyatda subyektiv boshlanish obyektivligi bilan qarama-qarshi qoʻyilmaydi, aksincha qoʻshilib
ketadi: “Subyektivlikning tasnifi qanday boʻlsa, ijtimoiy (iqtisodiy, ekologik, siyosiy, huquqiy, etik,
estetik, diniy, ilmiy) hayotning barcha jabhalarida subyekt amaliyoti tasnifi shunday boʻladi. Shu
sababli, ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi ijtimoiy-tarixiy va individual amaliyot mohiyati va
tasnifi alohida inson, shuningdek, jamiyatning jamoaviy subyektlari- ijtimoiy guruhlar, qatlamlar,
sinflar, davlatlar, dunyo tizimlari va insoniyat mazmuniga bogʻliq” [10].
Barcha uchun barqaror jismoniy mavjudlik muhim boʻlgani uchun inson qadriyatlari tarkibidan
biri moddiy ishlab chiqarish sohasi boʻladi. Inson taraqqiyotining erta bosqichlarida u eng oddiy
xoʻjalik ishlari yuritgan boʻlib, yolgʻiz qolganda, qulay tabiiy va iqlim sharoitlarda oʻziga mos moddiy
ta’minot darajasini ta’minlashi mumkin boʻlgan. Insonlar hayoti murakkablashgan, taraqqiyotning
yuqori bosqichlarida ular hayot faoliyati jarayonida oʻz faoliyatlarini farqlay boshladi. Oddiy
jamiyatlarni koʻp bosqichli iqtisodiy tizimlariga ega murakkablari bilan qiyoslagan E.Dyurkgeym
murakkabroq jamiyatlarda insonlar bir-biriga tobe boʻladi, chunki har biri u yoki bu moddiy buyumlar
ishlab chiqarish sohasida tor xoʻjalik ixtisosligiga ega boʻlib, boshqasining mehnat mahsuliga ehtiyoj
sezadi[11]. Shu tarzda, birdamlikning ijtimoiy-siyosiy sohalarini e’tiborga olsak, hokimiyat
tashkilotlari tomonidan ijtimoiy muhofaza maqsadida jamiyat a’zolariga umumiy gʻoyalar va
paradigmalar majburan kiritiladi. Jamiyatning iqtisodiy tomoni esa bir butun xoʻjalikning barchasi va
har birini ongli va ixtiyoriy bogʻlashdir.
Qadriyatlar tizimi orqali bogʻlanadigan jamiyatda hayotni amaliy egallash va uning global
axloqiy asoslarini anglash kiradi. Ulardan biri din boʻlib, u muayyan aksiologik yoʻnalishlar vositasida
jamiyatning turli a’zolari oʻrtasidagi “makonli” ta’sirni ta’minlash va oʻtib ketgan hamda yashayotgan
avlod oʻrtasidagi oʻzaro ijobiy ta’sir sharti sifatida oʻrganilishi mumkin. Bu holatda diniy qadriyatlar
zamonaviy dunyoqarash bilan qarama-qarshi boʻlmay, ular bilan bogʻlanib, ularni toʻldirishi muhim
boʻladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ijtimoiy hamjihatlik shaxs tomonidan jamiyatni turli tomonlarini
anglashda birinchi qadamdir. Hamjihatlik ijtimoiy zaruriyat bilan yaqindan bogʻliq boʻlib, insonni
maqsadli va ongli ravishda ma’lum bir ijtimoiy tizim yaratishda ishtirok ettiradi. U har bir jamiyatning
alohida ishtirokchisi barqarorligi va xavfsizligini kafolatlaydigan ijtimoiy norma va institutlarni tan
olganligi bilan bogʻliq va shu sababli mohiyatan ratsional hamjihatlik deb ta’riflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |