ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2017-yil, 4-son
21
mehnatkashlarning turmush darajasini oshirishga qaratilgan va bu hududiy rivojlanish hamda ijtimoiy
barqarorlikka salmoqli hissa qoʻshish imkonini beradi. Xalqlar oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlash
ishiga, iqtisodiyotni rivojlantirish va Oʻzbekistonning chetga mahsulot chiqarish salohiyatini
kengaytirishga qoʻshgan ulkan hissasi, shuningdek, erishilgan barqaror yuqori ishlab chiqarish va
ijtimoiy koʻrsatkichlari, mineral xom ashyo boyliklardan samarali foydalanishni oshirishdagi,
zamonaviy texnologiyalarni joriy etishdagi, yetakchi chet el kompaniyalari bilan hamkorlikni
mustahkamlashdagi samarali faoliyati uchun kombinat 2000-yilda “Doʻstlik” ordeni bilan
mukofotlangan.
Kombinat boʻlinmalari joylashgan Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod, Zafarobod
shaharlari temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, Respublikaning energiya tizimiga birlashgan elektr uzatish
leniyalari bilan oʻzaro bogʻlangan va markazlashgan issiqlik va suv ta’minoti, zamonaviy turar joy
fondi, ijtimoiy soha obyektlarini oʻzida mujassam etgan mustaqil hayot ta’minoti tizimiga ega. Bu
yerda turmush farovonligi u yoki bu darajada NKMK bilan bogʻliq boʻlgan 59 ming kishidan ortiq
mehnat jamoasidan iborat 350 mingga yaqin kishi yashaydi va mehnat qiladi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, mustaqil Oʻzbekiston ulkan imkoniyatlar
mamlakatidir. Respublikamiz tabiiy-joʻgʻrofiy joylashuvining oʻzi ham bu imkoniyatlarga yoʻl ochadi.
Sobiq ittifoq davrida biz oʻz imkoniyatlarimizni anglash huquqidan mahrum edik. Chunki mustamlaka
davlatning fuqarolari ikkinchi darajali shaxslar edi. Mustaqillikdan soʻng ham sobiq ittifoq bu
boyliklarni Oʻzbekiston qoʻliga osonlik bilan berib qoʻyishni istamadi. Ammo, Oʻzbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning shaxsiy tashabbusi bilan biz oʻz haqqimizga ega
boʻldik. NKMK kelajakda 100 yillarga yetadigan loyihalarni qoʻllab ishlamoqda. Oʻzbekistonnning
sanoat lakomativi boʻlgan ushbu korxona bugun ishlab chiqaradigan mahsulot koʻlamini kengaytirib
mamlakatimiz iqtisodiy potensialini yuqori darajaga koʻtarmoqda. Bu kabi rivojlanishlar tarixda oʻz
oʻrniga egadir.
Аdabiyotlar
1 Каримов И. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.-Т. Ўзбекистон. 2011 й.
169-бет.
2. Zarafshan 1965-2010 Зарафшан. Рук. Ред.гр. Н.Снитка. Самарканд. “Yangiyoʻl poligraph
servis”. 2010 г.
3. Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари. Чоризм ва совет мустамлакачилиги даврида
Ўзбекистон миллий бойликларини ўзлаштирилиши. Мас.муҳ.Д.Алимова. Т. Шарқ.
2001й. 210-б.
4. Кучерский Н. Концерн в пустыне // звезда востока, 1992. № 4. С.6-7.
5. Каримов. И. Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма уч йиллигига
бағишланган тантанали маросимдаги табрик сўзи
/ Халқ сўзи. 2014. 01- сентябр.
6. Каримов.И. Хавфсизлик ва барқарорлик йўлида.6-жилд. Т.,Ўзбекистон. 1998 йил. 182-
183 бет.
7. NKMK markaziy arxivi I-19.fond 1853-ish.17-b.
8. Bizning yutuqlarimiz. Bosh sahifa.
www.ngmk.uz
9. Eng yangi texnologiyalar. Bosh sahifa.
www.ngmk.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |