ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2017-yil, 4-son
20
oʻrnatilgan. Jahon bozorida oltin bahosining oʻsishi hisobga olinib, Respublika rahbariyati tomonidan
oltin ishlab chiqarishni jadallashtirish vazifasi qoʻyildi. Ushbu vazifaning kombinatda bajarilishi yirik
investitsiya loyihalarining asosi boʻlgan jahon sifat standartlari darajasida yuqori samarali resurs
tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash hisobiga amalga oshirilmoqda. Ularni amalga oshirish Muruntau
konining xom ashyo bazasining kamaya borishiga koʻra kombinat boʻyicha oltin ishlab chiqarishni
uzoq vaqt davomida saqlab qolish imkoniyatini beradi. Yangi, zamonaviy texnika va uskunalar bilan
jihozlangan kon-metallurgiya korxonalarining ishga tushirilishi, tayyor mahsulot eksporti hajmining
oshishi Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan islohotlarning natijasidir.
Chiqarilayotgan mahsulotlar koʻpgina turlarining sifati eng yuqori jahon standartlariga mos
keladi. NKMK Respublikada birinchilardan boʻlib 2006-yilda sifat, ekologiya, sanoat xavfsizligi va
sogʻlik menejmenti tizimini kiritdi. [7].
Oltin tarkibli ma’danlarni qazish va qayta ishlash boʻyicha NKMK sanoat kompleksi yillar
davomida yuqori texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan turgʻun ishlab kelmoqda. Respublika
mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 1,5 baravarga oshdi. Bu yutuqlar amaldagi korxonalarni
toʻliq texnik qayta jihozlash hisobiga, yangi ishlab chiqarishlarni qurish hisobiga, shuningdek oltin
ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli oshiradigan eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy qilish
hisobiga erishildi. Bunday yoʻnalishlardagi ishlarga birinchi navbatda NKMKning INTEGRA
GROUP(AQSh), "Integra" YoAJ (Rossiya), Vnipipromtexnologiya (Rossiya), Toshkent davlat texnika
universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi seysmologiya instituti, Ukraina Milliy
konchilik akademiyasi tabiatdan foydalanish va ekologiya muammolari instituti bilan hamkorlikda
bajargan tadqiqotlari kiradi. Ochiq konlarni loyihalash, qurish va foydalanish tajribasi koʻrsatadiki,
kon qazuvchi korxonalarning iqtisodiy samaradorligi asosan qurilish, konchilik ishlarni olib borish
texnologiyasi va tartibini, ma’danlar va ochishlar hajmining taqvimiy taqsimlanishini, ishlab chiqarish
jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash turini tanlash masalalarini toʻgʻri yechishga bogʻliq.
Kombinatning kon qazuvchi korxonalari rivojini optimallashtirish uchun gʻarb namunalaridan
qolishmaydigan, ayrim hollarda ulardan yuqori boʻlgan maxsus kompyuter texnologiyalari ishlab
chiqildi va oltin ma’danli konlarni loyihalash, rejalashtirish va ishlatish amaliyotga joriy qilindi [8].
Asosiy mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari, NKMK fosforit xom-ashyosini qazib olish,
sulfat kislota va oltin, kumush buyumlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Suyuq shisha,
portlatish moddalari, polivinilxlorid va poliyetilen quvurlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Mahalliy xom ashyo asosida shagʻal, beton, asfalt betoni, formovka qumi, ohaktosh, gabbro, marmar
va granitdan sirlangan buyumlar ishlab chiqarishi tashkil etilgan. Kombinat sanoat jihozlarini
ta’mirlash boʻyicha ham xizmat koʻrsatadi. Metall qirqish stanoklari, qurilish metall konstruksiyalar,
payvandlash elektrodlari, maishiy texnika, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa xalq iste’moli mollarini
ishlab chiqaradi. NKMK innovatsion siyosati amaldagi ishlab chiqarish bazasini yangilash, texnik
qayta jihozlash, ilgʻor ilmiy ishlanmalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan.
2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy
qilishni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PP-916-sonli Qarori e’lon
qilinishi bilan kombinatda innovatsion faoliyat yangicha ruh kasb etdi. Mustaqillik yillarida kombinat
dunyodagi eng peshqadam oʻnta kompaniyalardan biri maqomini saqlab qoldi va Davlat
korxonasining kamyob qudratli sanoat gigantini rivojlantirishga muvaffaq boʻldi. Kombinatda kamyob
innovatsion texnologiyalar ishlab chiqilgan va joriy qilingan. 3-sonli Gidrometallurgiya zavodiga
oltingugurtli oltin ma’danlarni flotatsion boyitishning takomillashtirilgan texnologiyasi joriy qilindi..
NKMK yer osti boyliklarining matematik modeli va sanoat zaxiralari bahosi, konchilik ishlarining eng
muvofiq kalendar jadvali, karerlarning yakuniy va oraliq shakllari kabi tuzilish topshiriqlarini
yechishga imkon beradigan kamyob dasturiy-texnik kompleksga ega. Bu kelajakda gidrometallurgiya
zavodlarining barqaror ishlash davrini yaqin 100 yilga uzaytirish va kombinat kon qayta ishlash
komplekslarining ishini yaxshilash imkonini beradi. Yer osti boyliklarini oʻzlashtirish, mahsulot qazib
olish, transport yordamida tashish va rudani qayta ishlashning texnologik muammolarini yechishda
kombinatning yuqori malakali mutaxassislari ish olib boradilar. Yirik tarmoq ilmiy-tadqiqot va
akademik institutlari bilan mustahkam aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Tarmoqlararo kooperatsiya
(birlashmalar) jadal rivojlanmoqda [9].
Insonlar – bu Qizilqum yerining eng asosiy boyligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining
oltin zaxirasi. Kombinatning ijtimoiy siyosati mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga,
Do'stlaringiz bilan baham: |