ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA
2017-yil, 4-son
140
rivojlanishning asosiy omillariga koʻra: komplekslilik, biogen, sotsiogen va psixogen;
shaxsga yoʻnaltirilganligiga koʻra: har tomonlama uygʻun;
mazmuniga koʻra: ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi, dunyoviy, insoniy, umumta’limiy,
chuqur anglangan;
boshqarish tarziga koʻra: kichik guruhlar tizimi;
tashkiliy shakllarga koʻra: akademik+klublar, individual+guruhli, tabaqalashtirilgan;
oʻquvchiga yondashilishiga koʻra: shaxsiy–insoniy, sub’ekt–sub’ekt munosabatlari
asosida (hamkorlik);
egallagan metodlarga koʻra: muammoli–izlanuvchi, ijodkorlikka, dialogga, oʻyinga
asoslangan;
oʻquvchilar toifalariga koʻra: ommaviy (barcha toifalar uchun).
Dars jarayonida hamkorlik texnologiyalarining ushbu tajribalari asosida qoʻllanilishi shaxs
tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham barkamol avlod tarbiyasida, ularga ta’lim
berish jarayonida ana shunday ilgʻor pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish kerak.
Hamkorlikka asoslangan ta’lim texnologiyalarini amalga oshirish metodlari sifatida quyidagilarni
misol qilib keltirishimiz mumkin. “Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish” metodi 1976 yili
Tel–Aviv universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, bu metodda koʻproq
oʻquvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi. Oʻquvchilar alohida–alohida yoki 6
kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil
etilganda darsda oʻrganish lozim boʻlgan oʻquv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar
yuzasidan topshiriqlar har bir oʻquvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir oʻquvchi umumiy
topshiriqning bajarilishiga oʻz hissasini qoʻshadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara
oʻtkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻz ijodiy
izlanishlari natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar oʻrtasida oʻtkazilgan oʻquv bahsi, munozara
oʻquvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi.
Hamkorlikda ishlash natijasida qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasining har bir oʻquvchining
muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga,
avval oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qoʻllanib, yangi
bilimlarning oʻzlashtirishiga bogʻliq boʻladi. Xullas, hamkorlikka asoslangan ta’lim texnologiyalarini
amalga oshirish metodlaridan dars jarayonida unumli foydalanish oʻquvchilarni kundalik qizgʻin
aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga, oʻz kuchi va qobiliyatiga boʻlgan ishonchni
mustahkamlashga hamda faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlishga koʻmaklashadi.
Pedagogik faoliyat samaradorligi darajasi “kompetentsiya” va “kompetentlik» tushunchalari
yordamida amaliyotda ommalashib ketdi. Olimlarning fikriga koʻra, «kompetentsiya” shaxs
mukammal biladigan predmet – soha boʻlib, uning faoliyat koʻrsatishi uchun tayyor ekanligi oʻlchovi
hisoblanadi. Ya’ni, kompetentsiya – bilim, amaliy koʻnikma va malakalardan kundalik hayotda duch
keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanish va qoʻllay olish qobiliyatidir.
“Kompetentlik” tushunchasini esa undan farqli oʻlaroq, shaxsning yoʻnaltirilgan tasnifi, bitiruvchining
ma’lum sohada faoliyat koʻrsata olishi koʻnikmasi ekanligini ta’kidlaydilar. Demak, kompetentsiyaviy
yondashuvga asoslangan ta’lim oʻquvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlish,
tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan oʻz faoliyatida
oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb–hunar tanlash, sogʻlom raqobat koʻnikmalarini
shakllantiradi Ta’limda kompetentsiyaviy yondashuv oʻquvchilarning shaxsiy kasbiy va ijtimoiy
hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli tipdagi malakalarni samarali ravishda qoʻllashga
oʻrgatish tushuniladi. Ya’ni, kompetentlik
– oʻquvchining oʻzlashtirgan bilimi, oʻquv koʻnikmalari va
malakalarini kundalik hayotiy faoliyatida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda
foydalanishga tayyor ekanligi (qobiliyatiga ega ekanligi) ni koʻrsatishdir.
Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi har bir oʻquvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh
muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda va samarali aqliy mehnat qilishga, oʻrtoqlari bilan
hamkor boʻlib, oʻzaro yordam uyushtirishiga zamin tayyorlaydi. Eng muhimi, hamkorlikda oʻqitish
texnologiyalari orqali oʻquvchilarda ma’naviy madaniyatga ega boʻlish, mantiqiy, metodologik
qiyoslay olish, idrok qilish, tatbiq etish, tajriba oʻtkazish, analiz–sintez qilish, oʻz–oʻzini baholash
kompetentsiyalari muvaffaqiyatli shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |