Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
PEDAGOGIKA
 
2017-yil, 4-son 
139 
(juftlikda ishlash), kichik guruh – kichik guruh, kichik guruh – sinf va boshqa tashkiliy shakllar 
qoʻllaniladi [3,102- bet]. 
Hamkorlikda oʻqitish nima uchun kerak? 
Hamkorlikda oʻqitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
-
oʻquvchilarda ijodkorlik qobiliyatlarni rivojlantiradi 
-
oʻquvchining oʻrganish jarayonini boyitadi: 

oʻquvchilarda materialni oʻrganishga ishtiyoq uygʻotadi; 
- oʻquvchilarning oʻz shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini 
kengaytiradi; 
- axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi; 
oʻquvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi; 
turli xil madaniyat va ijtimoiy–iqtisodiy guruhlar oʻrtasida ijobiy oʻzaro munosabatlarni oldinga 
suradi.
Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasiga asoslangan mashgʻulotlarni oʻziga xos turlarga ajratish va 
ularni amalda qoʻllash tizimi mavjud boʻlib, quyida shu mashgʻulotlardan ayrim namunalarni koʻrsatib 
oʻtamiz:

davra suhbati; 

roʻyxat tuzish; 

muammolar yechishni tashkil qilish; 

bir daqiqalik ishlar; 

juftlik izohlari. 
Bu mashgʻulot turlarining koʻpida oʻquvchilarni kichik guruhlarga boʻlish, ularga rollar va 
vazifalar taqsim qilish koʻzda tutiladi. Masalan, “Ajurli arra” metodi. Ajur frantsuzcha “ajour” 
soʻzidan olingan boʻlib, “bir yoqdan ikkinchi yoqqa oʻtgan, ikki tomoni ochiq” degan ma’noni 
anglatadi. Bu metod bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Ular quyidagilardan iborat: 
oʻquvchilardan bir nechta (4–5 kishilik) kichik guruhlar tashkil etiladi; 
oʻquvchilarga beriladigan topshiriq va ularni bajarishda foydalaniladigan matnli materiallar bir 
nechta asosiy qismlar (masalan, reja asosida bir nechta mavzular) ga qirqiladi; 
mavzuchalar va ulardagi matnli ma’lumotlar guruhlarning har bir a’zosiga tarqatiladi; 
guruh a’zolari matnli ma’lumotlardan foydalanib topshiriqni bajarishga kirishadilar; 
guruhlarning yaxshi oʻzlashtiruvchi a’zolaridan ekspert guruhi tashkil etiladi; 
ekspert guruhi a’zolari qoʻllaridagi topshiriqlarni hamkorlikda muhokama qilishib, boshqalarga 
oʻrgatish rejasini egallashadilar; 
ekspertlar oʻzlarining dastlabki kichik guruhlariga qaytishib oʻrganganlarini boshqa sheriklariga 
oʻrgatishadi. 
Oʻqitishda bunday yondashuv oʻquvchilarning hamkorlikda ishlashlariga va katta hajmdagi 
oʻquv materiallarining oʻzlashtirilishiga olib keladi. Bu metoddan foydalanuvchi pedagog – 
oʻquvchilarga taqdim etilgan topshiriqni bajarishga doir materiallarni qunt bilan oʻrganishni, 
birgalikda muhokama etishni, savol–javob qilishni, oʻrganganlarini boshqalarga oʻrgatishlari 
zarurligini oldindan aytadi. Hamkorlikda oʻqitish texnologiyalarining muhim jihatlaridan biri 
shundaki, unda oʻzaro manfaatdorlik mavjud boʻladi. Hamkorlik faoliyati esa oʻzaro manfaatdor 
kishilar tomonidan amalga oshadi, ya’ni, hamkorlik → manfaat ustida quriladi. Shuning uchun, 
hamkorlikda oʻqitish texnologiyasini amalga oshirayotgan vaqtda pedagogik faoliyatdan 
oʻquvchilarning manfaatdor ekanligini, mashgʻulot davomida olingan bilim, koʻnikma va 
malakalardan oʻquvchilar oʻz kelajaklarini qurishlari mumkin ekanliklarini tushuntira olish lozim. 
Bunday vaziyatda oʻquvchilarda oʻqishga nisbatan qiziqish va ehtiyoj paydo boʻladi, ular esa 
oʻquvchilarni oʻzlashtirishga majbur etadi. Ma’lumki, har qanday texnologiya ta’limning yangi 
mazmunini shakllantiruvchi ta’lim tamoyillariga asoslanadi. Ta’lim jarayonining faol sub’ektlari 
oʻqituvchi va oʻquvchilar boʻlib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari shundan iboratki, ma’lum mavzu 
boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni chuqur oʻzlashtirish imkonini beradi. Hamkorlik 
texnologiyalarida didaktik jarayonning eng yaxshi tajribalari umumlashgan boʻlib, ular quyidagilardan 
iborat: 

qoʻllanish darajasiga koʻra: umumpedagogik; 

falsafiy asoslarga koʻra: gumanistik; 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish