ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA
2017-yil, 4-son
111
Senning «Rivojlanish imkoniyatlarni kengaytirish demakdir» deb nomlangan asarida chop etilgan
nazariy ishlanmalari katta ta’sir koʻrsatdi. Bu asarda u rivojlanish jarayonini faqat moddiy yoki
iqtisodiy farovonlikning oshishi sifatida emas, balki inson imkoniyatlarini kengaytirish jarayoni
sifatida koʻrib chiqdi. A. Sen mazkur jarayonni koʻplab variantlar orasidan eng maqbulini tanlab olish
uchun inson erkinligini kengaytirish bilan bogʻladi. A. Sen konsepsiyasi asosida rivojlanishda insonga
e’tibor qaratilgan jarayon sifatida ta’rif berildi.
Natijada ushbu gʻoyalar Xalqaro hamjamiyat – BMT Rivojlanish dasturi ekspertlari guruhi
tomonidan birlashtirilib, ilk bor 1990-yildagi Inson rivojlanishi toʻgʻrisidagi ma’ruzada taqdim etildi.
Shundan soʻng har yili shunday ma’ruzalar tayyorlash an’anaga aylandi. Inson rivojlanishi
konsepsiyasining asosiy qoidasi odamlar nafaqat iqtisodiy rivojlanish vositasi, balki uning asosiy
maqsadi hisoblanishini taqozo etadi. «Inson rivojlanishi – odamlar oʻz salohiyatini toʻliq rivojlantirib,
oʻz ehtiyoj va manfaatlariga muvofiq sermahsul ijodiy hayot kechira oladigan atrof-muhitni
yaratishdir.
Ta’kidlash lozimki, Umumjahon “Inson rivojlanishi konsepsiyasi”da (2007) ta’lim asosiy
tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Insoniyat sivilizatsiyasi davomida ta’lim va ilm-fanni yuqori
darajada rivojlantirish ijtimoiy, texnik hamda iqtisodiy taraqqiyotning muhim dvigatellari hisoblangan.
Globallashuv sharoitida mamlakatning innovatsion rivojlanish salohiyati raqobatbardoshlikning hal
qiluvchi omillaridan biriga aylangan bir paytda, aholining yuqori bilim darajasi mamlakatga oʻzini
«eng sara» jamiyatga daxldor deb hisoblash imkonini beradigan obroʻga emas, balki yashovchanlik va
iqtisodiy ta’minot, pirovardida siyosiy mustaqillik omiliga aylanadi.[3]
Xalqaro miqyosdagi Oʻzbekistonga doir hisob-kitoblar shuni koʻrsatadiki, inson salohiyati
indeksi miqdoriga ta’lim koʻrsatkichi (40,45%) va umrning kutilayotgan davomiyligining ta’siri esa
nisbatan koʻproq (34,92%). BMTning 2014-yilga doir ma’lumotlariga koʻra, respublikada ta’lim
tizimi dunyo miqyosidagi oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori boʻlib, 177 mamlakat orasida 80-oʻrinni,
umrning kutilayotgan davomiyligi boʻyicha esa 112-oʻrinda turadi.
Ta’kidlanishicha, kelajakda aynan ta’lim tizimida innovatsiyalarni tatbiq qilish koʻrsatkichining
oʻsishi Oʻzbekistonda inson rivojlanishi darajasini oshirishda asosiy imkoniyat sifatida xizmat
qiladi.[4]
Aytish oʻrinliki, Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini
zamon talablari darajasiga koʻtarish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.
Mamlakatimiz ta’lim tizimi jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, rivojlangan demokratik
huquqiy davlat qurilishi jarayonlari bilan hamohang tarzda taraqqiy etib bormoqda. Bugungi kunda
ilm-fan, texnika va axborot kommunikatsion texnologiyalar, ishlab chiqarish sohalarining tez
sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi ta’lim tizimi xodimlaridan ta’lim-tarbiya sifatini mazmun
jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, bunda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish talabini
qoʻyadi.
Globallashuv va integratsiyalashuv ta’sirida ta’lim ustuvorligi, ta’lim mazmuni va tuzilishi
oʻzgarmoqda, yangi standartlar joriy etilmoqda, ta’lim sifati rivojlanishning yangi, yanada yuqori
bosqichiga koʻtarilmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Farzandlarimiz
bizdan koʻra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli boʻlishlari” uchun mustaqillik yillarida ta’lim
tizimida barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda,
shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim strategiyasi amalga
oshirilmoqda. Natijada esa ta’lim tizimida innovatsion faollikning jadallashuvi kuzatilmoqda. [5]
Ma’lumki, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan boshlangan ta’lim sohasidagi
islohotlar tizimi prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan munosib davom ettirilmoqda.
Xususan, Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan jamiyatimiz oldidagi kelajak
vazifalar aniq koʻndalang qoʻyilib,
“to
ʻplangan tajriba va ilgʻor xalqaro amaliyotga suyangan
holda, o
ʻzimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu
borada yaqin va o
ʻrta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat
qilishimiz zarur.”
[6].
Shu maqsadda 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilib, uning toʻrtinchi ustuvor yoʻnalishi “Ijtimoiy
sohani rivojlantirish” hisoblanadi [7].
Ta’kidlash kerakki, ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida ilgari surilayotgan besh yillik
istiqbolli reja natijasida xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |