Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
FILOLOGIYA
 
2017-yil, 4-son 
75 
1913-1915-yillarda Mahmudxoʻja Behbudiyning “Oyna” jurnalida yaqindan hamkorlik qilgan. 
1917-1920-yillarda oʻzbek va tojik maktablari uchun “Alifbe” kitoblari tuzib, nashr ettirgan. Uning 
“Saodat asri” romani ham bor.
Ma’lumki, Rossiyadagi 1917-yil fevral voqealari Turkiston jadidchilarining ozodlik uchun 
boʻlgan harakatlarini faollashtirib yubordi. Matbuotni xalqni oʻygʻotuvchi, kurashga chorlovchi vosita, 
deb bilgan ziyolilar yangi nashrlar chop eta boshlaydilar. Samarqandda ochilgan “Hurriyat” gazetasi 
davrning siyosiy voqealari aks etgan koʻzguga aylandi. Ushbu gazetaning 1917-yil 27-sonidan 1918-yil 
87-sonigacha Sayid Rizo Alizoda muharrirlik qilgan. Shu bilan bir qatorda u jadidlarning toʻngʻich 
gazetasi “Samarqand”da Xoji Muin, Fitrat kabi ma’rifatparvar kishilar bilan birga ushbu nashrga 
maqolalar yozib turgan. Sayid Rizo Alizodaning matbuotdagi ijodi yanada faollashadi. “Turkiston 
xabarlari”, “Buxoroi sharif”, “Turon”, “Samarqand”, “Telegraf xabarlari”, “Sharq”, “Hurriyat”, 
“Kambagʻallar ovozi”, “Shu’lai inqilob” kabi gazeta va kundalik varaqalarida Sayid Rizo Alizoda 
qalami oʻtkir jurnalist, fidoyi ma’rifatparvar sifatida tanildi. Sayid Rizo Alizoda oʻz maqolalaridan 
birida ”Muallim ila jurnalist millatning ikki qoʻlidir” deb yozgandi. U tilimiz sofligi hamda 
savodxonlikni oshirish uchun kurashgan fidoyi inson boʻlgan. Samarqandda yangi usulda maktab ochib, 
oʻzbek, fors, arab tillari grammatikasini, hisob, riyoziyot, handasa, tarix, jugʻrofiyaga oid darsliklar 
tuzgan. 1933-1937-yillarda UzGUda (hozirgi Samarqand davlat universiteti) talabalarga arab va fors 
tillaridan dars berib, yuksak malakali ilmiy-pedogogik kadrlar tayyorlashda ishtirok etgan.
 
Alizoda tilshunos sifatida tilning sofligiga va uning taraqqiyotiga jiddiy munosabatda boʻlgan. 
Shu oʻrinda u boshqa tillarni oʻrganish va bilish foydali, hatto zarur ekanligini qayd qiladi. Ammo 
jamiyat taraqqiyotida ona tilining rolini inkor qilish, uni halokatga solish va taraqqiyot doirasini 
toraytirish zararli deb biladi. Sayid Rizo tilni jamiyatda kishilarning aloqa vositasi, shuningdek, 
kurashning qudratli quroli va milliy madaniyatning bir shakli deb bilardi. U adabiy tilning ozodligi, 
pokligi, ravonligi va ommabopligi toʻgʻrisida koʻplab maqolalar yozgan. Til har bir millat 
mavjudligining asosiy belgisidir. Til har bir xalq va millatning tarixi, madaniyati, urf-odati, tafakkur 
tarzi va uning hislatlarini oʻzida mujassamlashtiradi. Til yoʻqolishi bilan oʻsha xalq yoki millatning 
tarixi ham yoʻqoladi, til qanchalik sodda, ravon va ommaga yaqin boʻlsa, oʻzining jamiyatdagi rolini 
shu qadar yaxshi ijro etadi, deydi. 1914-yil chop etilgan “Oyna” jurnalining 35-sonidagi “Har millat oʻz 
tili ila faxr qilur” maqolasida “Zamonamizning eng muhim masalalaridan biri til masalasidir. Hushyor 
millatlar buning ahamiyatini barcha masalalardan ortiq qoʻyadilar. Agarda til va adabiyotimizni 
muhofaza qilmay, unga ajnabiy lugʻat va soʻzlarni qoʻshaversak, biroz zamonda til va millatimizni 
yoʻqotganda, diyonatimiz oʻz-oʻzi ila albatta yoʻqolur” deb kuyunib yozadi.
Sayid Rizo Alizoda “Turkiston - bizning Vatanimiz” degan maqolasida oʻzining ona yurtga 
boʻlgan cheksiz mehr-muhabbatini buyuk his-tuygʻu bilan izhor qiladi. “Bizning Vatanimiz – taqdiri 
zulmkor chor hukumati qoʻlida boʻlganida, Vatanimiz tuprogʻini kelgindilar toptalaganida, nomusi 
oʻzgalarning qonli changalida azob tortganida, Vatanning jigarni qon qiluvchi nolalari bizga ta’sir 
qilmasdi” deb yozadi. Shuningdek, “Shu’lai inqilob” jurnalining 1919-yil 4-sonida Sayid Rizo Alizoda 
Vatan istiqboli yoʻlida qurbon boʻlish, uning baxt-saodati va sharafini himoya qilish uchun kurashish 
muqaddas ish, deb biladi: “Shu yerning ob-havosidan bahramand boʻlib kamol topsangu, uning 
sharafini himoya qilmasang, oyoq osti boʻlishiga, qadrsizlanishiga yoʻl qoʻysang, nobakor ajnabiy oʻz 
Vataningni shon-shavkati uchun ota-bobolaringni kindik qoni toʻkilgan yeringni vahshiylarcha toptab, 
qonini simirsa va uni oʻzining axlatxonasiga aylantirsa-yu, sen hissizlarcha qarab tursang yoki undan 
qochsang, oʻzing uning haqoratlanishiga koʻmaklashsang, unda sen bu vatanning nomusli va sodiq 
farzandi emassan” deydi. Sayid Rizo Alizodaning bunday publisistik jonfido maqolalari oʻsha yillarda 
ham katta ahamiyatga ega boʻlib, oʻquvchilarning milliy iftixori va vatanparvarlik hissini oshirar, oʻz 
yurtini himoya qilishga da’vat etardi.
Sayid Rizo Alizoda yuqorida aytgan soʻzlariga sodiq qolib, hayotining ogʻir damlarida ham 
unga yuborilgan takliflarini rad qilgan. Uni yaxshi yashab-ishlash uchun Ozarboyjon, Eron, Turkiya, 
Hindiston, Pokiston davlatlari taklif etib, yuborgan maktublariga qulluq qilib: “Men yashayotgan 
Vatanda ham yumushlar koʻp”, deb javob bergan.
Sayid Rizo Alizoda nafaqat ma’rifatparvar, balki ajoyib tarjimon ham boʻlgan. U birinchi boʻlib 
A.Qodiriyning “Oʻtgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlarini tojik tiliga tarjima qilgan. 
Shuningdek, Pushkinning “Kapitan qizi”, “Yevgeniy Onegin”, “Dubrovskiy”, “Belkin qissalari”, 
“Boʻron”, L.Tolstoy, A.Chexovlarning hikoyalari, Sinkler Eptonning “Yuz foiz”, Mopassaning 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish