Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi


UDK:512.2 SHATRANJIY SAMARQANDIY IJODIYOTIDA QIT’A JANRINING TUTGAN



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

UDK:512.2
SHATRANJIY SAMARQANDIY IJODIYOTIDA QIT’A JANRINING TUTGAN 
OʻRNI 
D.Axmedova 
Samarqand Davlat universiteti
E-mail: 
dilorom.axmedova333@gmail.com
 
 
Annotatsiya:
Maqolada XII asr fors-tojik mumtoz adabiyotining yorqin shoiri Dehqon Ali 
Shatranjiy Samarqandiy ijodiyotida qit’a janrining tutgan oʻrni, mazmuni, mavzular rang-barangligi va 
janriy xususiyatlari aniq dalillar asosida yoritilgan. 


ILMIY AXBOROTNOMA 
FILOLOGIYA
 
2017-yil, 4-son 
66 
Kalit soʻzlar
: qit’a janri, mazmuni, mavzular rang-barangligi, shahar adabiyoti poetik 
xususiyatlari.
 
Место жанра «Китъа» в творчестве Шатранжий Самарканди
Аннотация:
В данной статье на основе конкретных материалов освещается значение 
жанра «китъа», контекст и разнобразность темы, свойства жанра поэта ХII века таджикского-
персидской классической литературы, Дехкан Али Шатранжи Самарканди. 
Ключевые слова:
Жанр «китъа», значение, разнообразность темы, поэтические свойства 
урбанистической литературы. 
 
Importance of genre “Qit’a” in Shatranjiy Samarkandi’s literary work
Abstract: 
In the current article
 
significance of the genre «Qita», its context and variety of the 
subject, genre properties of the poet of XII century of Tajik-Persian classical literature, Dehkon Ali 
Shatranjiy Samarkandi is described based on exact facts. 
Keywords:
Genre «Qita», context, variety of the subject poetic of urban literature. 
Shatranjiy Samarqandiy Movarounnahrning XII asrda ijod etgan koʻzga koʻringan shoirlaridan 
boʻlib, hayot va ijodiy faoliyatini tugʻilgan shahri Samarqandda oʻtkazgan. Oʻsha davrda Samarqand 
Movarounnahr xoniya yo ilekxoniya davlatining ilmiy-adabiy markazi hisoblangan. 
Shatranjiy Rashidiy Samarqandiy, Am’aq Buxoroiy, Soʻzaniy Samarqandiy, “Sindbodnoma” 
asari muallifi Zahiriy Samarqandiy, “Chahor maqola” (“Toʻrt maqola”) kitobi sohibi Nizomiiy 
Aroʻziy Samarqandiy va boshqa bir qator taniqli shoir va yozuvchilar qatorida Movarounnahr adabiy 
hayotida faol qatnashgan va shunga koʻra mazkur davr adabiy muhitiga doir tadqiqotlar, fors-tojik 
adabiyoti tarixi kitoblarida ushbu shoir haqida oz boʻlsada ma’lumot berilgan. Jumladan qadimgi davr 
(X-XII asrlar) fors-tojik shoirlari tazkirasi “Lubob-ul-albob” muallifi Muhammad Avfiy Buxoroiy 
(1228 yilda yozilgan) Shatranjiyni Movarounnahrning koʻzga koʻringan soʻz ustasi deya ta’riflab 
ijodidan anchagina namunalar keltirgan.
Nizomiy Aroʻziy Samarqandiy esa “Chahor maqola” (“Toʻrt maqola”) asarida Shatranjiy 
nomini “Oli hoqon” (“xoqon xonadoni”) ya’ni XI- XII asrlar Movarounnahr hukumdorlarini madh 
(ta’rif-tavsif) etgan shoirlar roʻyxati nihoyasida zikr etgan.

XI asr nihoyasi va XII asr boshlarida ijod 
etgan bu shoirlar “xoqon xonadoni” hukumdorlari darbori bilan aloqador boʻlgan. Haqiqatan buni 
S.Sa’diyev tadqiqotlaridan ham bilib olsa boʻladi. Olim Nizomiy Aroʻziy ma’lumotiga asoslangan 
holda ushbu davr Movarounnahrda adabiy hayot saroy doirasida rivojlangani va tilga olingan shoirlar 
saroy adabiy doirasining namoyandalari ekanligini qayd etadi. Ehtimol saroy xizmatiga olingan 
Shatranjiy oʻsha davrda hali yosh boʻlgan. 
Biroq keyinchalik, XII asrning 30-yillarida shoir ijodiy kamolotga yetgan davrda “Oli xoqon” 
davlati zaiflashgani va pirovard natijada saroy muhitining oldingi shukuh-dabdabasini yuqotgani bois 
undagi adabiy doira ham inqirozga uchrab, tarqalib ketgan. Shundan keyin Shatranjiy va unga 
oʻxshagan saroy shoirlari oʻz faoliyatini shahar muhitida davom ettirib, shahar doiralari bilan bogʻliq 
boʻlganlar. Bu fikrni Avfiyning Shatranjiy haqidagi axborotida shoir hukumdorlar saroyi bilan aloqasi 
haqida hech narsa demay, uni shahar adabiy muhitini bir qit’anavis shoiri sifatida ta’riflagani 
tasdiqlaydi. Avfiyning Shatranjiy ijodiyotiga doir axborotidan shu narsa ma’lum boʻladiki, shoirning 
podsho saroyidan chetda qolib oʻz adabiy faoliyatini shahar muhitida davom ettirgani uning 
ijodiyotida burilish yasagan, ya’ni uni saroy qasidanavisidan shahar muhitining erkin shoiriga 
aylantirgan. Shatranjiyning ushbu muhitda yangicha yoʻnalishda ijod etgan, qasidanavislikdan 
qit’anavislikka oʻtgan. Uning ushbu yangi ijodiy yoʻnalishiga doir Avfiyning yozganlari diqqatga 
sazovordir. “Uning barcha she’rlari hikmat va va’zga doir qit’alardir, undan she’r (qasida-D.A.) kam 
rivoyat qilganlar”.
4
Avfiy Shatranjiy haqidagi ma’lumotida shoir ijodiyotining ikki juda muhim xususiyatini 
uqtirgan. Biri shoir ijodiyotining qit’a janriga ixtisoslashgani, ikkinchisi bu qit’alarning hikmat va va’z 
mavzusiga doir ekanligidir. Shatranjiy ijodiyoti bu ikki xususiyatiga koʻra, oʻsha davrlar adabiyotida 
juda muhim ahamiyatga molik ekanligi tufayli alohida diqqatga sazovordir.
Shatranjiydan oldingi davrlar she’riyatida qit’a janri ma’lum mavqega ega va shorlarning 
bizgacha yetib kelgan ijodiy merosida ushbu janr tez-tez koʻzga tashlansa-da, biroq qit’anavislikni oʻz 
ijodiyotining yagona yo asosiy yoʻnalishi sifatida tanlagan shoir maydonga kelmagan edi. Bunday 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish